Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
954 subscribers
5.28K photos
381 videos
22 files
1.53K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabassum_ulashamiz😊

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi psixologi Kamola Maxkamova tashabbusi bilan 5-sinf o'quvchilari imtihon davrida ustozlari hamda do'stlariga ko'tarinki kayfiyat berish maqsadida tabassum stikerlari ulashdi.

⚡️Barchaga imtihonlarda omad yor boʻlsin 🔥

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

PREZIDENT MAKTABLARI OʻQITUVCHILARI XALQARO TOIFAGA EGA BO‘LMOQDA


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55 sonli “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan mahalliy o‘qituvchilarning xalqaro toifaga ega boʻlishlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani samarasida xalqaro taʼlim dasturlari sertifikatlarni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar qamrovi kengaymoqda.

Nukus shahridagi Prezident maktabining kompyuter ta’limi fani o‘qituvchisi Nurlibek Tatlimuratov, Nurafshon shahridagi Prezident maktabining fizika fani o‘qituvchisi Islom Xo‘janov va Andijon shahridagi Prezident maktabining kompyuter ta’limi fani o‘qituvchisi Ulug‘bek Abidov shular jumlasidan.

Ushbu pedagoglarimiz Kembrij xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha maxsus kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatlarga ega boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xushxabar
#CIS

🤩 PREZIDENT MAKTABLARI XALQARO MAKTABLAR KENGASHI AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTDI

CIS (Xalqaro maktablar kengashi) vakillari 2022-yildan boshlab Prezident maktablari faoliyatini oʻrganishni boshlagan edi. Oʻtgan davr davomida tashkilot tomonidan maktablarimizda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlar oʻrganildi.

⚡️ Oʻrganishlar natijasiga koʻra hozirda Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Happy_New_Year
#Yangi_yil

🎄 Nurafshon shahridagi Prezident maktabida yangi yil bayrami munosabati bilan o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan “Yangi yil oqshomi” nomli bayram dasturi tashkil etildi.

🔥 Bayramga kuy-qo'shiqlar, bayramona chiqishlar, turli xil kreativ namoyishlar o'zgacha kayfiyat bag'ishladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Happy_New_Year
#Yangi_yil

🔥 "Yangi yil oqshomi"dan lavhalar❗️

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM