NAVOIY YOSHLARI
7.84K subscribers
24.8K photos
4.03K videos
46 files
5.45K links
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi AXBOROT XIZMATI rasmiy telegram kanali

Yangiliklardan xabardor bo'ling!
Download Telegram
BUGUN OSIYO KUBOGI MUSOBAQASIGA START BERILDI

Joriy yilning 27-28-iyul kunlari "Muhtasham Alpomish" sport saroyida sportning dzyudo turi bo'yicha Osiyo kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Ushbu musobaqada Navoiy Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tarbiyalanuvchisi Xaydarova Laziza hamda Boxodirov Bunyodjonlar Navoiy sport maktabi sha'nini himoya qilish uchun gilamga chiqadi.

Biz iqtidorli sportchilarimizga ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz
⚡️ 𝗞𝗼𝗻𝗶𝗺𝗲𝘅 𝘁𝘂𝗺𝗮𝗻𝗶𝗱𝗮"𝗤𝗶𝘇𝗹𝗮𝗿 𝗼𝘃𝗼𝘇𝗶" 𝗸𝗹𝘂𝗯𝗶𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗺𝗮𝗵𝗮𝗹𝗹𝗮  𝗸𝗼𝗼𝗿𝗱𝗶𝗻𝗮𝘁𝗼𝗿𝗹𝗮𝗿𝗶 𝘀𝗮𝘆𝗹𝗮𝗻𝗱𝗶

𝗕𝘂𝗴𝘂𝗻 𝗞𝗼𝗻𝗶𝗺𝗲𝘅 𝘁𝘂𝗺𝗮𝗻𝗶 𝗡𝗮'𝘃𝗿𝗼'𝘇 𝗠𝗙𝗬𝗱𝗮  𝗸𝗼’𝗽𝗹𝗮𝗯 𝗯𝗮𝗵𝘀-𝗺𝘂𝗻𝗼𝘇𝗮𝗿𝗮𝗹𝗮𝗿𝗴𝗮 𝗯𝗼𝘆 𝘁𝗮𝗿𝘇𝗱𝗮 𝗼‘𝘁𝗴𝗮𝗻 "𝗤𝗶𝘇𝗹𝗮𝗿 𝗼𝘃𝗼𝘇𝗶" 𝗸𝗹𝘂𝗯𝗶𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗺𝗮𝗵𝗮𝗹𝗹𝗮  𝘀𝗮𝗿𝗮𝗹𝗮𝘀𝗵 𝗷𝗮𝗿𝗮𝘆𝗼𝗻𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗶𝗻𝗴 𝘆𝗮𝗸𝘂𝗻𝗶𝘆 𝗻𝗮𝘁𝗶𝗷𝗮𝗹𝗮𝗿𝗶𝗴𝗮 𝗸𝗼‘𝗿𝗮 5 𝗻𝗮𝗳𝗮𝗿 𝗶𝗾𝘁𝗶𝗱𝗼𝗿𝗹𝗶 𝘃𝗮 𝘁𝗮𝘀𝗵𝗮𝗯𝗯𝘂𝘀𝗸𝗼𝗿 𝗾𝗶𝘇𝗹𝗮𝗿 5 𝘁𝗮 𝘆𝗼‘𝗻𝗮𝗹𝗶𝘀𝗵 𝗯𝗼‘𝘆𝗶𝗰𝗵𝗮 𝗺𝗮𝗵𝗮𝗹𝗹𝗮  𝗸𝗼𝗼𝗿𝗱𝗶𝗻𝗮𝘁𝗼𝗿𝗹𝗶𝗴𝗶𝗴𝗮 𝘀𝗮𝗿𝗮𝗹𝗮𝗯 𝗼𝗹𝗶𝗻𝗱𝗶.

𝘽𝙄𝙕𝘿𝘼𝙉 𝙐𝙕𝙊𝙌𝙇𝘼𝙎𝙃𝙈𝘼𝙉𝙂 !!! @navoiyyoshlari_uz
Kun tarixi

Bugun 28-iyul 2023-yil, juma.

👉 BAYRAMLAR:

🌙 Islom olamida Ashuro kuni.
🇺🇳 Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni.
🇺🇳 Butunjahon tabiatni muhofaza qilish kuni.
🌏 Tizim administratorlari kuni

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇪🇸 Ispaniya - Kantabriya institutlari kuni.
🇨🇦 Kanada ‐ Buyuk qo'zg'olonni xotirlash kuni.
🇦🇺 Avstraliya ‐ Maktab daraxti kuni.
🇹🇭 Tailand - Qirol tug'ilgan kun.
🇵🇪 Peru - Mustaqillik kuni.
🇸🇲 San-Marino - Fashizm ustidan qozonilgan G'alaba kuni.

👉 VOQEALAR:

- 754 - Papa Stefan II Pipin Pakanaga qirollik tojini kiydirdi.
- 1299 - Mashhur italyan sayyohi Marko Polo Venetsiyaga qaytib keldi
- 1586 - Ser Tomas Xarriot Buyuk Britaniya va Irlandiyaga kartoshka olib keldi.
- 1741 - Vitus Bering kemasi Alyaska sohillariga yetib keldi.
- 1794 - Robespyer,  Sen-Just  va yana 20 kishi qatl qilindi.
- 1821 - Peru Ispaniyadan mustaqillik e'lon qildi.
- 1851 - Dunyoda birinchi marta to‘liq quyosh tutilishi suratga olindi.
- 1858 - Birinchi marta barmoq izlari tanib olish uchun ishlatilgan.
- 1878 - Varna rus qo'shinlari tomonidan Usmonli imperiyasi boshqaruvidan ozod qilindi.
- 1914 - Avstriya-Vengriya Serbiyaga qarshi urush e'lon qildi. Birinchi jahon urushining boshlanishi.
- 1919 - Xalqaro Astronomiya Ittifoqiga asos solindi.
- 1928 - Amsterdamda yozgi Olimpiya o'yinlari ochildi.
- 1929 - Urush asirlariga doir Jeneva Konventsiyasi 48 davlat tomonidan imzolandi.
- 1976 - Xitoyning Tangshan shahrida 8.2 bal yer qimirlashi oqibatida 242 ming 769 kishi halok bo’ldi, 164 ming 851 kishi yaralandi
- 1980 - Vladimir Visotskiy Moskvada dafn qilindi.
- 1984 - Los-Anjelesda sotsialistik mamlakatlar boykot qilgan XXIII yozgi Olimpiya o'yinlari ochildi.
- 1989 - Latviya SSR Oliy Kengashi Latviya suverenitetini e'lon qildi.
- 1994 - Moldova Konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1995 - Bombey Mumbay deb nomlandi.
- 1997 - SSSR qulaganidan keyin Kubada birinchi xalqaro yoshlar va talabalar festivali ochildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1165 - Ibn Arabiy (1240) - Islom ilohiyotchisi, so'fiylik nazariyotchisi.
- 1635 - Robert Guk (1703) - ingliz fizigi, kimyogar, matematik, astronom, biolog, ixtirochi va me'mor.
- 1804 - Lyudvig Feerbax (1872) - nemis faylasufi.


Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz
YANGI SPORT MAYDONCHALARINING HOLATI OʻRGANILDI

  🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ–201-son qaroriga asosan  🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahalla terma jamoalariga yangi sport maydonchalarini qurilishi belgilangan.

Xabaringiz bor, Navoiy viloyatida ham 27 ta mahallalarda jami 35 ta sport maydonchasi qurilib foydalanishga topshirilganligi, shuningdek “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumida g‘olib va sovrindor bo‘lgan mahalla terma jamoalari uchun sport maydonchalarini qurish ishlari boshlanganligi to'g'risida xabar bergan edik.

Bugun, 27-iyul kuni Navoiy viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i O.Raxmanov Xatirchi tumanidagi "Jaloyir" MFY, "Fidokor" MFY hamda Lochin sport maktabi hududi va Yangirabot hududlarida barpo etilayotgan Universal, Mini-futbol, stritbol va Workaut sport maydonchalarini  qurilish ishlari bilan tanishib chiqdi.

@Navoiyyoshlari_uz
#Jasorat_maktabi

⚡️Navoiy garnizonida o‘tkazilayotgan "Jasorat maktabi" o'quv yig‘ini ishtirokchilari bilan "Viloyat hokimi kubogi" uchun voleybol musobaqasi o'tkazildi.

Mazkur o‘quv yig‘ini Navoiy viloyati hokimligi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Bundan ko‘zlangan  asosiy maqsad esa uyushmagan yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalash va ularni muddatli harbiy xizmatga tayyorlash.

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz