💁🏻♂️ Buni hamma bilishi kerak!
✍️ Elektron raqamli imzoni onlayn shakllantirish uchun foydalanuvchi o‘z fuqarolik pasporti bilan selfi ko‘rinishida rasmga tushishi zarur.
📝 Nega arizangiz rad etiladi?
📲 Ko‘p fuqarolar selfiga mobil qurilmalarning old kamerasi bilan tushirilmoqda. Bu esa rasmda shaxsga doir ma’lumotlarning teskari ko‘rinishda aks etishiga hamda arizaning rad qilinishiga sabab bo‘lmoqda.
✅ Tavsiya!
📰 Ariza beruvchilarga fuqarolik pasporti bilan selfi rasmga tushishda mobil qurilmaning orqa kamerasidan foydalanishlarini tavsiya etamiz.
➡️ @MyGovUz | @eGovUz

💁🏻♂️ Это должен знать каждый!
✍️ Для формирования электронной цифровой подписи онлайн пользователь должен сделать селфи со своим паспортом.
📝 Почему ваша заявка отклоняется?
📲 Многие граждане делают селфи с помощью фронтальной камеры своего мобильного устройства. Это приводит к зеркальному отражению личных данных на изображении и отклонению заявки.
✅ Рекомендация!
📰 Рекомендуем гражданам использовать заднюю камеру мобильного устройства при снятии селфи с паспортом.

💁🏻♂️ Siz MY.GOV.UZ bilan qanchalik yaqinsiz❓
🚶🏻Yaqin-yaqingacha odamlar hujjat ishlarini tashkilotma-tashkilot yugurib, turnaqator navbatlarda turib bitirishga majbur edi. Biroq raqamlashtirish jarayonlari – “Elektron hukumat” va my.gov.uz xizmatlari tufayli bu muammolar o‘tmishga aylanib bormoqda.
👩🏻💻Hozirda aholimiz va tadbirkorlik sub’ektlari davlat xizmatlarini olishda ancha yengillik va qulayliklar bo‘layotganini bot-bot tilga olishyapti.
⁉️Shu o‘rinda bir savol!
❓Bugun yurtdoshlarimiz elektron davlat xizmatlari – my.gov.uz ni qanchalik bilishadi?
📹 So‘rovnoma orqali xulosa chiqaramiz:
https://youtu.be/8wpCYjeGXiA

YouTube
Bugun yurtdoshlarimiz elektron davlat xizmatlari - my.gov.uz ni qanchalik bilishadi?
“Siz tomon yo‘l oldik” loyihasini Qashqadaryoda qarshi oling❗️
🚶🏻18-19-may kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Qashqadaryo viloyati bo‘ylab xizmat safarida bo‘lishadi.
💁🏻♂️Loyiha doirasida viloyatning davlat va boshqaruv organlari xodimlariga “Elektron hukumat” va my.gov.uz (YIDXP) – elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etilib, hudud aholisining amaliy va bilim ko‘nikmalari oshiriladi.
👉🏻Demak, “Siz tomon yo‘l oldik” loyihasini Qashqadaryoda qarshi oling:
🔸Qarshi shahri
🔸G‘uzor tumani
🔸Koson tumani
🔸Shahrisabz tumani
☎️O‘quv mashg‘ulotlarimizda ishtirok etishni xohlaganlar quyidagi raqamlar bilan bog‘lanishlari mumkin:
+998 55 501 36 16,
+998 95 222 22 38

🏘 Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli yer uchastkalarini (Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini) masofadan turib xususiylashtirishlari mumkin
✍️ Vazirlar Mahkamasining 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin bo‘ldi.
▪️ Fuqarolarimiz yakka tartibdagi uy-joy, yuridik shaxslar esa noturar bino-inshootlarga ega. Endi ular o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirishi mumkin (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi).
▪️Shu kunga qadar fuqarolarga tegishli uy-joylar joylashgan yer uchastkalari, meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqidagi yerlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan noturar joy ob’yektlarining yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi berilar edi. Ya’ni bino o‘zingizga tegishli bo‘lsa ham, uning yeri davlatniki edi.
▪️ Endi mana shu yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin. Kelib tushgan ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Kadastr bo‘limlari yer uchastkasining ariza bergan fuqaro nomiga rasmiylashtirilganmi yoki yo‘qmi, ya’ni ro‘yxatdan o‘tkazilganini tekshiradi. Bunda o‘sha yer uchastkasi o‘zgarmagani, bugungi kunda ham reyestrda mavjudligi, taqiq va cheklovlar yo‘qligi, xullas, xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirib chiqiladi.
▪️Qurilish bo‘limlari esa yer uchastkasi hududining shaharsozlik me’yorlariga mos kelishini o‘rganadi. Barcha tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.
💰Yerni xususiylashtirish uchun qancha mablag‘ to‘lanadi?
▪️Arizani ko‘rib chiqish uchun 24300 so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.
▪️Shu bilan birga, yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi.
🧮 Bu qanday hisoblanadi?
▪️ Barchamiz yer uchastkasiga yer solig‘i to‘laymiz. Mulkdorlar uchun xususiylashtirish to‘lovi yer uchastkasiga hisoblangan soliq miqdorining 20 barobari deb belgilangan.
▪️ Masalan: agar fuqaro bitta hovliga yiliga 100 ming so‘m soliq to‘lasa (bunda mol-mulk solig‘i qo‘shib hisoblanmaydi, aynan yer uchastkasiga to‘lanadigan soliqqa nisbatan hisoblanadi), xususiylashtirish uchun 2 mln. so‘m to‘lov amalga oshiriladi. Shundan so‘ng o‘sha yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishadi.
✅ Bu muhim!
▪️ Har bir jismoniy va yuridik shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini faqat o‘zigina sotib oladi. Bu auksionga qo‘yilmaydi va boshqa odam sotib olishi yoki boshqa odamga o‘tib ketishi mumkin emas.
@MyGovUz | @eGovUz

💁🏻♂️Narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turish-turmaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibi
👨🏻⚕️Ushbu xizmat to‘liq optimallashtirildi. Avvalgidek bir necha kun yoki soatlab kutish yo‘q.
👉🏻 My.gov.uz orqali so‘rov yuborib, ma’lumotnomani avtomatlashgan tarzda oling.
✅ Vaqt va naqd tejami kuningizni to‘g‘ri taqsimlashga, xizmatning oson va qulayligi kayfiyat ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
📹 Videoyo‘riqnoma orqali ma’lumotnomani olish tartibi bilan tanishing:
https://youtu.be/58s4sdq4oE8

Narkologiya bo'yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to'g'risida ma'lumotnoma olish
https://my.gov.uz/oz/service/338
❗️OTMlarga qabul kvotalari e’lon qilindi
✍️ OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi.
📝 Qaror loyihasiga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun:
● bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga — 76 728 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;
● magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar;
● xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar kvota ajratiladi.
💁🏻♂️ Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15-iyundan 15-iyulga qadar bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘lovni amalga oshirish yanada osonlashdi❗️
✅ Endilikda my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.
📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.
💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

❗️Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
💁🏻♂️ Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun test sinovining yozma qismi 26-27-28-may kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-10-iyun (4-5-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.
📍 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
👨💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

☎️ Murojaat qilmoqchimisiz? 1242 raqamini tering!
👨🏻💻 My.gov.uzda call centre – 1242 ishga tushdi. Endi yurtdoshlarimiz haftaning 7 kunida 24 soat davomida operatorlarimiz bilan bog‘lanib, o‘z murojaatlarini yo‘llashlari mumkin!
💁🏻♂️ Hozirda:
🔴 9:00 dan 12:00 gacha, yana 15:00 dan 16:00 gacha 20 nafar operator tinimsiz bo‘lib turadigan qo‘ng‘iroqlarga javob berishmoqda.
🟡 12:00 dan 14:00 gacha va 18:00 da o‘rtacha holat kuzatilmoqda.
🟢 Kunning qolgan qismlarida esa hozircha qo‘ng‘iroqlar soni nisbatan kamroq.

Diqqat, e’lon❗️
⚙️Ichki ishlar vazirligining markaziy server qurilmalarida rejadan tashqari texnik ishlar olib borilayotganligi tufayli Vazirlikning axborot tizimlari, Yagona identifikatsiya tizimi
(id.egov.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz)ning ba’zi xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
🛠Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlari haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
💁🏻♂️Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

👩🏻💻 Kompyuter xaridi uchun kredit va kompensatsiya❗️
💁🏻♂️ Yagona portalda bu xizmatga talab yuqori bo‘lmoqda! Birgina may oyining 25 kuni davomida ushbu xizmatga 1743 ta murojaat yo‘llangan!
👏🏻My.gov.uz orqali «Million dasturchi» loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlar kompyuter xaridi uchun isteʼmol krediti ajratish va foiz toʼlovlarini kompensatsiya qilishga ariza yuborishlari mumkin.
👉🏻Buning uchun ikki tomonlama kompyuter oldi-sotdi shartnomasi nusxasi boʼlsa bas.
📑Аriza 3 kundan 5 ish kunigacha koʼrib chiqiladi.
📌Xizmatdan foydalanish yoʼriqnomasi: https://youtu.be/iQOazQ7P19w

"Million dasturchi": kompyuter xaridi uchun foizsiz kredit
My.gov.uz da yoshlar uchun qanday imkoniyatlar borligidan xabardormisiz?
Anonymous Poll
32%
Ha
68%
Yo'q
🏫 «Xayr, maktabim!»
🧑🏻🏫Bu yil respublikamizdagi maktablarning 11-sinfini jami 392,9 ming nafar o‘quvchi tamomlamoqda!
💁🏻♂️ Ular orasida siz ham bormisiz?
👨🏻💻 Unda yagona portalda (my.gov.uz) yoshlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan foydalaning!
📹 Quyidagi videodan batafsil ma’lumot oling. Bu nafaqat maktab bitiruvchilari, barcha yoshlar uchun foydali:

My.gov.uz da yoshlar uchun imkoniyatlar
Diqqat e'lon❗️
🛠Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 28-may soat 00:00 dan 29-may soat 23:59 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.
💁🏻♂️Profilaktika ishlari davomida my.gov.uz portalidagi soliq xizmatlari bilan bog'liq ayrim elektron davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
➖➖➖
Внимание, объявление❗️
🛠В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 00:00 часов 28 мая до 23:59 часов 29 мая текущего года в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.
💁🏻♂️Во время профилактических работ возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг на портале my.gov.uz.

📲 “OneID mobile” mobil ilovasi fuqaroning “raqamli mobil pasporti”ga aylanishi mumkin
📝 Ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish imkonini beruvchi “OneID mobile” mobil ilovasi yaratilishi mumkin va u fuqaroning “raqamli mobil pasporti”ga aylanadi.
✍️ Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
👨🏻💻 Axborot texnologiyalari vazirligi, Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahrida 2022-yil 15 iyuldan 2023-yil 1 dekabrga qadar tajriba tariqasida “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi negizida ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “OneID mobile” mobil ilovasini yaratishni ko‘zda tutuvchi “Fuqaroning raqamli mobil pasporti” loyihasini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
🔷 Shuningdek, qaror loyihasida belgilab qo‘yilishicha:
— davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari, tijorat yoki notijorat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar tomonidan tajriba o‘tkazish davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan talab etiladigan alohida turdagi ma’lumot va hujjatlar mobil ilova orqali elektron ko‘rinishda taqdim etilgan taqdirda ular qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi;
— mobil ilova orqali taqdim etiladigan alohida turdagi ma’lumot va hujjatlar ushbu mobil ilovada shakllantiriladigan QR-kod orqali tekshiriladi;
— O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjati (pasporti yoki O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiya kartasi) bo‘lgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar elektron hujjatlardan mobil ilova orqali foydalanish huquqiga ega;
— mobil ilovadan foydalanishda mobil trafik uchun to‘lov undirilmaydi.
✍️ Vazirlik tajriba natijalari asosida 2023-yil 15-dekabrga qadar ushbu loyihani boshqa sohalarda hamda respublikaning barcha hududlarida tatbiq etish, qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritadi hamda loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib boradi.
🔷 Toshkent shahrida 2022-yil 15-iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:
— jismoniy shaxslarga davlat va tijorat xizmatlari, shu jumladan bank, turistik, sug‘urta, mobil, mehmonxona hamda avia va temiryo‘l transporti xizmatlari ko‘rsatish jarayonida ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda nazarda tutilgan ma’lumot va hujjatlarni mobil ilova orqali taqdim etishga ruxsat etiladi;
— davlat va tijorat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda jismoniy shaxslardan mobil ilova orqali taqdim etilgan ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarning asl nusxalariga tengligini isbotlashni talab qilish taqiqlanadi.

👨🏻💻 Mavzuli so‘rovlar bo‘yicha arxiv ma’lumotnomalarini tezlashtirilgan tartibda oling
💁🏻♂️ Endilikda fuqarolarimiz arxiv ma’lumotlari (Mavzuli so‘rovlarni ijro etish) xizmatlarini my.gov.uz va uning mobil ilovasi orqali tezlashtirilgan tartibda olish imkoniyati ega.
🗓 Xizmat ko‘rsatish muddati 2 kun.
🔹 Faqat bunda to‘lov tartibi o‘zgaradi. Jumladan:
▪️Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) – 182 250 so‘m;
▪️Turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash – 182 250 so‘m;
▪️Mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish – 182 250 so‘m;
▪️Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish – 364500 so‘m.
👨🏻💻 Xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanilganda hech qanday hujjat talab etilmaydi va 10 foiz chegirma beriladi.
🌐 My.gov.uz – oson, tez va qulay!
@MyGovUz | @eGovUz
🔹 Quyida xizmat yo‘riqnomasi bilan tanishing: 👇

Arxiv ishi raqamlashtirildi
https://my.gov.uz/oz/service/517
📓 “Qora ro‘yxat”ga emas, “kredit tarixi”ga ishoning!
📰 Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan bank "qora ro‘yxati"ga tushganim uchun kredit berilmayapti...” degan mazmundagi murojaatlar uchrab turibdi.
💁🏻♂️ Mazkur holat yuzasidan Markaziy bank quyidagilar ma’lum qildi:
❌ Avvalo, aytib o‘tish kerak, bank tizimida “qora ro‘yxat” tushunchasi, umuman, kredit ajratilishi taqiqlangan fuqarolar bo‘yicha tuzilgan “maxsus ro‘yxat” yoki “ma’lumotlar bazasi” mavjud emas.
📓 “Qora ro‘yxat” tushunchasi yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmagan ayrim bank xodimlari tomonidan kredit arizasini ko‘rib chiqish jarayonida ilgari olingan yoki joriy krediti bo‘yicha to‘lovlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lagan fuqarolarga “qora ro‘yxatga tushib qolgansiz” deb izoh berishi (tushuntirishi) oqibatida vujudga kelmoqda.
💁🏻♂️ Ushbu holat aslida fuqaroning “kredit tarixi” ma’lumotlari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda undan barcha kredit beruvchi tashkilotlar fuqaroga kredit berishdan oldin foydalanishmoqda.
✅ Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz!
📑 Kredit tarixi – bu sizning kredit va qarzlaringiz haqidagi ma’lumot. Unda kreditlar qachon, qancha miqdorda va qayerdan olinganligi, keyin qanday qaytarilganligi va buni kim so‘ragani to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Bularning barchasi my.gov.uz ning kredit tarixi bo‘limida saqlanadi.
💁🏻♂️ Foydalanuvchilar uchun!
▪️Kredit tarixini ilk marta bepul olish mumkin. Pullik tartibi esa istalgancha.
▪️Kredit tarixida xatolar aniqlansa, ularni bank orqali tuzatish mumkin.
▪️Kredit tarixini nafaqat bank, balki sug‘urta kompaniyasi, notarius, sud yoki ish beruvchi fuqaro roziligi bilan tekshirishi mumkin.
▪️Kredit tarixingizni bilish uchun my.gov.uzda ro‘yxatdan o‘ting.
📹 Xizmatga doir videoyo‘riqnoma bilan tanishing: 👇

Кредит тарихини олиш
Эндиликда Ягона Портал Сизга илк фойдаланишда бепул бўлган кредит тарихи хизматини тақдим этади.
👨🏻💻 1-iyundan “Elektron hukumat”da qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
💁🏻♂️ 2022-yil 1-iyundan O‘zbekiston qonunchiligida kuchga kiradigan elektron hukumat doirasidagi ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tamiz.
📗 «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar OTMga kirish testlarida qatnashganlik uchun undiriladigan to‘lovdan ozod etiladi.
✍️ Prezident farmoniga muvofiq, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.
💁🏻♂️ Shuningdek, davlat xizmatidan foydalanishda undiriladigan to‘lovlarni Markazlarda joylashgan tijorat banklari shoxobchasidan amalga oshirganda ikki foizgacha bo‘lgan tijorat bankining komissiya summasi uchun alohida to‘lov undirilmaydi (bundan davlat boji to‘lovlari mustasno).
👨✈️ YIDXP orqali bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatishda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
✍️ Prezident farmoniga asosan 38 turdagi davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilganda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
🌐 Quyida my.gov.uz orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydigan xizmatlar ro‘yxati bilan tanishing:
📝 Хizmatlar ro‘yxati