#Besh_tashabbus
#Sport_sogʻlik_garovi
#Maktab_ota_ona_hamkorligi
✅ Nurafshon shahridagi Prezident maktabining Kimyo fani oʻqituvchisi Sidikova Nigora tomonidan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan 11-Green sinf otalari uchun sport musobaqalari o'tkazildi.
💠 Musobaqa voleybol, shaxmat-shashka hamda psixologik o'yinlar orqali tashkil etildi.
📝 Ushbu musobaqa orqali ota-onalar hamda maktab hamkorligini yanada mustahkamlashga erishish mumkin.Aynan shu musobaqa ularning sportga bo'lgan qiziqishlarini, farzandlari bilan hamkorlikda ishlash qobiliyatlarini aniqlashga yordam berdi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
#Sport_sogʻlik_garovi
#Maktab_ota_ona_hamkorligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ota_onalar_majlisi
#Maktab_ota_ona_hamkorligi
#Fanlar_yarmarkasi
✅ Nurafshon shahridagi Prezident maktabida navbatdagi ota-onalarning umumiy yig'ilishi o'tkazildi.
💠 Yarim yillik yuzasidan tashkil etilgan mazkur majlisda yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.
📝 Yig'ilishdan so'ng, "Fanlar yarmarkasi" ham tashkil etildi. Mazkur yarmarka doirasida ota-onalar farzandlari past o'zlashtirayotgan mahalliy va xorijiy fan o'qituvchilari bilan muloqot qilib, fikr almashishdi va kerakli tavsiyalar olishdi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
#Maktab_ota_ona_hamkorligi
#Fanlar_yarmarkasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ota_onalar_diqqatiga
❗️ IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!
❌ Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari juda koʻp uchramoqda.
⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.
📌 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!
‼️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!
🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.
📌 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar, Vatanimiz posbonlari!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy qutlayman.
Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning daxlsizligini ta’minlashda shubhasiz sizning ulkan hissangiz va mehnatingiz mujassam. Sizning mardonavor faoliyatingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatayotgan jonbozligingiz tahsinga sazovor.
Vatanni sevish, u uchun fidokorona xizmat qilish hamda har doim yurt koriga yarash uchun shay bo‘lish — bu insondagi eng ulug‘ tuyg‘ulardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda sizning sharafli faoliyatingiz har qancha faxr va ehtiromga loyiqdir.
Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Siz bizning iftixorimiz va ishonchimizsiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri