NAVOIY YOSHLARI
7.83K subscribers
24.8K photos
4.03K videos
46 files
5.45K links
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi AXBOROT XIZMATI rasmiy telegram kanali

Yangiliklardan xabardor bo'ling!
Download Telegram
☝🏼#kun_iqtibosi

⚡️- "Doimo eng qiyin yoʼlni tanlang, chunki u yoʼlda raqib boʼlmaydi".

Sharlь De Goll

https://t.iss.one/Navoiyyoshlari_uz
#bilasizmi

Birinchi o'zbek fotosuratchisi

1903-yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolarning qattiq qarshiligiga uchragan bo‘lsa-da, keyinchalik  Muhammad Rahimxon uni oʻz himoyasiga oldi.

1907-yilda Devonov Xiva xonligining bir guruh vakillari bilan birga Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi. Safardan soʻng delegatsiya rahbaridan Rossiya poytaxtida bir necha kun qolishga ruxsat soʻragan 29 yoshli Xudoybergan foto sirlarini oʻrganishni davom ettiribgina qolmay, kinematografiya bilan ham qiziqib qoladi va Xorazmga birinchi kinoapparatni olib keladi.

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/birinchi-ozbek-fotosuratchisi

👋 Bizni kuzatib boring:

https://t.iss.one/Navoiyyoshlari_uz
#bu_qiziq

“5 soat qoidasi” – ish va shaxsiy hayotdan ortib, o‘qish va o‘rganishga vaqt topish mumkinmi?

Dunyo bo‘yicha insonlarning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 73,4 yoshni tashkil qiladi. Bu degani bir odamda o‘rtacha 26 ming 808,7 kun borligini anglatadi.

Insonlar umrining uchdan bir qismini uxlab o‘tkazadi. Lekin bu me’yor ham davlatlarga ko‘ra farqlanadi.

Masalan, yaponlar tunda 6,5 soat uxlasa, niderlandlar 8 soatdan ko‘p tungi vaqtni uyquga bag‘ishlaydi. AQShda ham 35 foiz odam 7 soatdan kamroq uxlashi aniqlangan.

Xo‘sh, agar biz sutkasiga 7 soat vaqtimizni uxlab o‘tkazsak, qolgan 17 soat vaqtni nimalarga sarflaymiz?

Batafsil: besh_soat_qoidasi

👋 Bizni kuzatib boring:
https://t.iss.one/Navoiyyoshlari_uz
Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Аdham Ikramov raisligida boshlangan hayʼat yigʼilishida Milliy olimpiya qoʼmitasi, Milliy Paralimpiya qoʼmitasi, vazirlik tizimidagi barcha tashkilot va idora mutasaddilari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yoshlar siyosati va sport boshqarmalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yoshlar siyosati va sport vaziri Аdham Ikramov bugun yoshlar va sport sohasidagi navbatdagi hayʼat yigʼilishida tizimning har bir yoʼnalishi tanqidiy koʼrib chiqilishini taʼkidlab, muhokamalar avvalida ijro intizomi va hududiy rahbarlarning masʼuliyati tahlil etilishini bildirib oʼtdi.

Kuni kecha Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda va Yoshlar agentligida oʼtkazilgan hayʼat oldi yigʼilishlarida bir qator masalalar borasida tushunchalar berilganligini taʼkidladi.
Forwarded from Sport vazirligi
«Mamlakatimizda inson qadrini ulugʼlashga har qachongidan ham koʼproq eʼtibor qaratilmoqda»

Hayʼat yigʼilishi jarayonida Yoshlar siyosati va sport vaziri Аdkham Ikramov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoуevning koʼrsatmalari asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor vazifasi inson qadri ekanligini taʼkidlab, oʼtgan yildan boshlab, har chorakda sohaga oid eng muhim 50 ta topshiriqning hududlardagi ijrosini reyting baholash tizimi yoʼlga qoʼyilganligi, bu Yoshlar siyosati va sport tizimi rahbarlari va xodimlarining masʼuliyati va ish samaradorligiga baho berishga yetarli boʼlayotganligiga toʼxtalib oʼtdi.

Bundan tashqari, joriy yilning ikkinchi yarmida hududlarda ijro etilishi lozim boʼlgan qariyb 4 mingga yaqin topshiriqlar vazirlikdan joylarga tushirildi.

Yaratib berilgan tizim asosida sport sohasidagi murojaatlar hajmi 15 foizga kamayishiga erishildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Sport vazirligi
“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar va sport harakatini yagona tizimga birlashtirdi

Biroq, kamchiliklar ham yoʼq emas. Hayʼat yigʼilishida taʼkidlanganidek, ommaviy sportni mahalladan boshlab rivojlantirish boʼyicha yaxlit bir tizim yaratildi.

Yildan-yilga “Besh tashabbus olimpiadasi” tarmogʼi va qamrovi kengayib bormoqda.
Bu orqali yiliga 6 milliondan ortiq yoshlar qamrab olinib, ular munosib ragʼbatlantirib borilmoqda.

Joriy yildan musobaqalarning respublika bosqichi ishtirokchilarining yoʼl, yashash va ovqatlanish xarajatlari toʼliq markazlashtirildi.

Hududiy bosqichgacha yetib kelgan qariyb 29 ming nafar yoshlarga zarur sport jihozlari va formalari tarqatildi.
Hududiy va final bosqichda gʼolib va sovrindor boʼlgan 7 mingdan ortiq yoshlarga sport ekipirovkalari hamda qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.

Bundan tashqari, respublikada gʼolib boʼlgan jamoalar uchun ularning mahallalarida shu kungacha 735 ta namunaviy sport maydonchalari qurib berildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” tizimi yoʼlga qoʼyilganiga sal kam 2 yil boʼlgan holatda yoshlar va sport harakati yagona tizimga birlashtirildi. Lekin bu boradagi ayrim ishlarda sustkashliklar borligi ham koʼzga tashlanayotganligi sir emas.

“Besh tashabbus olimpiadasi” tizimidagi musobaqalarni shaffof oʼtkazish uchun alohida elektron platforma tashkil qilingan. Bunda, yoshlar yetakchilari va sport masʼullari elektron platforma orqali ishtirokchilarni roʼyxatga olish, jamoalarni shakllantirish va ularning natijalarini kiritib borilishi tanqidiy ta’kidlandi.
Forwarded from Sport vazirligi
Erishilgan sport natijalari hudulardagi umumiy holatni koʼrsatib berdi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizim tashkilotlarining mutasaddilari, Milliy va Paralimpiya qoʼmitalari rahbarlari ishtirokida davom etayotgan hayʼat yigʼilishida xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz muvafaqqiyatli ishtirokini tashkil etish boʼyicha juda koʼp masalalar borligi bildirildi.

Maʼlumki, joriy yil iyul-avgust oylarida “Universiada” oʼyinlari, avgustda MDH oʼyinlari va sentabr-oktabr oylarida yozgi Osiyo va Para Osiyo oʼyinlari boʼlib oʼtdi.

Osiyo oʼyinlarida sportchilarimiz 20 ta sport turidan jami 71 ta (22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza) medalь qoʼlga kiritib, Oʼzbekistonning Osiyo oʼyinlaridagi rekordini yangiladi.

Osiyo oʼyinlari tarixida Oʼzbekiston sport delegatsiyasi ilk bor qilichbozlik sport turining sablya yoʼnalishida ayollar jamoaviy dasturi va dzyudochi ayollar oʼrtasida oltin, ayollar kurashi va boksi boʼyicha bronza medallari qoʼlga kiritildi.

Futbol boʼyicha erkaklar jamoasi 29 yildan soʼng bronza, oʼq otish sport turining aralash jamoaviy dasturida sportchilarimiz 25 yildan soʼng kumush, karate WKF sport turida 17 yildan soʼng oltin medallarga ega chiqdi.

Para Osiyo oʼyinlari tarixida Oʼzbekiston sport delegatsiyasi birinchi marta para kanoe, para akademik eshkak eshish, para taekvondo, para velosport va para shaxmat kabi sport turlaridan musobaqalarda ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.

Birgina para kanoe boʼyicha ishtirok etgan 6 nafar sportchimizning barchasi oltin medalni qoʼlga kiritdi va bu bilan Para Osiyo oʼyinlari rekordini oʼrnatdi.
Mana shu kompleks musobaqalarning oʼzi ham qaysi hududda sport muhiti qanday ekanligini koʼrsatib berganligi bilan ahamiyatli ekanligi hayʼat yigʼilishi davomida bildirib oʼtildi.
Xususan, bu yilgi kompleks musobaqalar natijalari hududlar kesimida tahlil qilinganda Samarqand yetakchilik qilgan boʼlsa, eng past koʼrsatkich Jizzax (qoʼlga kiritilgan jami 10 ta medaldan 1 tasi oltin)
va Namangan viloyatlariga (jami 12 ta medaldan 1 tasi oltin) toʼgʼri kelmoqda.
Yoki, joriy yilning bugungi kuniga qadar oʼtkazilgan kompleks va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz qoʼlga kiritgan jami 394 ta medallarda eng kam ulush Jizzax, Navoiy va Surxondaryo (3%dan) viloyatlari hisobiga toʼgʼri kelmoqda.

Xuddi shunday, 13 ta olimpiya sport turlari boʼyicha oʼtkazilgan jahon chempionatlari alohida olib qaralganda, 61 ta medal qoʼlga kiritilgan. Lekin, mazkur musobaqalarda Qashqadaryo viloyati birorta ham medal qoʼlga kirita olmagan, shuningdek Navoiy viloyati 1 dona bronza medali bilan kifoyalangan.
Forwarded from Sport vazirligi
Olimpiada yoʼllanmasini qoʼlga kiritgan sportchilar eʼtiborda boʼladi

Yoshlar siyosati va sport vazirligining navbatdagi hayʼat yigʼilishida 2024 yili Fransiya poytaxti Parijda oʼtadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʼyinlari va uning tegrasidagi bir qator kompleks musobaqalarga tayyorgarlik holati ham koʼrib chiqildi.
Parij-2024 Olimpiya oʼyinlarining reyting va ball beradigan nufuzli musobaqalarda zarur ochkolarni jamgʼarish, yoʼllanmalarni qoʼlga kiritish sportchilarimiz, sport jamoalarimiz oldida turgan muhim vazifa hisoblanishi bildirildi.

Shuningdek, Toshkent-2025 yoshlar oʼrtasidagi Osiyo va Para Osiyo oʼyinlariga tayyorgarlik hozirdan boʼlishi shartligi taʼkidlandi.
Kelayotgan yilning muhim jihatlarini inobatga olgan holda, 2024 yil uchun respublika va hududiy kalendarь rejalar har tomonlama puxta ishlab chiqilishi zarurligi aytib oʼtildi
Bugungacha Parijda boʼlib oʼtadigan Olimpiya oʼyinlariga 15 ta va Paralimpiyaga 31 ta yoʼllanmalar qoʼlga kiritilganligi, bu jarayon hali davom etishi, lekin vaqt qisqaligini sohaga daxldor rahbarlar unutmasligi kearkligi, Olimpiada litsenziyasi qoʼlga kiritgan sportchilar bilan hududlarda ham individual ishlash, ularning oilalaridan xabar olish ishlarini tashkil etish topshiriqlari mutasaddilarga yuklatildi.
Forwarded from Sport vazirligi
❗️Soxada belgilangan vazifalar ijrosida faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ygan ayrim tizim tashkilotlari lavozimidan ozod etildi.

Shuning, yana bir qismining lavozimiga loyiqligi kurib chiqilishi bo’yicha ogohlantirildi.
Forwarded from Sport vazirligi
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyati yangi tizimga oʼtkazildi

Yangi Oʼzbekistonning yangi gʼalabalarini taʼminlash maqsadida professional sportchilar zaxirasini yanada kuchaytirish maqsadida Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyati yangi tizim asosida yoʼlga qoʼyilganligi hayʼat yigʼilishida bildirib oʼtildi.

Oʼtgan 2021 yilgi holatda Olimpiya markazlaridagi 9 mingga yaqin sportchilarning 21 foizi (1 ming 900 nafari) Milliy terma jamoaga kira olgan edi, xolos.

Bunday holatning oldini olish, Olimpiya markazlarida iqtidorli sportchilar qamrovini kengaytirish maqasadida amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yildan eʼtiboran vaziyat tubdan oʼzgardi.

Аmalga oshirilgan ishlar, yoʼlga qoʼyilgan selektsiya tizimining samradorligi natijasida markazlardagi 6,9 ming nafar sportchilarning 30 foizi (2 ming 67 nafari) bugungi kunda milliy terma jamoalar tarkibidan joy oldi. Bu koʼrsatkichlar yildan yilga yaxshilanishi uchun yana bir qator muhim masalalar qilinishi, seleksiya ishlarini yanada kuchaytirish, uning shaffofligini taʼminlash lozimligi taʼkidlab oʼtildi.
Forwarded from Alisher Sadullaev
O'zbekiston_Respublikasi_Prezidenti_va_nomli_davlat_stipendiyalari.pdf
3.9 MB
2021/2022-oʻquv yili uchun Prezident stipendiyasi, shuningdek, Navoiy, Beruniy, Ulugʼbek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, Toʼlepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarining gʼoliblari eʼlon qilindi.

Nomdor stipendiya sohibi boʻlish, yoshlarimizga nafaqat yutuq balki kelgusi mas'uliyatni ham olib keladi. ijtimoiy tarmoqlarda kechadan beri ko'p talabalar quvonchli postlar joylashmoqda. Ushbu yutuq bilan avvalo shu talabalarning ota-onalarini chin dildan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
#live

Ayni paytda Navoiy shahridagi Yoshlar markazida "Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi"  tanlovining Navoiy viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

@Navoiyyoshlari_uz