my.gov.uz
210K subscribers
1.63K photos
123 videos
2 files
2.61K links
Download Telegram
Forwarded from my.gov.uz
​​🛃 Yana bir yangi qulaylik!

👨🏻‍💻 My.gov.uz orqali xalqaro IT-sertifikat yoki o‘qish uchun sarflangan xarajatning 50 foizi qoplab beriladi.

Endilikda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarimiz qo‘lga kiritgan xalqaro sertifikati yoki o‘qishga sarflagan xarajatlari uchun 50 foizgacha kompensatsiya olishlari mumkin.

💁🏻‍♂️ Agar talabgor 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-onasi/vasiylar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi lozim.

📝 Arizani ko‘rib chiqish va sertifikatni tekshirish, shuningdek, plastik kartaga pul mablag‘ini tushirib berish muddati 17 ish kunida amalga oshiriladi.

Eslatma!
📑 Imtihon xarajati maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun o‘tmasidan murojaat etilganida kompensatsiya qilinadi.

👉 Sertifikat yo‘nalishlariga:
▪️ Coursera
▪️ Oracle
▪️ Udemy
▪️ Microsoft
▪️ Google va boshqalar kiradi.

💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor, hozirgi kunda IT eng daromadli sohalardan biri hisoblanadi. Demak, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📥 Onlayn ariza yuborish uchun havola:
https://my.gov.uz/uz/service/622

@MyGovUz | @eGovUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Aziz yurtdoshlar!

🕌 Sizlarni yer yuziga Allohning rahmati yog‘ilib turgan shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Qurbon hayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz.

🤲 Ushbu fazilatli kunlarda pok niyatli vatandoshlarimiz, duogo‘y keksalarimizning Yaratgandan elu yurtimiz tinchligi, xalkimiz sihat-salomatligi yo‘lida so‘ragan barcha ezgu tilaklari ziyodasi bilan amalga oshsin!

🎊 Jonajon vatanimiz, xonadonlarimiz tinchligi, xalqimiz hayoti farovonligi, birdamligi, do‘stlik va ahillik tuyg‘ulari hamisha mustahkam va barqaror bo‘lsin!

🧑🏻‍💻 Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi

@MyGovUz | @eGovUz
Diqqat e'lon❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 10-iyul soat 00:00 dan 12-iyul soat 09:00 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

💁🏻‍♂️Profilaktika ishlari davomida my.gov.uz portalidagi soliq xizmatlari bilan bog'liq ayrim elektron davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.



Внимание, объявление❗️

⚙️ В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 00:00 часов 10 июля до 09:00 часов 12 июля текущего года в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

💁🏻‍♂️Во время профилактических работ возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг на портале my.gov.uz.

@MyGovUz | @eGovUz
​​👩🏻‍🎓 Onlayn qabul jarayonlari bilan bog‘liq savollarga qisqa javoblar

👨🏻‍💻 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish qachongacha davom etadi?

🗓 Onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

📝 Bu yil abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishda nechtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin?

📑 Ular test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin.

🟢 Davlat granti ustuvorligi nima?

💰Abituriyent tomonidan Davlat granti ustuvorligi tanlansa, u barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosidagi ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

👨‍🏫 Ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi nima?

💁🏻‍♂️ Agar abituriyent ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlasa, bunda u har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi ketma-ket tanlovda qatnashadi.

🙅🏻‍♂️ Kimlar test sinovlari uchun to‘lovdan ozod etilgan?

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori va 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq, quyidagi abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etilgan:

▪️ test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatganlar;
▪️ nogironligi bo‘lgan shaxslar;
▪️ to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasi bitiruvchilari);
▪️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
▪️ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
▪️ imtiyoz asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri talabalikka tavsiya etilganlar.

💁🏻‍♂️ Maqsadli qabul nima?

♻️ Talab yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi parametrlari asosida viloyat (shahar, tuman) kesimida maqsadli qabul amalga oshiriladi.

👨‍🎓 Bunda maqsadli qabulni tanlab, o‘qishga qabul qilingan talabaga (tegishli hokimlik bilan tuziladigan shartnomaga muvofiq) belgilangan muddatgacha ishlab berish majburiyati yuklatiladi.

💁🏻‍♂️ Shuningdek, maqsadli qabulni tanlagan abituriyentga mazkur ta’lim yo‘nalishida ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

@MyGovUz | @eGovUz
❗️Mashhur “TIME” jurnali 2022-yil dunyoning 50 ta eng zo‘r joylari ro‘yxatiga serquyosh O‘zbekistonimizni ham kiritibdi

🏔 50 ta mo‘jizakor olam, beqiyos tabiat manzaralari, zamonaviylik va ko‘hna tarix bilan yuzlashtiruvchi “Buyuk ipak yo‘li” – haqiqatan, ajoyib...

🏝Biz Turkiya sohillari yoki Bali orolini orzulab turganimizda, dunyoning qaysidir burchagidagilar Samarqandning Registoni, Buxoroning Arkini ko‘rish xayolida yurgan bo‘lsa ajabmas.

🕌 Ha, “Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q” deyishadi.

🚶🏻Siz ham albatta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling. Bugun raqamlashtirish tufayli sayyohlar uchun ko‘plab qulayliklar yaratilmoqda.

👉🏻Masalan:

🔹masofadan turib, “O‘zbekiston temir yo‘llari”dan poyezdlarga;

🔹“O‘zbekiston havo yo‘llari”dan samolyotlarga elektron chipta sotib olish;

🔹hatto, mehmonxonalarni onlayn bron qilish mumkin.

🚗 Agarda siz sayohatga yengil avtotransportda chiqishni ko‘zlayotgan bo‘lsangiz:

▫️uzoq yo‘l oldidan o‘zingizga eng yaqin yoki qulay “texko‘rik” manzillarini my.gov.uz orqali topishingiz;

▫️sug‘urtangizning amal qilish muddatini ham onlayn tekshirishingiz;

▫️mabodo sug‘urta holati vujudga kelib qolsa, kompensatsiya olishga so‘rovnomani ham masofadan yuborishingiz mumkin.

Albatta, ayni kunlarda issiqdan himoyalanishni ham unutmaslik kerak. Ayniqsa, serquyosh O‘zbekiston yo‘llarida avtomobil oynalarini qoraytirmasdan uzoq yurish qiyin.

🚘 Lekin hozir buning yechimi ham oson. My.gov.uz orqali “tonirovka” uchun ruxsatnomani 5 daqiqada olasiz va oynalarni qoraytirib, xotirjam sayohatga chiqaverasiz!

🤷🏻‍♂️Nega endi butun dunyo tan olib turgan tarixiy-me’moriy obidalarimizni o‘zimiz birinchilardan bo‘lib ziyorat qilmasligimiz kerak?!

💁🏻‍♂️ Xullas, tanlov o‘zingizdan, “Oq yo‘l” tilash esa bizdan.

Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin, azizlar❗️

@MyGovUz | @eGovUz
​​👨‍🏫 Ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish uchun arizalar endi my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

🛃 Ariza beruvchi davlat xizmatini olish uchun my.gov.uz orqali so‘rovnomani elektron to‘ldiradi.

❗️ YaIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasi 10 foizga arzonlashtiriladi va 54 000 so‘m to‘lanadi.

➡️ Xizmat ko‘rsatish muddati 2 ish kuni.

🚫 Quyidagilarga apostil qo‘yilmaydi:

🔸 chet elda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
🔸 tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;
🔸 O‘zbekiston fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga.

🔰 Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qo‘yish rad etiladi:

rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmasa.

@MyGovUz | @eGovUz
⚡️ Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

📝 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

❗️ Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

📆 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

@MyGovUz | @eGovUz
​​📑 Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari uchun yana bir qulaylik yaratildi

🗃 My.gov.uz da "Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan o‘tkazish", shuningdek, ularga malaka sertifikatini berish xizmati ishga tushirildi.

👨🏻‍💻 Ushbu xizmatdan asosan brokerlar, investitsion maslahatchilar, valyuta birjalari mutaxassislari, aksiyadorlik jamiyatlarining tegishli rahbaru xodimlari hamda boshqalar foydalanishlari mumkin.

📄 Malaka sertifikatini qo‘lga kiritish uchun attestatsiyadan o‘tish talab etiladi.

💁🏻‍♂ Mazkur sertifikatni olganlar keyinchalik qimmatli qog‘ozlar bozorida turli operatsiyalarni amalga oshirish, investitsion maslahatchilar sifatida faoliyat yuritish, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini ishonchli boshqaruvga qabul qilish singari huquqlarga ega bo‘lishadi.

💰 Xizmat pullik va my.gov.uz orqali foydalanilganda 10 foiz chegirma mavjud.

🔴 Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

@MyGovUz | @eGovUz
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Халқаро IT-сертификатни олиш ёшларнинг биринчи маротаба ишга киришларини осонлаштиради.
Энди бундай сертификатларни олишга кетказган харажатининг 50 фоизгача бўлган қисми давлат томонидан қоплаб берилади.

Меҳнат стажи ёки ўзининг портфолиосига эга бўлмаган ёшларнинг биринчи маротаба иш топишлари жуда қийин жараён одатда, чунки иш берувчилар номзоднинг билими ва қобилиятига ишониши қийин.

Иш берувчи ишонадиган
халқаро IT сертификатига эга бўлсангиз, ишга кириш ҳам осонлашади. Марҳамат, Халқаро IT-сертификатларини олиш ҳамда ўқиш харажатларининг 50 фоизгача бўлган қисмини қоплаб бериш хизматидан фойдаланинг: https://my.gov.uz/uz/service/622

Уни ёнига чет тилини билиш бўйича сертификатниям (IELTS, TOEFL ва ҳ.к.) қўшиб олсангиз, иш топишингиз янада осонлашади. Унинг 100% харажати қоплаб берилади: https://my.gov.uz/uz/service/413

Айниқса талабалар университетни чет тили ва камида битта IT сертификатига эга бўлиб битириб чиқишса, келгусида уларни ишга жойлашишида анча енгиллик бўлади.
🤩Bolani bog‘chaga joylashtirishning eng oson usuli

Ishbilarmonlik yoki ro‘zg‘or tashvishi deb ishga chiqishga majbur bo‘lgan yosh onalar uchun bog‘cha beminnat ko‘makchidir.

🤷🏻‍♀️Ammo ko‘pchilik farzandini bog‘chaga joylashtirish uchun kunning issiq yoki sovug‘ida tegishli tashkilotga qatnash, yana navbatlarda turishni o‘ylab, bolani bog‘chaga ro‘yxatga qo‘yishni paysalga soladi.

❗️Aslida buning uchun qayergadir borish, navbat kutish shartmikin?! Yo‘q, albatta!

💁🏻 Xo‘sh, unda nima qilish kerak?

📲 Shunchaki telefonni qo‘lga olib, my.gov.uz portali orqali bolani bog‘chaga ro‘yxatga qo‘yish kifoya!

📹 Videorolikda buni qanday amalga oshirish batafsil tushuntirilgan.

👍 Ha aytgancha, hurmatli yosh onalar, raqamlashtirish tufayli endi tug‘uruqxonadayoq farzandingiz uchun istagan bog‘changizni avvaldan band qilib qo‘yishingiz mumkin!

My.gov.uz – yosh onalar ko‘makchisi!

https://www.youtube.com/watch?v=6ztxAoryhoI&t=3s
⚡️Abituriyentlar, vaqt oz qoldi! Shoshiling❗️

📝 Hukumat qarori bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul muddati uzaytirilib, abituriyentlarni my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatga olish ham joriy yilning 27-iyuliga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadigan bo‘ldi.

Bu muddat ichida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishsa, u haqdagi ma’lumotlarini ham tizimga bemalol kiritishlari mumkin.

☎️ Xizmat yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, 1242 raqamiga haftaning istalgan kuni, 24 soat davomida qo‘ng‘iroq qiling!

📹 Quyida my.gov.uz orqali oson va qulay ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishtiramiz:

https://youtu.be/5sbkXYjuI9A
❗️Yagona portal yana bir xizmat bilan boyidi

My.gov.uz da «Aktuariy malaka sertifikatini berish» xizmati ishga tushdi.

💁🏻Mazkur sertifikatni olish uchun da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

▫️ matematika yoki iqtisodiyot fanlari bo‘yicha oliy ma’lumotga yoki ilmiy darajaga ega bo‘lishi;

▫️ so‘nggi o‘n yil ichida kamida besh yil sug‘urta, matematika, statistika, axborotlashtirish sohalarida ish stajiga (jumladan, o‘rindoshlik asosida) yoki pedagogik stajga ega bo‘lishi.

💴 Murojaatni ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

📃Vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan aktuariy malaka sertifikatini rasmiylashtirib, uni o‘z elektron raqamli imzosi (ERI) bilan tasdiqlagach, da’vogarga my.gov.uz (YIDXP) orqali elektron shaklda yuboradi.

♻️Aktuariy malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan besh yil muddatga beriladi.

@MyGovUz | @eGovUz
Forwarded from my.gov.uz
⚡️Abituriyentlar, vaqt oz qoldi! Shoshiling❗️

📝 Hukumat qarori bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul muddati uzaytirilib, abituriyentlarni my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatga olish ham joriy yilning 27-iyuliga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadigan bo‘ldi.

Bu muddat ichida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishsa, u haqdagi ma’lumotlarini ham tizimga bemalol kiritishlari mumkin.

☎️ Xizmat yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, 1242 raqamiga haftaning istalgan kuni, 24 soat davomida qo‘ng‘iroq qiling!

📹 Quyida my.gov.uz orqali oson va qulay ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishtiramiz:

https://youtu.be/5sbkXYjuI9A
​​🚗 Haydovchilik guvohnomasini masofadan almashtirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

📰 O‘zbekistonda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishni to‘la raqamlashtirish va yangi guvohnomalarni pochta orqali yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

🗓 Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning qayd etishicha, guvohnomani almashtirish muddati 2-3 marta cho‘zib berildi. Oxiriga kelganda navbatlar birdan ko‘payib ketyapti. Mart-aprel oylarida shunday holat bo‘lganida muddat cho‘ziladi deb e’lon qilinganidan keyin ertasiga hamma ketib qolgan. DXMlarga haydovchilik guvohnomasini almashtirishni so‘rab kelganlar 10-15 barobarga kamayib ketgan.

🛃 «Shuning uchun elektron shaklga o‘tkazmoqchimiz... Shunday qilmasak, aytayotgan muammolarimiz yana takrorlanaveradi, takrorlanaveradi. Besh yildan keyinam xuddi shunaqa bo‘ladi», dedi u.

💁🏻‍♂️ Avvalroq eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati uzaytirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, milliy haydovchilik guvohnomasi uchun arizani 24 soat davomida my.gov.uz orqali elektron tarzda yuborish mumkin.

📹 Xizmatdan foydalanish uchun videoyo‘riqnoma:
​​🔴 Uyda qoling! O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang!

♨️ Bugundan anomal issiq yanada kuchayib, havo harorati 47 dan 50+ darajagacha ko‘tarilishi aytilmoqda.

☀️ Bunday jazirama iqlim surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligi uchun xavflidir.

💁🏻‍♂️ Shu munosabat bilan yurtdoshlarimizga kunning issiq vaqtida oftobda qolib ketmaslikni, zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni, erta tongdan uzog‘i 8:00 gacha deraza va pardalarni yopib, xonadagi salqin haroratni ushlab qolishga harakat qilishlarini tavsiya etamiz.

🧑🏻‍💻 Hozirgi kunda hatto davlat xizmatlarini ham uy yoki ishxonadan chiqmay turib, internetga ulangan qurilmalar (kompyuter, noutbuk yoki smartfon) orqali olish mumkin.

🌐 Shunday ekan, uyda qolib, qidiruv satriga my.gov.uz ni yozing va 330 dan ziyod elektron davlat xizmatlaridan masofadan turib oson, qulay hamda xavfsiz foydalaning.

Aziz hamyurtlar, jazirama issiqning salbiy oqibatlaridan o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang!

@MyGovUz | @eGovUz
Diqqat, eʼlon❗️

⚙️Ichki ishlar vazirligidagi markaziy server qurilmalarida navbatdagi profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 22-iyul kuni my.gov.uz portalidagi eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatini ko'rsatishda vaqtinchalik uzulishlar kuzatilishi mumkin.

💁🏻‍♂️Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʼraymiz.
my.gov.uz
Diqqat, eʼlon❗️ ⚙️Ichki ishlar vazirligidagi markaziy server qurilmalarida navbatdagi profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 22-iyul kuni my.gov.uz portalidagi eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatini ko'rsatishda…
Внимание, объявление❗️

⚙️В связи с техническим обслуживанием центральных серверных устройств МВД 22 июля 2022 года на портале my.gov.uz возможны временные перебои в предоставлении услуги по замене водительских удостоверений старого образца на новые.

💁🏻‍♂️Приносим свои извинения за доставленные неудобства!
​​​​#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Diplom dublikatini my.gov.uz orqali berish yo‘lga qo‘yiladi

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

🔰 Reglamentga ko‘ra, ta’lim tashkilotini tamomlagan, ma’lumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

Ariza beruvchi so‘rovnomani YIDXP orqali to‘ldirganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

❗️Yig‘imni to‘lamaslik xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 So‘rovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun to‘lovlarni ariza beruvchi to‘laydi.

@MyGovUz | @eGovUz
​​📰 Endi yo‘qotilgan «prava»ni qayta tiklash uchun imtihon topshirilmaydi

✍️ «Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (393-son, 20.07.2022 y.) qabul qilindi.

💁🏻‍♂️ Ushbu qaror bilan yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun imtihon topshirish tizimi bekor qilindi.

🔍 Shu paytgacha yo‘qolgan va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan guvohnomalarni haydovchilar imtihon topshirib, uning natijalariga qarab olar edi. Endi shu tartib bekor qilinmoqda.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, haydovchilarni tayyorlashda o‘quv soati haftasiga 20 soatgacha, kunlik 4 soatgacha rejalashtiriladi.

👨‍✈️ Haydovchilarning malakasini oshirganlik bo‘yicha sertifikatlar faqat elektron racmiylashtiriladi.

🚗 Amaliy imtihonlarda «V» toifa uchun ishlab chiqarilganiga 5 yildan ko‘p bo‘lmagan, boshqa toifalar uchun 10 yildan ortiq bo‘lmagan transportlardan foydalaniladi.

👨🏻‍💻 O‘quv dasturlarini Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam bo‘lmagan miqdorda tasdiqlanadi.

🗓 2023-yil 1-yanvargacha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.

📑 2022-yil 1-noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

@MyGovUz | @eGovUz
​​📃 Chet tili bo‘yicha sertifikatga ega abituriyentlarga maksimal ball beriladi

💁🏻‍♂Hozirgi kunda chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaatlar my.gov.uz (YaIDXP) orqali elektron tarzda qabul qilinmoqda.

📰 Shuningdek, Xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun ham Yagona portal orqali onlayn ariza yuborish mumkin.

🔖Bunda chet tilini bilish bo‘yicha sertifikat (IELTS, TOEFL va boshqalar) olganlarga ketkazgan xarajatlarining 100 foizi, IT-sertifikat va o‘qish harajatlarining esa 50 foizi qoplab beriladi.

📝 Endilikda bu imkoniyatlar safiga test sinovlarida chet tili fani bo‘lgan barcha bakalavriat yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga shu fandan imtihonlarsiz maksimal ball berilishi ham qo‘shildi.

📑 To‘liq ro‘yxat bilan tanishing:

🔹ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda TDYuU uchun writingdan 5,5 ball), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

🔹yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

🔹nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

🔹fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

🔹boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori.

@MyGovUz | @eGovUz
Forwarded from my.gov.uz
⚡️Abituriyentlar, vaqt oz qoldi! Shoshiling❗️

📝 Hukumat qarori bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul muddati uzaytirilib, abituriyentlarni my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatga olish ham joriy yilning 27-iyuliga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadigan bo‘ldi.

Bu muddat ichida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishsa, u haqdagi ma’lumotlarini ham tizimga bemalol kiritishlari mumkin.

☎️ Xizmat yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, 1242 raqamiga haftaning istalgan kuni, 24 soat davomida qo‘ng‘iroq qiling!

📹 Quyida my.gov.uz orqali oson va qulay ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishtiramiz:

https://youtu.be/5sbkXYjuI9A