Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
966 subscribers
5.04K photos
356 videos
22 files
1.47K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#prezident_maktabi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Prezident maktablariga belgilangan kvota doirasida 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;

🔹 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi.

1-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
2-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat

❗️Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha ovozli chat

📆 2023-yilning 5-iyun kuni 15:00 da Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@piimauz)da ovozli chat o‘tkaziladi.

🎙 Ovozli chat Agentlik tizimidagi Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etadi hamda talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat
#Live

❗️Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha ovozli chat boshlandi

🎙 Ovozli chatda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etmoqda.

🎙 Unda Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

📣 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. Bunday yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga o‘quvchilar Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan testlar asosida shaffof tarzdagi imtihonlar orqali tanlab olinadi. Yuqorida ta’kidlangan tayyorlov kurslarida aniq qo‘llanmalar mavjud emas.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. Bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.

📌 Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy kanallari orqali berib boriladi.

🔹 Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan shu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS

⚡️⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchilari Xalqaro darajadagi Sertifikatlar sohibi bo'lishda davom etishmoqda:

JUMLADAN:

Samidjonova Sevinch - 7.5
Paxritdinov Ulug'bek - 7.5
Anorqulov Mirabbos - 7.5
Tadjibayev Sherzod - 7.5
Aminov Ulug'bek - 7.5
Djabborov G'ayrat - 7
Dilmurodov Suhrob - 6.5
Zaribjonov Ozodbek - 6.5
Xudoyorov Azizbek - 6.5
Nabijonov Xondamir - 6.5
Turdialiyev Dilshod - 6
Tolibjonov Dilshod - 6
Rustamov Lazizbek - 6
Xusanov Xudoyberdi - 6

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Science_fair

🏢 Nurafshon shahridagi Prezident maktabida ilk marotaba "SCIENCE FAIR" ko'rgazmasi tashkil etildi.

📌 Ushbu ko'rgazmada maktabning barcha o'quvchilari kimyo, fizika, biologiya fanlaridan o'z ixtiro namunalari bilan qatnashishdi.

♻️ Ko'rgazmaning asosiy maqsadi: tabiiy boyliklarni tejash, ekologiyani ifloslanishdan saqlash, chiqindilarni qayta ishlash kabi turli foydali loyihalarni amalga oshirish bo'ldi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#seminar

⚡️ Trener-kutubxonachilar uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini bajarish, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni o‘z vaqtida darsliklar bilan ta’minlash hamda kutubxonachilar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida, Nurafshon shahridagi Prezident maktabida trener-kutubxonachilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

❗️Ma'lumot uchun, joriy yilning 9-iyun kuni hududlardagi Prezident maktablarida Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ‘ib qilishning noan’anaviy usullari haqida so‘z yuritildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Prezident maktabida o‘qish uchun pul to‘lanadimi, o‘quvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

📌Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

O‘quvchilar uchun prezident maktablarida quyidagi sharoitlar yaratilgan:

zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;
bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
turli xil sport turlari (futbol,basketbol, suzish, tennis) bilan shug‘ullanishadi;
bepul kiyim-kechaklar bilan ta’minlanadi;
STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari chet ellik pedagoglar tomonidan ingliz tilida o‘qitiladi;
darslik va kerakli maktab qurollari bilan bepul ta’minlanadi;
11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM