Muhammadislom - AyTi Blog
1.43K subscribers
654 photos
51 videos
10 files
234 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Natijalar: @muhammadislom_results

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
G'oliblarni tabriklayman nasib ular bilan bog'lanib hadyani o'z egasiga topshiraman 🤝. Hamma ishtirokchilarga rahmat nasib kelasi safar yana shunday tashkil qilaman.

Oʻzim bogʻlanaman g'olib inson bilan.
❤‍🔥5👍21🐳1
🎯 Loyiha boshqaruvi: Ishonchli natijalarga olib boruvchi kalit!

Bugungi IT olamida loyiha boshqaruvi (Project Management) faqat jarayonlarni nazorat qilish emas, balki jamoani muvaffaqiyatli maqsadga yo‘naltirish san’ati hisoblanadi. Bu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi jihatlar muhim:

1️⃣ Aniq maqsad va reja
Har bir loyiha o‘zining o‘ziga xos maqsadiga ega. Shu maqsadni to‘g‘ri belgilash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun reja tuzish muhimdir.

2️⃣ Jamoa bilan samarali aloqa
Loyiha boshqaruvchisi jamoa a’zolari bilan doimiy va ochiq muloqotda bo‘lishi kerak. Bu nafaqat muammolarni hal qilish, balki jamoani ilhomlantirishga ham yordam beradi.

3️⃣ Vaqtni to‘g‘ri boshqarish
Taym-menejment loyiha muvaffaqiyatining 50 foizidir. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va muhim bosqichlarga o‘z vaqtida yetib borish uchun belgilangan jadvalga amal qilish kerak.

4️⃣ Risklarni oldindan baholash
Barcha loyihalar muammolardan xoli emas. Ammo yaxshi boshqaruvchi muammolarni oldindan ko‘ra oladi va ularga yechim topishga tayyor bo‘ladi.

5️⃣ Doimiy o‘sish
Loyiha davomida o‘rganilgan har bir saboq kelajakdagi muvaffaqiyat uchun zamin yaratadi. Xatolardan qo‘rqmaslik, ulardan to'g'ri foydalanish kerak!

🔑 Project Management — bu faqat vazifalarni bajarish emas, balki jamoa bilan birgalikda natijaga erishish yo‘lidagi yo‘l-yo‘riqdir.

Shu bo'yicha kimdir o'qimoqchi bo'lsa shu kursni tavsiya qilaman.

@Muhammadislom_Dev
1🔥1
IT (aytishnik) degani hamma narsani bilishi kerak, kompyuter projectorga ulanmasa ham, kimnidir kompyuteriga zoom install qilib berishi kerak, xullas hamma ishni qilolishi kerak 😊.
🤣41😐1
1-yanvardan boshlayman deganlarga yuborib qoʻyamiz 😄
🐳21💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sparklens - ko'plab UI/UX dizaynerlarning ishlab chiqqan portfoliolari jamlangan.
Kirib o'zingiz uchun yangi dizaynlarni olishingiz mumkin idea kerak bo'lib qolganda.

Bu saytni o'zim qilganman freelance asosida😌.
Loyihaning founderi o'zimning ishdagi hamkasbim.

Yoqqan bo'lsa like va repost qilib yuborolasizlar.

Saytga kirib ko'rishingiz mumkin - sparklens.xyz

@Muhammadislom_Dev
👍51🐳1
Rossiya kompaniyalari kadrlar taqchilligini to‘ldirish uchun Hindistondan dasturchilarni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Hozirda bir nechta kompaniyalar Hindistondan yangi xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va olib kelish bo‘yicha yordam ko‘rsatadigan agentliklarni faol qidirmoqda.

Rossiyada hindistonlik aytishniklarga bo‘lgan talab misli ko‘rilmagan darajada - hindistonliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni 68 foizga, taklifnomalar soni esa 62 foizga oshdi.
1
Onlayn kurslarda ta'lim olayotganlar uchun tavsiyalar

- O'rganishingiz sifatli bo'lishi uchun reja tuzib oling

- Intizomli va izchil bo'ling, muntazamlikga amal qiling

- Maxsus xona yoki joyga ega bo'ling, sizni diqqatingiz buzilmasligi uchun o'zingizga maxsus xona tayyorlab olishga harakat qiling

- Ishonchli va cheksiz internetga ega bo'ling, bu sizni ta'lim olishingizda ko'makdosh bo'ladi

- O'zingizni ta'lim strategiyalaringizga amal qiling

- Eslatmalar va o'z fikrlaringizni aniq bir joyda bayon etib boring

- Onlayn darsda faol bo'ling va vazifalarni ortig'i bilan bajaring

- Ijtimoiy muhit yaratishga harakat qiling, aynan mos auditoriya bilan savol javoblar o'tkazing va o'z bilimlaringiz rivojlantirib boring

- Ko'zingizni charchatmaslik va bazi muammolar bo'lmasligi uchun tez tez qisqa tanaffuslar qiling,

- Sog'lom va eng muhimi g'ayratli bo'ling, o'z o'rganayotgan yo'nalishingizni seving

from: Suhrob Abduaxatov

@Muhammadislom_Dev
👏31
Assalomu alaykum, 2-3 kun active boʻlib koʻrinmadim. Shu vaqtda shu kitobni tugatib keldim 🙂. Kitobni oʻqishni tavsiya qilaman har bir yoshidan qatʼiy nazar barchaga.

Kitob orqali "Faqat shukur qilishni oʻrganish mumkin, har qanday holatga tushganda ham ".

Kitob haqida batafsil keyinroq yozaman ungacha sizlardan bitta reaksiya 😄.

@Muhammadislom_Dev
❤‍🔥3👍2🔥21💯1🤣1
Menga oʻxshab metroda yurishga erinadiganlar uchun Ming oʻrikdan Oybekga oʻtish uchun eskalator qoʻyish kerak.
😁5
JavaScript orqali qurilmaning quvvati qancha qolganini va holatini bilishimiz mumkin quyidagi code orqali.

P.S: navigator obyekti orqali boshqa ko'plab amallarni qilish mumkin

Bu yerda level: 0.35 bu zaryad miqdorini ko'rsatib o'tkan. Meniki kompyuterda 35% edi.

#JavaScript

navigator.getBattery().then(battery => console.log(battery))


@Muhammadislom_Dev
👍2🔥2
Muhammadislom - AyTi Blog
JavaScript_The_Definitive_Guide_Master_The_Worlds_Most_Used_Programming.pdf
JavaScript bo'yicha nazariy bilimni yaxshilash maqsadida ushbu kitobni o'qishni boshlagan edim. Hozirga kelib 3 ta qism yakunlandi, nasib qilsa shanba/yakshanba kunlari yana bir qismni yakunlab yubormoqchiman.

Bu bo'yicha o'zbek tilida o'qib borganlarimni kichik bir qo'llanma sifatida yozib ketmoqchiman o'zim uchun har bir bo'limni yakunlaganimdan so'ng uni yuboraman.

@Muhammadislom_Dev
Zamonaviy dunyoda vaqtni boshqarishning ahamiyati
Har bir insonda bir kunda bor-yo‘g‘i 24 soat bor, lekin ba’zilar bu vaqtni shunday samarali ishlatadiki, ular ko‘p narsaga ulguradi. Siz-chi, o‘z vaqtingizni qanday boshqarasiz?

Vaqtni boshqarish bo‘yicha 5 ta asosiy tavsiya:

1️⃣ Rejalashtirish.
Kunni boshlashdan oldin, o‘zingiz uchun maqsadlarni aniq belgilang. Qanday ishlarga ustuvorlik berishingizni rejalashtiring.

2️⃣ “Yo‘q” deyishni o‘rganing.
Hamma ishni o‘z zimmangizga olish shart emas. Energiya va vaqtingizni muhim ishlarga yo‘naltiring.

3️⃣ Prokrastinatsiyani yengish.
Ishni keyinga surish muvaffaqiyat yo‘lida eng katta to‘siqdir. Ishni qiyin bo‘lsa ham boshlang, keyin jarayon sizni o‘zi yetaklaydi.

4️⃣ Diqqatni bir joyga jamlash.
Ko‘p vazifali rejim samaradorlikni pasaytiradi. Bir paytda bitta ishga e’tibor qarating.

5️⃣ Dam olishga vaqt ajrating.
Dam olish – bu ortga chekinish emas, aksincha kuch va ilhom manbai. Samarali dam olish ishlash sifatini oshiradi.

Vaqt – bu bizdagi eng qimmat resurs. Uni qanday boshqarishimiz hayotimizdagi natijalarga ta’sir qiladi.

Kimda shu tavsiya tomonlama muammo bo'ladi fikringizni commentda qoldirishingiz mumkin.

@Muhammadislom_Dev
🔥2👍1
#ozim_uchun
Yangi yildan keyin Nasib yil boshida 1fit olaman screenshotni tashlayman.
🔥4👍21
Muhammadislom - AyTi Blog
Xayrli kech! Module-2 qismini ham boshlab oldik hayriyat🤝. Bu qismda asosan JavaScript bo'yicha o'zimda uchragan interview savollariga javoblar bilan ulashib boraman. Ma'no jihatdan tushunishga oson bo'lishi uchun qisqaroq qildim. Batafsil: javascript.info…
Xayrli kech barchaga!

Frontend Interview savollari bo'yicha suhbatda tushish mumkin bo'lgan savollardan biriga qisqa va tushunarli javob.

Bu mavzu haqida batafsil gapirish mumkin albatta lekin dastlab qisqa tushuntirib bergan yaxshiroq.

Reaksiya bosish esdan chiqmasin 🤝.

Batafsil: notion.so

@Muhammadislom_Dev
👍6🔥21❤‍🔥1
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!
Frontend Interview savollarini bugun ham davom ettiramiz nasib.

Ungacha menga bitta poll tashkillashtirmoqchiman bitta ovoz berish sizlardan 🤝.
👍2
Dasturlashdan habari yo'qlar yoki shu sohaga qiziqadiganlar bormi oramizda? (Bunda hamma qatnashishi muhim, qiziqadiganlar ham ovoz berib yuboramiz)
Anonymous Poll
39%
Ha qiziqaman
11%
O'rganishni boshladim
50%
Shu sohadaman
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga.
Bugun ikkita post joylayman nasib qilsa.
Birincisi, kechagi so'rovnoma bo'yicha dasturlashga qiziquvchilar uchun ajoyib bir material tayyorlab share qilaman bu orqali tushuncha hosil bo'ladi.

Ikkinchi post esa Frontend Interview savollari bo'yicha bo'ladi. 🤝.
Ungacha bittadan reaksiya sizlardan 🔥.

@Muhammadislom_Dev
👍3🔥2