Muhammadislom - AyTi Blog
1.42K subscribers
655 photos
51 videos
10 files
234 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Natijalar: @muhammadislom_results

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
Muhammadislom - AyTi Blog
Hozir chiqyapman deb 1 soatda chiqadiganlardan boshqa hammaga Assalomu alaykum hayrli kun, bu hafta nasib qilsa gymni boshlayman va Interviewda tushadigan mavzular bo'yicha postlarni share qilaman 🔥.
JS Functions 🔥

Ushbu mavzu har bir interviewda so'ralgan savollardan biri. Umumiy funksiya mavzusi bo'yicha yangi ishga topshiruvchilar shunda ko'rsatilgandek javob bersa bo'ladi.

Batafsil: https://teletype.in/@muhammadislom/cB2QOnYsBtj

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2
Assalomu alaykum hayrli kun hammaga, yaqin kunlarda kichik freelance asosidagi loyihalarni yakunlayman. Shu sabab nasib kichik bir guruh tashkillashtirmoqchiman. Guruhda oʻzim qilgan loyihani koʻrsatib beraman.

Bu haqida batafsil alohida elon qilaman. Bugun koʻpchilik uchun real loyihada foydalanadigan "State management" mavzusida post joylanadi 🤝.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1
Muhammadislom - AyTi Blog
Assalomu alaykum hayrli kun hammaga, yaqin kunlarda kichik freelance asosidagi loyihalarni yakunlayman. Shu sabab nasib kichik bir guruh tashkillashtirmoqchiman. Guruhda oʻzim qilgan loyihani koʻrsatib beraman. Bu haqida batafsil alohida elon qilaman. Bugun…
🔍 React Query nima?

React Query – bu React dasturlarimizda ma'lumotlarni olish, kesh qilish, sinxronizatsiya va boshqa ko'plab jarayonlarni osonlashtiruvchi kutubxona. Bu kutubxona server holatini boshqarishni oddiy va samarali qiladigan bir qator hook va utilitalarni taqdim etadi.

🚀 Nima uchun React Querydan foydalanish kerak?

Samarali ma'lumotlar listini olish: React Query ma'lumotlarni olishning murakkabliklarini yashiradi. Kesh qilish, fon yangilanishlari va qayta ma'lumotlarni olishni avtomatik ravishda boshqaradi.

Avtomatik kesh qilish: React Query so'rovlaringizni kesh qiladi va eski ma'lumotlarni aqlli tarzda yangilaydi.

Sinxronizatsiya: Ma'lumotlaringizni bir nechta komponentlar orasida muammosiz sinxronlashtiradi.

💡 Asosiy xususiyatlar

So'rovlar (Queries): useQuery yordamida ma'lumotlarni oling va ularni server bilan sinxronlashtiring.
Create, Update, Delete: useMutation yordamida serverdagi ma'lumotlarni o'zgartiring.

State management uchun avval yozilgan postlardan biri bugun batafsilroq toʻxtalib oʻtaman.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
Muhammadislom - AyTi Blog
Assalomu alaykum hayrli kun hammaga, yaqin kunlarda kichik freelance asosidagi loyihalarni yakunlayman. Shu sabab nasib kichik bir guruh tashkillashtirmoqchiman. Guruhda oʻzim qilgan loyihani koʻrsatib beraman. Bu haqida batafsil alohida elon qilaman. Bugun…
State management bo'yicha kichik bir postni tayyorladim, yakunda o'zim real loyihada foydalanib keladigan Funksiya ham misol sifatida ko'rsatib o'tdim.

Batafsil: https://teletype.in/@muhammadislom/D-uWBZxBL0n

Xato va kamchiliklar bo'lsa uzr so'rayman!

O'zingizni fikrizi bildirishingiz mumkin savollar bo'lsa ushbu mavzu bo'yicha comment ochiq 🙂

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21🐳1
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga, bu yerga yangi kelayotkanlar hammaga joy yetadi 😄.

Pinga qadalgan postlar ro'yhatini ko'rishingiz mumkin, bugun ham nasib qilsa yangi postlardan share qilaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😁2
Vazn: 60kg
Boʻy: 1.75 atrofi
Ikkinchi kungini ham bajardim nasib 2-3 oyda natija qilaman 🔥

📌 Kechga 2 ta post tayyorlab qoʻyganman, bittasi interviewda uchraydigan holatlardan, ikkinchisi oʻzim qilgan xatolar haqida.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡 Dasturchilar orasida Interviewda uchraydigan xatolar
Interview jarayoni – bu nafaqat o‘z bilimlaringizni ko‘rsatish, balki o‘z fikrlaringizni aniq va mantiqiy tarzda yetkazish imkoniyatidir. Ko‘pincha quyidagi xatolar bu imkoniyatni cheklab qo‘yishi mumkin:

1. Savolni to‘liq tushunmaslik
Intervyuer bergan savolni to‘liq tushunmasdan javob berishga shoshilish xato. Bu, ayniqsa, texnik savollarda ko‘p uchraydi.
Tavsiya: Savolni tushunmasangiz, qo‘shimcha savollar bering yoki aniqlik kiriting. Bu sizning mantiqiy yondashishingizni ko‘rsatadi.

2. Tajriba va bilimingizni oshirib ko‘rsatish
O‘zlashtirilmagan texnologiyalar yoki ish tajribasi haqida yolg‘on gapirish intervyu davomida ma’lum bo‘lishi mumkin.
Tavsiya: Faoliyat doirangizdagi narsalarni ochiq ayting va o‘rganishga qiziqishingizni ko‘rsating.

3. Kod yozishda asosiy xatolarga yo‘l qo‘yish
Texnik topshiriqni bajarishda oddiy xatolar (masalan, noto‘g‘ri sintaksis yoki e’tiborsiz xatolar) kamchilik sifatida ko‘riladi.
Tavsiya: Kod yozishdan oldin vazifani rejalashtiring va yechimingizni bosqichma-bosqich tushuntiring.

4. Soft Skills’ga e’tibor bermaslik
Texnik bilimlar muhim, lekin intervyuerlar muloqot qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ham katta e’tibor berishadi.
Tavsiya: O‘z tajribangizni nafaqat texnik, balki insoniy jihatlarini ham gapiring – muammolarni hal qilish, hamkorlik va yetakchilikka misollar keltiring.

5. Oldindan tayyorgarlik ko‘rmaslik
Kompaniya haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaslik yoki intervyu savollariga tayyor emaslik professional ko‘rinmasligi mumkin.
Tavsiya: Kompaniya va uning texnologiyalarini o‘rganing, shuningdek, keng tarqalgan interview savollarini ko‘rib chiqing.

Interviewdagi eng muhim ko'nikmalardan biri communication (muloqot) skill, bu asosan chet kompaniyalarga topshirganda manager va hr suhbatlarida bo'ladi.

Bitta olov 🔥 bosishli joyi lekin 🙂.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2👨‍💻1
Yangi ishni boshlaganimda o'zim qilgan xatoliklar

Dasturlash sohasida yangi ishni boshlash – qiziqarli, lekin murakkab jarayon. Ba’zi xatolar esa tajriba orttirish davomida tez-tez uchrab turadi. Ko'pchilik dasturchilar yangi ishni boshlaganida ishga moslashish, loyihani olib borishdagi kabi qiyinchiiklarga duch keladi, shaxsan o'zimda ham bunday holatlar juda ko'p bo'lgan.
Ular haqida birma-bir sanab o'taman 😌.

1. Hamma narsani o‘zim qilishim kerak deb o‘ylash
Ko‘p hollarda yangi dasturchilar yordam so‘rashdan uyaladi yoki mustaqil ravishda barcha muammolarni hal qilishga harakat qiladi. Bu vaqtni yo‘qotishga olib keladi.
Tavsiya: Jamoaviy ishlashni o‘rganishni tavsiya qilaman, bunda siz kurs yoki kichik team asosida o'rganishiz mumkin. Savollar berish va maslahat olish – rivojlanishning bir qismi.

2. Kod yozishga shoshilish, loyihani tushunmaslik
Loyihaning maqsadi va strukturasi bilan tanishmasdan kod yozishga o‘tish dasturda muammolar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
Tavsiya: Loyihaning talablari, arxitekturasi va jamoa qo‘llanmalari bilan yaxshilab tanishing.

3. Kod sifatiga emas, faqat ishlashiga e’tibor berish
Yangi dasturchilar ko‘pincha muammoni imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qiladi, lekin kod sifatiga e’tibor bermaydi.
Tavsiya: Toza, o‘qilishi oson va kengaytirishga qulay kod yozishga harakat qiling.

4. Jamoaning ish jarayoniga moslashmaslik
Yangi ishchi ko‘pincha o‘z uslubida ishlashni davom ettiradi va jamoaning standartlariga moslashmaydi.
Tavsiya: Jamoaning qoidalariga rioya qiling va ish jarayoniga moslashishga harakat qiling.

5. O‘rganishni to‘xtatish
Yangi ishni boshlagandan keyin o‘rganishga vaqt ajratmaslik uzoq muddatda rivojlanishingizni sekinlashtiradi.
Tavsiya: Texnologiyalar va yangi dasturlash tillarini o‘rganishda davom eting.

Ko'pchilik inkor etolmaydi bularni, hamma sohada bu xatoliklarni qilish mumkin 😅.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2💯1
Toshkentda quyosh ertalabdan uyalmasdan sovuqqina so'kyapti 😊

Assalomu alaykum hayrli kun, oʻzim yozgan postlar roʻyhati pinga qadalgan ularni koʻrib turinglar.

Bugun ham qiziqarli mavzular boʻyicha share qilaman 🔥.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2🎉1
Sizning Frontend sohasida tajribangiz qancha? (Bu video dars tayyorlash uchun o'tkazilyapti!)
Anonymous Poll
58%
0-1 yil
19%
1-2 yil
12%
2+ yil
12%
Boshqa sohadaman
👏4
Muhammadislom - AyTi Blog
Sizning Frontend sohasida tajribangiz qancha? (Bu video dars tayyorlash uchun o'tkazilyapti!)
Xayrli kech barchaga, Frontend boʻyicha oʻzingiz qiynalgan mavzular boʻyicha ushbu post commentiga yozishingiz mumkin.

Faqat iltimos umumiy kengroq mavzular boʻyicha. Bu video dars tashkil qilish uchun.
Assalomu alaykum hayrli kun, Juma Ayyomlari Muborak boʻlsin.
❤‍🔥2🔥2🍓2
ITdagi birinchi ish va daromad ushbu mavzuda oldin yozgan postlarimdan biri, bu koʻpchilik uchun ishga topshirganda eʼtibor berishi kerak boʻlgan joylari haqida yozilgan.
👍3💯2👏1
Qoʻlidagi soatga qarab, qaytadan telefonidan soat koʻradiganlardan tashqari barchaga hayrli kun 🙂
😁4👏2
instagram.com saytiga kirishni kompyuterimdan cheklab qo'ydim, o'zim xohlasam ham kirmayman. Ko'pchiligimizda har kuni bo'sh vaqt bo'ladi, menda ba'zida ko'p vaqt bo'lib ketsa, reels ko'rib qo'yardim 😁.

Shuni oldini olish uchun kompyuterimdan ham endi kirolmayman. Telefonim orqali 1.5 yildan buyon o'zi foydalanmiman.

Siz instagramda qancha vaqtizi sarflaysiz bir kunda o'rtacha?
👍1
Menga o'xshab yakuniyga 1 kun qolganda tayyorlanadigan barchaga Assalomu alaykum.

Bugun interviewda ko'p marotaba so'raladigan savollardan biriga javob posti tayyorlayapman. Share qilaman tugashi bilan ungacha bittadan reaksiya bosvoradigan joyi 🙂.

@Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥32😁1💯1
Map, Set, WeakMap, WeakSet nima?
Ushbu savolni suhbatda doimiy beriladigan savollardan biri.

➡️ Bunday postlarni yozishdan oldin o'zim ham dastlab video darslik va dokumentatsiya orqali keyin yozaman.

➡️ Interviewga doim tayyorlanib o'zini ustida ishlash kerak har bir soha vakili. Keyin o'sish bo'ladi bitta joyda qotib qolish bu juda yomon. O'zimda ham shunday holat bo'lgan oldin, lekin hozir doimiy ravishda tayyorlanaman, garchi ishga topshirmasam ham.

Batafsil: https://teletype.in/@muhammadislom/XPnaG3pHT1w

Pavel Durov reaksiya bosishni pullik qilmagan 🙂

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
Shu yerga xizmat koʻrsatganlarni tabriklayman 😄.

Tabriklarni mayli qabul qilaman
😁8