Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
959 subscribers
5.06K photos
364 videos
22 files
1.48K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

JANUBIY KOREYA TAʼLIM TASHKILOTI VAKILLARI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA TASHRIF BUYURISHDI

Shu kunlarda Incheon Metropolitan City taʼlim boshqarmasi vakillari mamlakatimiz taʼlim tizimi bilan tanishish hamda ijodiy konvergensiya (Creative Convergence Education) boʻyicha xalqaro oʻquvchilar, oʻqituvchilar hamda talabalar almashish dasturi boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida respublikamizda boʻlib turibdi.

Delegatsiya vakillari bugun Muhammad al-Xorazmiy maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqotda  ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni oshirish, tizimdagi o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, maktab direktorlari uchun treninglar, turli yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda seminarlar tashkil qilish, shuningdek, maktablarga koreyalik oʻqituvchilarni jalb etish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Mehmonlar maktablarimizdagi taʼlim dasturlari, baholash tizimi, o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika kabi yo‘nalishlarda yaratgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolari va o‘quvchilar o’rtasida qiziqarli suhbatlar ham tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#CEFR

⚡️⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 7️⃣-sinf o'quvchilari CEFR imtihonidan yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan:

Abdusattorova Fayruza - C1

Mahmudov Asilbek - B2
Baxtiyorova Bahridil - B2
Tojimurodov Habib - B2
Abdumutalov Abdulaziz - B2
Ablakulova Malohat - B2
Ravshanov Shohjahon - B2

O'quvchilarimizga keyingi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

🎉IX KAVKAZ XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASI ISHTIROKCHILARI KUTIB OLINDI

📆 Shu yilning 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi!

⚡️Mazkur 4 ta medalning 2 tasiga (1 ta oltin, 1 ta kumush) Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari ega chiqishdi.

📝Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar_elga_yarashar

♻️Xabaringiz bor, respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hasharlari tashkil etilmoqda.


📌Nurafshon shahridagi Prezident maktabi jamoasi ham umumxalq hasharida faol ishtirok etishdi va binoning ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi. Bog' yaratish maqsadida tozalov va tayyorlov ishlari amalga oshirildi.

🌱Maktabimizda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari davom etadi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Qadrli hamyurtlar,
muhtaram ustozlar,
aziz oʻquvchilar!


Sizlarni go‘zallik va yasharish ayyomi — Navro‘z umumxalq bayrami bilan muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz ravnaqi, taʼlim-tarbiya sohasiga qoʻshayotgan ulkan hissangiz, xalqaro maydonlarda koʻrsatayotgan yuksak natijalaringiz bardavom boʻlsin.

Barchangizga bahor faslidek joʻshqinlik, sogʻlik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik-totuvlik tilaymiz.

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami barchamizga qutlug‘ va barakali kelsin!

Bayram muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Brain Boost SAT
Assalomu aleykum, hurmatli obunachilar. Bugundan "Brain Boost SAT" kanali o'z faoliyatini boshlaydi. Bu loyiha Nurafshon shahar Prezident maktabi matematika fani o'qituvchisi G'ulomova Vasila Dilmurodovna tomonidan amalga oshirilishi reja qilingan bo'lib, hozirda ushbu loyiha bo'yicha yozilgan kitob ham ko'p nusxada chop etilish arafasida turibdi. Loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad DSAT bo'yicha mustaqil o'rganuvchilar sonini ko'paytirish va ularni sertifikatlarga ega bo'lishlari uchun xizmat qilishdan iboratdir. Bunda Digital SAT kitobimiz sizlarga katta yordam berishiga ishonamiz. Bizning kanalimizga a'zo bo'ling va SAT sertifikatlarini qo'lga kiring.

Maktab o'quvchilari, bu loyiha yuzasidan "Turon International School" bilan uchrashuv o'tkazishdi va hamkorlikni boshladilar. Yaqin vaqtlar ichida esa boshqa turli xil Ixtisoslashtirilgan maktablarga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

Kanalni tark etmang va bizni kuzatishda davom eting!


Hurmat bilan administratsiya.

https://t.iss.one/BrainBoostSATPrep
#Infografika

📊 "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

📆 Statistika 22-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
________

⚡️Shoshiling, arizalar https://qizlar.raqamliavlod.uz/ platformasi orqali qabul qilinmoqda!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from IRN Olympiads
GRATITUTE LETTERS from IRN OLYMPIADS Organization to TOP 10 Schools based on the Results of WMI - World Mathematics Invitational 2024 🏆🥇🥈🥉

1. Little Harvard School
2. Qorakol IMI
3. Pifagor School
4. Namangan International School
5. Langapex School
6. Nurafshon Presidential School
7. Zahiriddin Muhammad Bobur School
8. 1st AFCHO'IM
9. Nur Ziyo Intellect NTM
10. Tashkent Presidential School

Congratulations! 👏👏👏



@IRN_Coordinator
@IRN_Olympiads