Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
969 subscribers
5.01K photos
351 videos
22 files
1.46K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Sport
#Amir_Temur_kubogi
#687

Barchamizga ma'lumki, Amir Temur bobomiz o'zining jasurligi, donoligi, epchilligi, sportning ko'plab turlarida mohirligi bilan dunyo tamaddunida shon-shuhratga ega shaxsdir.

❗️Bugungi kunda bobomiz xotirasini yod etish, o'sib kelayotgan yosh avlodni bobomizdek jasur etib tarbiyalash yo'lida mamlakatimizda bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

🔥Shu munosabat bilan maktabimizning 8-9-10-sinf o'g'il bolalari o'rtasida "Amir Temur kubogi" tashkil etildi. Yigitlarimiz sportning "Arqon tortish", "Kamondan o'q uzish", "Tosh ko'tarish", "Stol tennisi" kabi turlari bo'yicha bellashdilar. Shijoatli va yuqori kayfiyatda bo'lib o'tgan musobaqaning g'olib va sovrindorlari O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taqdirlanishdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini borib ko‘rdi. Shu bilan davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил школу творчества имени Халимы Худойбердиевой в городе Гулистане. На этом поездка главы государства в Сырдарьинскую область завершилась.

#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Maktab_maslahatchilari
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

To‘liq jarayonlar haqida keyingi postlarda tanishishingiz mumkin.
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_687

O‘zbek davlatchiligini yuqori bosqichga ko‘tara olgan, buyuk sarkarda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixida ham tub burilishlar sodir etgan shaxs sifatida yuksak ahamiyatga ega.

Amir Temur birinchi navbatda bunyodkor shaxs va har tomonlama yetuk, bilimli kishilardan edi. Uning faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, har bir odimida yurt farovonligi, obodligi, ta’lim, fan va san’atning rivoji uchun qayg‘urishini ko‘rishimiz mumkin.

Sohibqiron taxtga chiqqandan so‘ng birinchi navbatda mamlakat taraqqiyotining asosi bo‘lmish ta’limga juda katta e’tibor qaratdi. O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Psixologik_trening
#Mening_kayfiyatim

🤝O'quvchilarning kayfiyatlaridagi o'zgarishlarni aniqlab, yechim topish, ularda do'stik rishtalarini yanada mustahkamlash, jamoa bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish maqsadida 5-sinf o'quvchilari uchun maktab psixologi Shahnoza Sultanova tomonidan "Mening tuyg'ularim, mening kayfiyatim" nomli trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

Maqsad: o'quvchilar kayfiyatiga ijobiy ta'sir o'tkazish.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#CHALLANGE_WEEK

🤔YUQORI KAYFIYATLARGA BOY HAFTALIKDA KIMLAR G'OLIB BO'LDI


🔰Maktabimiz o'qituvchilari Sherzod Marxabayev, Vasila G'ulomova hamda 7-sinf o'quvchilari tashabbusi bilan maktabda "Challange week" loyihasi tashkil etildi. Loyiha quyidagi ajoyib kunlarni o'z ichiga oldi:

English speaking day
Friendship day
Development day
In the Open Air day
Laptop - free day

🔥Tashkil etilgan har bir kun o'quvchilarda o'zgacha kayfiyat hamda yuqori qiziqish uyg'otdi.

⚡️Loyiha davomida faol ishtirok etgan har bir o'quvchi va sinflar tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantirildi❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Qodiriy_day
#Tavallud_kun

Qodiriyni o'qib
Yillar o'tib borsa-da, hamon
Qo'msab-qo'msab o'qiymiz sizni.
Siz bamisli zangori osmon,
Biz qo'msaymiz osmonimizni.

Chaqir toshli tungi yo'llardan
Otda yelib o'tamiz birga,
Aylantirib Kumushning oddiy
So'zlarini bokira she'rga.

Yana ortga qaytamiz keyin,
Kelajakka boqamiz maftun.
Nimadandir ichikib,qiyin
O'ylar ichra qolamiz beun.

Keyin yana uy derazasin
Ochgan kabi sof havolarga,
Bo'g'riqqan,dim uy derazasin
Ochgan kabi sho'x navolarga -

Tuyib dilda mas'um unlarni,
Titrab-titrab dil larzasidan,
Biz ochamiz"O'tgan kunlar"ni
Yuragimiz derazasiday.

✍️Xurshid Davron

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
Maktab bitiruvchilari uchun nufuzli IT universitetlarining imkoniyatlari taqdim etiladi

🟢 Joriy yilning 12-aprel kuni soat 12:00da maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasblar bilan tanishtirish maqsadida yurtimizdagi IT universitetlari vakillari bilan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Unda IT sohasida kadrlar tayyorlovchi quyidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdimotlar qilinadi:

Yangi O‘zbekiston Universiteti;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
Toshkent shahridagi INHA universiteti;
Toshkent shahridagi Amiti universiteti;
Toshkent xalqaro taʼlim universiteti;
“IT Park University” universiteti

➡️ Taqdimotlar orqali mazkur universitetlardagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va kelgusida zamonaviy kasblarni egallash uchun yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi.

Onlayn muloqotga quyidagi havola orqali kirish mumkin:
👉 https://youtube.com/live/EwgnsbBo_4M?feature=share


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik
#Zukko_kitobxon

🏆Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchilari o'rtasida "Zukko kitobxon" tanlovi o'tkazildi.

🔥O'tkir Hoshimoving "Dunyoning ishlari" asari yuzasidan o'tkazilgan mazkur tanlovda "Max Mind" jamoasi g'olib bo'lib, kitoblar to'plami bilan taqdirlanishdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube