Muhammadislom - AyTi Blog
1.43K subscribers
657 photos
52 videos
10 files
235 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Natijalar: @muhammadislom_results

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
Assalomu alaykum barchaga.

Yetkanizga shukur, menga ham nasib qilgan ekan ❤️‍🔥.

Sizlarga bundan zoʻrlari nasib qilsin 🤝.
❤‍🔥15🔥7👍3
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga, boshlangan hafta yaxshi ishlarga boshlasin.

Bugun barcha uchun foydali va qiziq boʻlgan, real loyihada foydalaniladigan refreshToken haqida post joylayman 🔥.

@Muhammadislom_Dev
🔥5👍2👏1
🛠 Refresh Token nima va u qanday ishlaydi?

📌 Refresh Token – bu foydalanuvchilarni xavfsiz va qulay tarzda tizimga kirgan holda saqlashga xizmat qiladi. Odatda, access token’lar qisqa muddatga amal qiladi, chunki ularning amal qilish muddati tugaganda, tizim foydalanuvchidan qayta login qilishni talab qiladi. Refresh token esa ushbu jarayonni avtomatlashtirish uchun ishlatiladi.

🎯 Refresh Token qanday ishlaydi?
1️⃣ Foydalanuvchi tizimga kirganida, server access token va refresh token yaratadi.
2️⃣ Access token qisqa muddatda amal qiladi (masalan, 15 daqiqa).
3️⃣ Amal muddati tugagandan so‘ng, mijoz (client) refresh token yordamida yangi access token so‘raydi.
4️⃣ Server refresh tokenni tekshiradi va agar hammasi joyida bo‘lsa, yangi access token beradi.

Refresh Token afzalliklari:
🛡 Xavfsizlik: Access tokenni qisqa muddatga cheklash xakerlik xavfini kamaytiradi.
Foydalanuvchi qulayligi: Foydalanuvchilar tizimga qayta-qayta login qilishdan qutuladi.
⚠️ Refresh Token’ni ishlatishda ehtiyot bo‘ling!
Refresh tokenni xavfsiz saqlash juda muhim. Brauzerda yoki frontendda saqlashdan ko‘ra, serverda saqlash ma’qulroq.
Refresh token amal qilish muddati chegaralangan bo‘lishi kerak.

@Muhammadislom_Dev
👍4🔥1
Muhammadislom - AyTi Blog
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga! Amaliyotda o'tiladigan mavzular ro'yhati va qo'shimcha real project ham qilib ko'rsatib beriladi, yuqoridagi postlarni ko'rsangiz batafsil to'xtalib o'tilgan. Bugun kechga link share qilaman va shu orqali qo'shilish…
Amaliyot bo'yicha hozirgina React query bo'yicha darsni o'tib berdim va amaliyot sifatida namuna ham ko'rsatib berdim.

Yaqinda bir loyiha boshlagandim nasib qilsa shuni React query orqali foydalanib qilaman. Agar qatnashuvchilar soni ko'p bo'lsa shuni realniy ko'rsatib qilaman ya'ni o'rgatib.
👍7🔥4
O'zgarish qilish qiyin emas,
O'zgarishni boshlash qiyin.

©️Abdukarim Mirzayev
👍6❤‍🔥4
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!

Oramizda dashboard ya'ni admin panel qilib ko'rganlar bormi, yoki qilishni o'rganmoqchi bo'lganlar bo'lsa ham. Agar qilganlar bo'lsa, qaysi qismlarini qilgan shu haqida qisqacha ta'riflab berilsa zo'r bo'lardi!
🔥7🎉1
Assalomu alaykum hayrli kun, Juma Ayyomlar bilan ❤️‍🔥.
❤‍🔥6👍2
Dasturchilar orasidagi xato va kamchiliklar.

Dasturchilar orasida ko'pchiligimiz bilamiz resume va portfolio yaxshi shakllanmaydi. Buni oqibatida rad javobi yoki umuman habar olmaydi topshirgan ish vakansiyalardan.

Bunday holatlar qanday bo'lishi mumkin!
Dasturchi resumeni har bir ish vakansiya uchun alohida yondashuv asosida o'zgartirish kerak, 3-4 oy oldin tayyorlagan resumeni yuborib bo'lmaydi!

Eng muhim qismi shundaki portfolio ham yaxshi bo'lmaydi, bu yangi boshlagan dasturchilarda uchraydi, ishga kirishim kerak deydi lekin na resume, na portfolio yaxshi bo'ladi.

Ish bu oddiy o'qish yoki kursga boradigan joy emas, siz haqiqatdan dasturlash sohasida ishlamoqchimisiz, uni hamma mayda elementlariga e'tibor berish kerak bo'ladi.

Dasturchilar orasida qo'rquv!
Ko'pchilikda ko'rganman bu holatni, o'zini tajribasi 1-1.5 yil bo'ladi. Vakansiyada 2-3 yil talab qiladi shunday holatlarda topshirmaydi ko'pchiligimiz shundaymiz. Meni tajribam yetmaydi deymiz. Aslida topshirib ko'raverish kerak, nasib qilsa o'xshaydi muhimi harakatni to'xtatmaslik kerak.

Resumega alohida e'tibor berish kerak, muhimi uni sodda va oson tayyorlash zarur. Imkon bo'lsa avval chiqqan vakansiyalarga qayta topshirib ko'raverish kerak.

Bularni barchasi o'zimni boshimdan o'tkan, men ham ish qidirganman, topshirganman rad javoblari olganman. Hozir ham olaman reject, muhimi to'xtamaslik kerak. Hech kim mukammal emas, kamchiliklarimizni o'z vaqtida to'g'rilashimiz kerak, ertaga kech bo'ladi!

Hammada shunday to'g'rimi fikrimga qo'shilasizlarmi?

@Muhammadislom_Dev
👍8💯2
Muhammadislom - AyTi Blog
Dasturchilar orasidagi xato va kamchiliklar. Dasturchilar orasida ko'pchiligimiz bilamiz resume va portfolio yaxshi shakllanmaydi. Buni oqibatida rad javobi yoki umuman habar olmaydi topshirgan ish vakansiyalardan. Bunday holatlar qanday bo'lishi mumkin!…
Assalomu alaykum hayrli obed barchaga!

Bu postni bekorga yozmagandim, nasib qilsa shu muammolarni hal qilish va yechim topish uchun yordam beraman. Yordam amaliy bo'ladi bu haqida batafsil to'xtalib o'taman.

Bugun interviewda tushadigan savollardan birini yuboraman.
👍1
2025-yilning 1 oyi yakuniga yetdi.

Bugun 1-fevral va yilning 1/12 oy qismi yakuniga yetdi. Bu vaqt ichida o'zim gymga borishni yo'lga qo'ydim va bir ishga invistitsiya kiritdim. Gymni foydasini 1 oy borgan bo'lsam ham sezilarli bilindi, uyqu va tetiklik tomonlama his qildim o'zimda.

Harakatdan to'xtamaslik kerak, o'xshamasa yana urinish kerak, zalga borganimda ham boshida og'riq bilindi, huddi buni dasturlashdagi birinchi qilgan loyiham bilan hozirgi qilayotgan loyihalarimizga taqqoslasak bo'ladi.


Muhimi harakat va to'xtamaslik.


Harakatlar o'z natijasini beradi, bilim va ko'nikmalar uchun investitsiyani ayamaslik kerak. Investitsiya qilindimi u uchun ham harakatni to'xtatmaslik lozim. Kimdirlar kursga to'lov qilib ba'zida boradi ba'zida esa yo'q.

Kechga o'zim reja qilayotkan amaliy loyiha haqida to'xtalib o'taman 🔥.

@Muhammadislom_Dev
🔥4👍1
Execution context

Execution context JavaScriptdagi bajariladigan code muhitidir. Execution context current scope, variablelar va funksiyalar haqida ma'lumotni o'z ichiga oladi. Har safar funksiya chaqirilganda yangi execution context yaratiladi.

Execution contextda 2 ta componentdan iborat.
1. Memory component 2. Code component

Execution context ikki bosqicha yordam beradi. Yaratiladi (Creation) va Bajarilishi (Execution).
Birinchi bosqichda, o'zgaruvchilar (variables) va funksiyalar (functions) larga xotirani ajratish.
Ikkinchi bosqichda, JavaScript code line by line asosida bajariladi va bunda xotiradagi o'zgaruvchilarni belgilaydi. Har bir chaqirilgan funksiya o'zining local execution contextini yaratadi.

Asosiy maqsadimiz foydalanishdan?
JavaScriptda execution contextdan foydalanishning asosiy maqsadi kodning qanday ishlashini tushunish va uni to'g'ri boshqarishdir.

Misol uchun:


var globalVar = "I am globalVAR";

function outerFunction() {
var outerVar = "I am outerVAR";

function innerFunction() {
var innerVar = "I am innerVAR";
console.log(globalVar); // "I am globalVAR"
console.log(outerVar); // "I am outerVAR"
console.log(innerVar); // "I am innerVAR"
}

innerFunction();
}

outerFunction();

Ishlashiga keladigan bo'lsak:
Global kontekstda globalVar o'zgaruvchisi yaratiladi.
outerFunction chaqirilganda, yangi funksiya bajarilish konteksti yaratiladi va outerVar o'zgaruvchisi shu kontekstda yaratiladi.
innerFunction chaqirilganda, yana yangi funksiya bajarilish konteksti yaratiladi va innerVar shu kontekstda yaratiladi.
Har bir kontekst o'zining 'scope chaini' ga ega bo'ladi va bu orqali o'zgaruvchilarni qidiradi.

Ushbu jarayon advance holatlarda ham line by line asosida amalga oshirilib ishlashda davom etadi.

Manba link va medium

Foydali bo'lsa share qilib yuboraverasizlar 😄.

Shu savol bo'yicha siz qanday tushunchaga egasiz, commentda qoldirishingiz mumkin!

@Muhammadislom_Dev
👍2🔥2👏1
Muhammadislom - AyTi Blog
Savollaringiz boʻlsa: https://t.iss.one/anonaskbot?start=0rxw6HWlNU_R4ah Soha boʻyicha va qoʻshimcha savollar boʻlsa javob beraman 🤝.
Shunday savol keldi!

Remote ish ham topsa bo'ladi bu ancha qiyinku lekin eplasa bo'ladi.

Remote ishlar uchun linkedin.com bundan foydalanish kerak. Ko'p kompaniyalarda intern ochiladi.

O'zini levelidan yuqori levelga chiqish.

Javascript bo'yicha nazariy bilimni yaxshilash kerak, bu ko'pchilikni nozik tomoni, xususan o'zim ham tayyorlanib turaman interview savollariga. Amaliy tomonlama murakabroq apilar bilan ishlash kerak.
Masalan:
Dashboard chartlar, auth, crud, drag and drop.

Meni fikrim shu qisqacha, linkedinga kirib topshirib ko'raverish kerak ishlarga.
🔥6
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!

Bugun rejadagi postlar: o'zim suhbatlarda yo'l qo'ygan xatolarim va interviewda tushadigan savollardan birini ko'ramiz.

Ungacha bittada reaksiya qoldirib turinglar hali asosiy yangilikni aytmadim 😌.

@Muhammadislom_Dev
👍10👏5🔥3❤‍🔥2
O'zim suhbatda qilgan xatolarim!

Birinchi topshirgan interview hali ham esimda AbuTech (2022-yil) kompaniyasining stajirovka uchun suhbat qilingandim. Suhbat to'satdan bo'lganligi sabab savollarga hotirjam va o'zimga ishonmagan holda yakunlangan suhbat. Kutilganidek reject bo'lgan.

O'zimni xotirjam his qila olmasdim suhbatlarda.

Bu holat nafaqat menda balki yangi boshlaganlarda ham uchrab turadi. Buni yo'qotishni yagona yo'li o'zingizdan leveli sal yuqori bo'lgan inson bilan suhbat qilish, communication skillini rivojlantirish kerak.

Communication dasturchilar uchun shartmi deyishiz mumkin.

Albatta juda muhim, sababi loyihadagi yechimni ya'ni o'zingizni fikringizni aniq va to'g'ri yetkazib berishiz kerak. Bu suhbatlarda ham yaxshi foyda keltiradi. Xayojon va qo'rquvni, o'zingizni sal bo'lsa-da bosib olishga yordam beradi.

Texnik suhbatga tayyorlanmaslik, bir joyda qotib qolish.

Texnik suhbatlarga doim tayyorlanib borish kerak nazariy tomonlama, code tomonlama siz zo'r bo'lishiz mumkin lekin uni nazariy jihatdan tushuntirib berolmasangiz befoyda. Interviewlarda ham dastlab nazariy tomonlama keyin amaliy tomonlama bo'ladi. Bir joyda qotib qolmaslik uchun doim takrorlab turish kerak. Bu men yo'l qo'ygan eng katta xatolardan biri.


Siz kabi men ham oddiy kursni tamomlab hozirda o'zimni ishimni topkan bir inson sifatida yozdim bu postni, kim uchundir foydali bo'lsa xursandman.

Kichik xatolarni to'g'rilashimiz kerak.



Foydali bo'lsa reaksiya bildirib qo'yasizlar, commentda fikringizni bemalol bildirishingiz mumkin xato va kamchiliklar bo'lsa uzr!

@Muhammadislom_Dev
👍9🔥4💯3
DOM va BOM nima?

📌 DOM (Document Object Model)

DOM - bu HTML hujjatining tuzilishini daraxt shaklida aks ettiruvchi model bo‘lib, JavaScript orqali sahifa elementlarini manipulyatsiya qilish imkonini beradi.


const button = document.querySelector('button');
button.addEventListener('click', () => {
document.body.style.backgroundColor = 'lightblue';
});


🌐 BOM (Browser Object Model)

BOM - bu brauzer muhitini boshqarish imkonini beruvchi obyektlar to‘plami bo‘lib, brauzer oynasi, URL, history, console, alert va boshqa API’lar bilan ishlashga yordam beradi.


console.log('Page width:', window.innerWidth);
if (confirm('Do you want to refresh the page?')) {
location.reload();
}


📌 Xulosa:

DOM – bu veb-sahifaning tarkibiy qismlari bilan ishlash.

BOM – bu brauzer bilan ishlash uchun ob’ektlar to‘plami.

Foydali bo'lsa share qilib qo'yasizlar bittadan reaksiya 🔥

@Muhammadislom_Dev
🔥7👍5👏1🏆1
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!
Hammani dasturida turli xil xatoliklar chiqadi bugun shuni qanday debug qilish haqida batafsil yozaman.

Ungacha sizlarga bir savolim bor, interviewda Event loop haqida so'rasa qanday javob berasizlar?

Keyin o'zimni javobimni yuboraman, aktiv bo'lib turinglar hay🙂.

@Muhammadislom_Dev
👍6🔥4👏1
Chatgpt yoki boshqa AI lardan nima maqsadda foydalanasiz?

Men ko'proq bir nechta tillardagi tarjima uchun foydalanyapman so'nggi paytlarda.

AI ishni ancha osonlashtiryapti so'ngg paytlarda.

Fikringizni commentda qoldiring men uchun qiziq albatta 😌.

@Muhammadislom_Dev
👍2🍾2🔥1
🔍 Dasturdagi muammolarni qanday debug qilish mumkin?

1️⃣ console.log() – Eng oddiy va tezkor usul
🛠 Qachon ishlatish kerak?

Kodning qaysidir joyigacha yetib borganini tekshirish uchun
O‘zgaruvchilarning qiymatini tekshirish uchun

2️⃣ debugger – Kuchli vosita
🔎 Qachon ishlatish kerak?

Murakkab muammolarni qadam-baqadam tahlil qilish uchun
Kod qanday ishlashini vizual ravishda tushunish uchun


function calculate(a, b) {
debugger; // Kod shu joyda to‘xtaydi
return a + b;
}
calculate(5, 10);


debugger ni kodga qo‘shing
Brauzerning Developer Tools (F12 yoki Ctrl + Shift + I) da Sources bo‘limidan kodni qadam-baqadam tekshiring.

O'zimga kelsam, xatoni to'g'rilash uchun, boshidan kelaman xatoni bartaraf etish uchun. Bir paytlari vscodeda amalni bajarib productiondan tekshirgan paytlarim ham bo'lgan 😄.

Sizlarda ham bo'lib turadimi, code editorda ishni bajarasiz uni natijasini productiondan ko'rmoqchi bo'lasiz.

Foydali bo'lsa bittadan reaksiya bilan yondirvoraylik😌.

@Muhammadislom_Dev
🔥31👍1🍾1
🎯 JavaScriptda Event Loop nima?

Event Loop – bu Call Stack, Callback Queue va Microtask Queueni boshqarib, kodning to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydigan mexanizmdir.

🔹 Event Loop qanday ishlaydi?
1️⃣ Call Stack (chaqiruv steki) – Funksiyalarni bajarish ketma-ketligi. Agar funksiya bajarilishi tugamasa, boshqa kodlar ishlamaydi.
2️⃣ Web APIs – setTimeout(), fetch(), DOM events kabi asinxron amallarni brauzer API orqali boshqaradi.
3️⃣ Callback Queue (Macrotasks) – setTimeout, setInterval kabi funksiyalar ishlaganda shu yerga tushadi.
4️⃣ Microtask Queue (Microtasks) – Promise.then(), queueMicrotask() kabi funksiyalar bu yerda kutadi.
5️⃣ Event Loop – Call Stack bo‘sh bo‘lsa, Callback Queue yoki Microtask Queue’dan kodlarni olib bajaradi.

Macrotask: setTimeout(), setInterval(), setImmediate() – Callback Queue orqali ishlaydi.
Microtask: Promise.then(), MutationObserver(), queueMicrotask() – Microtask Queue orqali ishlaydi.

Misol:
console.log("1️⃣ Start");

setTimeout(() => console.log("3️⃣ Timeout"), 0);

Promise.resolve().then(() => console.log("2️⃣ Promise"));

console.log("4️⃣ End");


🚀 Xulosa:
JavaScript asinxron kodlarni Event Loop orqali boshqaradi.
Microtasks (Promise.then()) doimo Macrotasks (setTimeout()) dan oldin ishlaydi.
Call Stack bo‘shagach, Event Loop navbatdagi kodni bajaradi.

📢 Sizni intervyuda Event Loop haqida qanday savollar qiynagan? Kommentda yozib qoldiring fikr almashamiz!

@Muhammadislom_Dev
🔥4👏2👍1