Muhammadislom - AyTi Blog
1.42K subscribers
657 photos
52 videos
10 files
235 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Natijalar: @muhammadislom_results

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
Assalomu alaykum hayrli kech barchaga.

Amaliyot plani haqida qisqacha mazmunda tushuntirib o'taman. Bu kimlar uchun kerak va bu orqali nima bilim ko'nikma olishiz mumkin.

🚩 Api bilan ishlashni o'rganishni yaqinda boshlaganlar uchun.
🚩 State managementlar bilan ishlashni bilmaydiganlar yoki o'rganmoqchi bo'lganlar uchun.
🚩 Socket va Websocket nima deganda bilmayman deb javob beruvchilar uchun.

Bularni barchasi live dars va real project qilib ko'rsatib beriladi, faqat sizlardan bir yordam buni ko'pchilik uchun qilmoqchiman. Shu sabab share qilishga yordam berib yuborasizlar 🤝.

Bu sanab o'tganlarim orasida hali ish jarayonidagi voqealar, ishga topshirishdagi yo'l-yo'riqlar va boshqa ko'nikmalarni ham jamlab oladi. Nasib dushanba kuni e'lon qilaman.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥41
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!

Yakshanba kuni zoʻr boʻlarkan gymda odam kam juda, 10 ga yaqin kelgandim 1.5 soat zoʻr boʻldi 😮‍💨.
👍5🔥21🍓1
Type coercion va type conversion bularning farqi nima?

Type Coercion — bu JavaScript tomonidan avtomatik ravishda bir turdagi ma'lumotni boshqa turga o'zgartirish jarayonidir. Bu jarayon foydalanuvchining aralashuvisiz sodir bo'ladi.

Masalan:
console.log('5' - 2); // 3
console.log('5' + 2); // '52'
console.log(true + 1); // 2
console.log('10' == 10); // true


Type Conversion — bu dasturchi tomonidan code orqali qo'lda amalga oshiriladigan jarayon bo'lib, ma'lumot turini biridan boshqasiga o'zgartiradi. Bu jarayonni bajarish uchun maxsus funksiyalar yoki operatorlar qo'llaniladi.

Masalan:
console.log(Number('5')); // 5
console.log(String(123)); // '123'
console.log(Boolean(0)); // false
console.log(parseInt('42px')); // 42


🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1🍓1
Muhammadislom - AyTi Blog
Men boshlamoqchi bo'lgan amaliyotni planini tuzishni boshladim. Bu faqatgina dars bo'lib qolmaydi real project bilan amaliyot ham bo'ladi 🔥. Bu ko'pchilik uchun foydali bo'ladi va albatta bu bepul bo'ladi. Faqat post va maqola yozmay amaliy ham qilaylik 🙂.…
Ertaga bu amaliyot bo'yicha e'lon beraman, qabul qilish soni chegaralangan bo'ladi bepul bo'lsa ham. Video dars va real loyihada amaliyot bo'ladi, ikkisini ham o'zim olib boraman.
🔥10👍2🍓2🎉1👨‍💻1
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!

Amaliyotda o'tiladigan mavzular ro'yhati va qo'shimcha real project ham qilib ko'rsatib beriladi, yuqoridagi postlarni ko'rsangiz batafsil to'xtalib o'tilgan.

Bugun kechga link share qilaman va shu orqali qo'shilish mumkin bo'ladi. Faqat tanishlar bo'lsa share qilib qo'yasizlar 🔥.

Barchasi bepul!


🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3👨‍💻1
Xayrli kech barchaga ushbu havola orqali qoʻshilish soʻrovini yuborishingiz mumkin. Bu bepul boʻladi lekin siz olayotgan bilim va koʻnikmani kursda oʻrgatmaydi shu sabab harakat qilaman va oʻrganaman deganlar uchun.

Qoʻshilish uchun: https://t.iss.one/+7aSrLqGMmlsxZjgy

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3
Muhammadislom - AyTi Blog
Xayrli kech barchaga ushbu havola orqali qoʻshilish soʻrovini yuborishingiz mumkin. Bu bepul boʻladi lekin siz olayotgan bilim va koʻnikmani kursda oʻrgatmaydi shu sabab harakat qilaman va oʻrganaman deganlar uchun. Qoʻshilish uchun: https://t.iss.one/+7aSrLqGMmlsxZjgy…
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!
Ertaga 1-darsni Frontend Amaliyot bo'yicha boshlaymiz qo'shilib ulgurmaganlar bo'lsa hali ham ochiq.

Bugun HTTP va Closure mavzulari bo'yicha 2 ta post joylayman, yangi qo'shilganlar uchun joylar yetadi hammaga 🙂.

Yaqin kunlarda o'zim uchun qo'shimcha bir ishni o'rganishni ham boshlayapman, bu haqida keyinroq yozaman. Bu ish qo'shimcha va kelgusida manfaatli loyihalar qilishga yordam beradi.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3🏆1
JavaScriptda HTTP so'rovlarni yuborish: Boshlang'ich qo'llanma 🌐

Bugungi kunda veb-ilovalar asosan server bilan muloqot qilish orqali ma'lumotlarni olish yoki yuborishga asoslangan. JavaScriptda HTTP so'rovlarni yuborish uchun turli usullar mavjud. Quyida ulardan eng mashhurlarini ko'rib chiqamiz:

🚩 Fetch API
Fetch API - hamma foydalaniladigan qulay usul. U asinxron so'rovlarni oddiy va tushunarli yozish imkonini beradi.
Xususiyatlari:

• Asinxron ishlash (Promises asosida).
• JSON bilan ishlash qulay.
• HTTP metodlar: GET, POST va boshqalar.

🚩 Axios
Axios - bu HTTP so‘rovlarni yuborish uchun kuchli va moslashuvchan kutubxona.

Afzalliklari:

• Avtomatik JSON konvertatsiyasi.
• Interceptor yordamida so'rovlar va javoblarni boshqarish.
• Node.js va brauzerda ishlash.

🚩 XMLHttpRequest (Eski usul)
Fetch va Axios paydo bo'lishidan oldin eng keng tarqalgan usul edi.

const xhr = new XMLHttpRequest();
xhr.open('GET', 'https://api.example.com/data');
xhr.onload = () => {
if (xhr.status === 200) {
console.log(JSON.parse(xhr.responseText));
} else {
console.error('Xato:', xhr.statusText);
}
};
xhr.send();


Kamchiliklari:

• Kod ko'proq va murakkabroq.
• Promises yoki async/await yo'q.

Foydali bo'lsa bittadan reaksiya sizlardan 🔥

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍32🥱1
Assalomu alaykum hayrli kun, Juma Ayyomlar bilan ❤️‍🔥.

Bugun Danning-Kryuger effekti shu haqida post yuboraman, buni bizga qanday foydasi borligini batafsil yoritib beraman.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4❤‍🔥1🐳1
Aql boshda ham, yoshda ham emas: Danning-Kryuger effekti

Odatda tajribasiz odamlar o‘z qobiliyatlariga ortiqcha baho berib yuborishadi. Tajribali shaxslarga esa o‘z imkoniyatlariga aslidagidan pastroq baho berish xosdir. Psixologiyada bu holat Danning-Kryuger effekti deb nomlanadi.

Tajribasizlik va bir vaqtning o‘zida aqlsizlik u yoki bu sohaning asoslarini bilmaslikdan kelib chiqadi. Oddiy misol. Stol tennisida o‘ynash uchun sharikni urish kerakligini bilamiz. Lekin uni qay tarzda, qanday pozitsiyada, qachon, qanday zarb bilan urish asoslaridan bexabarligimiz – tajribasizligimiz bu o‘yinda pand beradi.

Agar buni dasturlash tomonlama qarasak, hammamiz interviewga kirganmiz. Interviewda ko'pchilik panikaga tushib qoladi huddi bilgan narsasini ham yaxshi tushuntirib berolmaydi. Yoki men bilaman, qila olaman deydi ba'zilar, real loyihada esa qanday qilishni bilmasdan o'tiradi.

Qisqacha mazmuni shunday, aslida ko'p narsa hodisalar bu bizning psixologiyamizga bog'liq. Ozgina fikrlab, o'zimizni tartib olsak hammasi bir chekadan bo'ladi.

Foydali bo'lsa bittadan reaksiya sizlardan 🤝.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥4🌚21
Assalomu alaykum hayrli obed barchaga.

67-avtobusdagi akani ayoli tashlab ketkan shekilli, Yagzon eshitib ketyapti 😄.
😁12❤‍🔥2
Universitetning hayotdagi o'rni!

Hayrli kech barchaga, umumiy mavzudan tashqariga biroz chiqmoqchiman. Muloqot qilish uchun sizlar bilan.

Bu yerdagilarni ko'pchiligi universitetda o'qiydi yoki bitirganlar ham bor. Universitet men uchun tanishlar orttirish, qanday insonlar bilan muloqot qilishim kerakligi va eng asosiysi muloqot ko'nikmasini oldim.

Universitetga kirmaganimda kim bo'lardim?
Bu haqida oldin o'ylab ko'rmagan ekanman to'g'risi, chunki o'qishga kirish uchun 3 yilga yaqin tayyorlanganman. Maktab paytida ham eng oldi o'quvchi edim 😄. Meni fikrimcha Rossiyaga ishlash uchun ketkan bo'lardim.

Qisqa mazmunda yozdim bu postni uzun bo'lmasligi uchun. Sizlarga esa savol, universitet siz uchun nima berdi, agar bu yerga kirmaganizda kim bo'lardingiz?

Javobingizni commentda kutaman 🙂.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Assalomu alaykum barchaga.

Yetkanizga shukur, menga ham nasib qilgan ekan ❤️‍🔥.

Sizlarga bundan zoʻrlari nasib qilsin 🤝.
❤‍🔥15🔥7👍3
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga, boshlangan hafta yaxshi ishlarga boshlasin.

Bugun barcha uchun foydali va qiziq boʻlgan, real loyihada foydalaniladigan refreshToken haqida post joylayman 🔥.

@Muhammadislom_Dev
🔥5👍2👏1
🛠 Refresh Token nima va u qanday ishlaydi?

📌 Refresh Token – bu foydalanuvchilarni xavfsiz va qulay tarzda tizimga kirgan holda saqlashga xizmat qiladi. Odatda, access token’lar qisqa muddatga amal qiladi, chunki ularning amal qilish muddati tugaganda, tizim foydalanuvchidan qayta login qilishni talab qiladi. Refresh token esa ushbu jarayonni avtomatlashtirish uchun ishlatiladi.

🎯 Refresh Token qanday ishlaydi?
1️⃣ Foydalanuvchi tizimga kirganida, server access token va refresh token yaratadi.
2️⃣ Access token qisqa muddatda amal qiladi (masalan, 15 daqiqa).
3️⃣ Amal muddati tugagandan so‘ng, mijoz (client) refresh token yordamida yangi access token so‘raydi.
4️⃣ Server refresh tokenni tekshiradi va agar hammasi joyida bo‘lsa, yangi access token beradi.

Refresh Token afzalliklari:
🛡 Xavfsizlik: Access tokenni qisqa muddatga cheklash xakerlik xavfini kamaytiradi.
Foydalanuvchi qulayligi: Foydalanuvchilar tizimga qayta-qayta login qilishdan qutuladi.
⚠️ Refresh Token’ni ishlatishda ehtiyot bo‘ling!
Refresh tokenni xavfsiz saqlash juda muhim. Brauzerda yoki frontendda saqlashdan ko‘ra, serverda saqlash ma’qulroq.
Refresh token amal qilish muddati chegaralangan bo‘lishi kerak.

@Muhammadislom_Dev
👍4🔥1
Muhammadislom - AyTi Blog
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga! Amaliyotda o'tiladigan mavzular ro'yhati va qo'shimcha real project ham qilib ko'rsatib beriladi, yuqoridagi postlarni ko'rsangiz batafsil to'xtalib o'tilgan. Bugun kechga link share qilaman va shu orqali qo'shilish…
Amaliyot bo'yicha hozirgina React query bo'yicha darsni o'tib berdim va amaliyot sifatida namuna ham ko'rsatib berdim.

Yaqinda bir loyiha boshlagandim nasib qilsa shuni React query orqali foydalanib qilaman. Agar qatnashuvchilar soni ko'p bo'lsa shuni realniy ko'rsatib qilaman ya'ni o'rgatib.
👍7🔥4
O'zgarish qilish qiyin emas,
O'zgarishni boshlash qiyin.

©️Abdukarim Mirzayev
👍6❤‍🔥4
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!

Oramizda dashboard ya'ni admin panel qilib ko'rganlar bormi, yoki qilishni o'rganmoqchi bo'lganlar bo'lsa ham. Agar qilganlar bo'lsa, qaysi qismlarini qilgan shu haqida qisqacha ta'riflab berilsa zo'r bo'lardi!
🔥7🎉1
Assalomu alaykum hayrli kun, Juma Ayyomlar bilan ❤️‍🔥.
❤‍🔥6👍2