NAVOIY YOSHLARI
4.28K subscribers
24.8K photos
4.02K videos
46 files
5.43K links
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi AXBOROT XIZMATI rasmiy telegram kanali

Yangiliklardan xabardor bo'ling!
Download Telegram
11-OKTYABR – XALQARO QIZLAR KUNI

Bugun Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi hamda tuman Oila va xotin qizlar boʻlimi tomonidan “Qizlar-millat tayanchi” shiori ostida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tumanning barcha hududlaridan 200 nafarga yaqin qizlar ishtirok etdi. Tadbirda Yoshlar inlari Nurota tuman boʻlimi boshligʻi U Usmonov, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi G. Bobomurodova yurtimizda qizlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish borasidagi tashabbuslar qamrovi kengayib borayotganini taʼkidladi.

Ushbu tadbir davomida qizlardan tarkib topgan jamoalar oʻrtasida sport hamda madaniy tadbirlar tashkil etilib faol ishtirok etgan qizlar, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz
#Obod_mahalla
#jarayon

OBOD JOYDA QUT-BARAKA BOʻLADI

Farovonlik va obodlikka intilish, o‘zi yashayotgan joyni ozoda va fayzli qilish xalqimizning ezgu fazilatlaridan. Zero, obod va go‘zal joyda qut-baraka bo‘ladi.

Bugun Zarafshon shaharida Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari hamda shahar masʼullari bilan birgalikda "Yangi Zarafshon" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlarida boʻlib, “Maʼnaviyat mehmonda” loyihasi doirasida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari birgalikda “Mahalladagi maʼrifatli oila”,Eng namunali ota-ona”, “Adolatli qaynona” “Mahallaning eng namunali kelini”, “Mahalladagi odobli qiz” deb eʼtirof etilgan xonadonlarda boʻlib, ular bilan oila maʼnaviyati va farovonligiga erishishning yoʻllari hamda oila vakillarining muvaffaqiyatlari xususida subatlashildi.

Xususan,  xonadonlar koʻzdan kechirilib, xonadon egalari bilan samimiy muloqot qilindi.

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz
⚡️YOSHLAR MUAMMOLARINI O'RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Gʻozg‘on shahar prokurori, 2-sektor rahbari Sh.G‘afforov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tomonidan sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar muammolari o'rganilmoqda.

Uchrashuvda yoshlarning takliflari, ularni qiynab kelayotgan muammolari atroflicha o‘rganildi hamda bir qancha muammolar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo'naltirilib nazoratga olindi.

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz
11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “QIZLAR-MILLAT TAYANCHI” shiori ostida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” nomli Respublika forumi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafarga yaqin qizlar ishtirok etdi.

Ushbu forumda Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi huzuridagi "Qizlar ovozi"  klubi koordinatorlari ham faol ishtirok etib, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz
#Zarafshon_shahar
#Jarayon

Bugun Zarafshon shahar "Yangi Zarafshon" mahallasida "Obod xonadon" Obod ko'cha" mezonlarini joriy etish, mahalladagi uyushmagan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil maqsadida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi hamkorligida "Stol tennisi" musobaqasi o'tkazildi.

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz