Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.03K subscribers
5.75K photos
412 videos
24 files
1.65K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Yangi_loyiha
#Mehr_darsi
#Eco_school

🔊YOSH EKOLOGLARUUU, YAQINROQ KELINGLAR❗️

🌏Nurafshon shahridagi Prezident maktabida yangi loyiha o'z ishini boshladi. Maktabning eko-treneri Islom Karimov tomonidan 5-sinflar uchun Mehr darsi o'tib berildi.

🔥Dars ekologiyani asrash kerakligi to'g'risidagi videorolik bilan boshlandi va o'quvchilar fikri tinglandi. Sayyoramizdagi global muammolar, ularing oqibati va yechimi yuzasidan suhbat ham olib borildi. Bolalar asosiy ekologik muammolarga alohida to'xtalib, o'z fikrlarini yozgan holatda kichik taqdimotlar o'tkazishdi. Dars yakunida qiziqarli mavzuga mos o'yinlar ham tashkil etilib, umumiy xulosalarga o'tildi.

Atrof-muhitni bizdan keyingi avlodga butunligicha yetkazib berishga hamda ushbu ekologiyaga oid darslar ko'proq tashkil etilishga kelishilib olindi.

UNUTMANG: ONA TABIAT - BIZGA OMONAT❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
👍24🔥141🤩1💯1
#5_tashabbus
#Sport

⚡️⚡️Yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularni yanada sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Nurafshon shahridagi Prezident maktabida bir qator sport va milliy oʻyinlar musobaqalari tashkil qilib kelinmoqda.

🏆Jumladan 8-9-10-11-sinf o'g'il bolalari o’rtasida o’tkazilgan voleybol sport musobaqasida 11-Green sinf faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi va g’olib jamoalar speech timeda taqdirlandi❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
👍13🔥76❤‍🔥1
⚡️Diqqat Nurafshondan gapiramiz❗️

💯Maktabimizda Zakovat to‘garakalari doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ko‘plab jamoalar bilan qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

🏆Navbatdagi o'yin maktabning "Zakovat" koordinatori Islom Karimov tomonidan tashkil etilgan bo'lib, 8-blue sinfining "Intelligence" jamoasi g'olib bo'ldi hamda "Ko'chma kubok"ni qo'lga kiritishdi.

#Zakovatda_kuch #Bilim #Tafakkur #Ğalaba #Kõchma_kubok #Marra


📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
👍8🔥6🥰1👏1
#Uchrashuv
#Ot_sporti

⚡️Shijoat, jasurlik, do'stona munosabatlar - bularning barchasi ot sportida muhim ahamiyatga ega. Quvonarlisi shundaki, milliy ot sporti qadim zamonlardanoq o'zining shon-sharafiga sazovor bo'lgan.

🔥Taʼkidlash joizki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarda ham mamlakatimizda ot sportini yanada rivojlantirish, beshkurash va polo sport turini ommalashtirishda yangi davrni bosh­lab berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida o’quvchilarni jismonan chiniqtirish, ularni yanada sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Toshkent viloyati Chavandozlar maktabi bilan hamkorlikda uchrashuv bo’lib o’tdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
🔥6👍51👏1