Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
963 subscribers
5.09K photos
368 videos
22 files
1.49K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasidagi “Zakovat” turniridan hayajonli lavha

@zakovat
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining yakuniy jadvali

@zakovat
🏆 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida g‘oliblar aniqlandi!

🥇1-o‘rin - Namangan shahridagi prezident maktabi jamoasi;
🥈2-o‘rin - Abdulla Oripov ijod maktabi jamoasi;
🥉3-o‘rin - Samarqand shahridagi Prezident maktabi jamoasi.

Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga hamda murabbiyiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovg‘a qilindi!

Endilikda ushbu jamoalar a'zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy "Zakovat" stipendiyasi to‘lab boriladi!

@zakovat
Forwarded from Hilola Umarova
#Zakovat

Bugun Agentligimiz tizimidagi maktablar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda maktablarimizdan 26 ta terma jamoa ishtirok etib, 4 tur doirasida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

❗️”Zakovat" o'yinlari asoschisi Abdurasul Abdullayev o’quvchilarimizning savollarga javob berishdagi tezkorliklari, murakkab savollarga ham oson javob topishlarini alohida e’tirof etdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra:

🥇1-o'rinni - Namangan shahridagi Prezident maktabi,
🥈2-o'rinni - Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi,
🥉3-o'rinni - Samarqand shahridagi Prezident maktabi jamoasi qo’lga kiritdi.

Sovrindor jamoalarning har bir a’zosi diplom va noutbuklar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, g’olib jamoalarga “Zakovat” stipendiyasi ham berilishi ko'zda tutilgan.

O’yin qizg’in bahslarga boy holda o’tdi. Har bir tur natijalari hayajon bilan qarshi olindi. Shuningdek, o'yin doirasida appelyatsiya jarayonlari ham bo’lib o’tdi.

Aytish mumkinki, bunday o’yinlar yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirish va bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etishda alohida ahamiyatga ega.

O’quvchilarimizga bundan keyingi faoliyatlari hamda o’qishlarida ham omad tilayman.

Zafar hamisha yor bo’lsin, aziz yoshlar!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

"Chalob" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
​​DIQQAT! RADIOVIKTORINA!
“O‘ZBEK TILIM – G‘URURIM!”

⚠️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “O‘zbekiston” radiokanali hamkorligida o‘zbek tilining tarixi, go‘zalligi va boyligini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbek tilim – g‘ururim” deb nomlangan radioviktorina tashkil qilindi!

⚠️Radioviktorina FM-103.1 to‘lqinida, haftaning seshanba va payshanba kunlari, soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganda efirga uzatiladi.

⚠️Unda o‘zbek tili bilan bog‘liq savollar taqdim qilinadi. Ishtirokchilar telefon qo‘ng‘iroqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda o‘z javoblarini aytishlari mumkin. Radioviktorinada faol qatnashib, eng ko‘p TO‘G‘RI javobni yo‘llagan yurtdoshlarimiz “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” arafasida Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan taqdirlanadilar.

⚠️O‘zbek tilini qadrlagan, uning qadri va qaddi baland bo‘lishini istagan barcha yurtdoshlarimizni radioviktorinada ishtirok etishga chorlaymiz.

⚠️Demak, “O‘zbekiston” radiokanali FM-103.1 to‘lqinida! Seshanba va payshanba kunlari,soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganda Sizni radioviktorinada kutamiz. 71-233-92-04 yoki 71-286-31-32 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zbek tili borasidagi bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablari o’quvchilari uchun “Zakovat” intellektual o’yinlari o’tkazildi.

@hududtv
#Kutubxonaga_sayohat

📚KUTUBXONA - HAQIQIY MA`NO IZLAGANLAR UCHUN XAZINA
.

🔰U yerda necha-necha asrlardan beri ajdodlarimizning sabr va mashaqqatli mehnatlarining natijasi o'laroq yaratilgan minglab adabiyotlar saqlanadi. Bugungi kunda ana shu xazinani yosh avlodga targ'ib va kitobga oshno qilish maqsadida Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo'limidagi kutubxonaga maktab kutubxonachisi Diyora Yusupova tomonidan ekskursiya uyushtirildi.

Ushbu kutubxonada to'rt mingga yaqin kitob fondi bo'lib, o'quvchilar katta taassurot bilan qaytishdi❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube