Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
959 subscribers
5.1K photos
368 videos
22 files
1.49K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Seminar
#Kutubxona_nurxona

🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabida maktab kutubxonachisi Guldiyora Yusupova tashabbusi bilan viloyatimizning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun "Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi" mavzusidagi o'quv seminari tashkil etildi.

Ushbu seminarda yangi o'quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ'ib qilishning noan'anaviy usullari haqida so'z yuritildi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshirish uchun o‘quvchining baholariga qanaqa talab qo‘yiladi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshiradigan talabgorning baholar tabelida 5 baho ("a'lo") bo‘lishi talab etilmaydi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanaqa yo‘nalishlar tashkil etiladi va qaysi sinflarga necha nafar o‘quvchilar qabul qilinadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 2 xil, ya’ni aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida tashkil etiladi. Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
aniq fanlar yo‘nalishiga 5-sinfga
tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-sinfga qabul bo‘lib o‘tadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 12-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
#infografika

Prezident maktabida o‘qishni istagan o‘quvchining qaysi fanlardan bahosi a'lo bo‘lishi kerak?

Mazkur maktablarga nechanchi sinflarga qabul bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

Prezident maktablariga o‘qishga kirishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

📣 2023-2024-o‘quv yilida 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflarga o‘quvchilar qabuli bo‘ladigan yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

📝 RO‘YXAT

❗️ Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etiladigan ushbu maktablarga
aniq fanlar yo‘nalishi bo'yicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga;
tabiiy fanlar yo‘nalishi bo'yicha 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga
qabul qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov
#ishga_talkif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

❗️ O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan RAHBAR VA PEDAGOG kadrlar diqqatiga
!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni hamda Agentlik tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar va pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 15-30-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

Hurmatli rahbar va pedagog kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
pedagogik oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham o'qituvchi sifatida tanlovda ishtirok etishi mumkin);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
malaka toifalar haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar;
pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) nusxalari (agar mavjud boʻlsa).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

📆 Hujjatlarni 15-30-iyun (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Talabgorning hujjati onlayn tarzda topshirilgandan soʻng qancha vaqtda xabar joʻnatiladi?

Oʻquvchining hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.

Hujjatlarni tahrirlash uchun qancha muddat beriladi?

Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga yuborilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.

Taqdim qilingan arizani qaytarib olsa boʻladimi?

Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
#infografika

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga nechanchi sinflarga qabul bo‘lib o‘tadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan necha bosqichda bo‘lib o‘tadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga o‘qishga kirishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 11-"Blue" sinf oʻquvchisi Qodirberganova Nurshoda hozirgi kunda umumiy miqdorda $1,332,000 grant sohibiga aylanib, 17 ta nufuzli oliygoh talabasiga aylandi:

1.Wingate University $108,000(USA,North Carolina)
2.Franklin University $96,000(Switzerland)
3.Duquesne University $96,000(Pittsburgh,USA)
4.NSU Florida University $76,000(Florida,USA)
5.Curtin College $68,000(Australia,Bentley)
6.Saint Mary's College $132,000(California,USA)
7.Whitworth University $116,000(Washington,USA)
8.Roanoke College $111,300(Virginia,USA)
9.University of Arizona $88,000(Arizona,USA)
10.Bangor University(Caernarfon,United Kingdom)
11.Lancaster University(Leipzig,Germany)
12.University of Twente(Enschede,Netherlands)
13.Allegheny College (Pennsylvania,USA) $182,000
14.American University in Bulgaria(Blagoevgrad, Bulgaria)$8485
15.Knox College (Galesburg, USA)$154,000
16.Centenary College (Centenary, USA) $96,000
17.Coventry University(England, London)
#qabul_2023
#eslatma

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

❗️O'qishga ariza topshirganingizda telefon raqamingizga sms xabar shaklida hamda t.iss.one/PIIMATelegramBot orqali yuboriladigan identifikatsiya raqamini saqlab qo'yishingizni so'raymiz.

Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Хивада бўлиб ўтган Абу Райҳон Беруний номидаги биринчи халқаро кимё олимпиадаси иштирокчилари ва ғолиб ҳамда совриндорларини табриклайман. Олимпиадада уч қитъанинг 16 давлатидан ёш олимлар иштирок этди.

Бундай нуфузли халқаро олимпиадалар Ватанимизда бўлиб ўтиши бежиз эмас.

Президентимиз саъй-ҳаракатлари билан  илмга ва илм аҳлига муносабат ўзгарди, олимларнинг қадри тиклана бошлади. Таълимга янги талаблар қўйиляпти, бутун тизим янгиланмоқда.

Олимпиадада иштирок этган ёшлар барча тенгдошлари учун ўрнак ва намуна бўлади.

___

Поздравляю участников, победителей и призёров первой Международной олимпиады по химии имени Абу Райхана Беруни, состоявшейся в Хиве. В олимпиаде приняли участие молодые учёные из 16 стран трёх континентов.

Неслучайно такие престижные международные олимпиады проводятся в нашей стране.
 
Усилиями нашего Президента изменилось отношение к науке и людям науки, ценность учёных начала восстанавливаться. К образованию предъявляются новые требования, обновляется вся система.
 
Молодые люди, принявшие участие в олимпиаде, станут примером для всех своих сверстников.
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 18-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?

Kundalik.comning o‘quvchiga joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini chiqarib, direktor tomonidan tasdiqlatib, keyin ariza.piima.uz saytiga yuklash mumkin.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihonlar qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarning yoshi va maktabda o‘qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?

Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o‘quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari va o'quv dasturlari asosida tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshira olishadimi?

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube