Muhammadislom - AyTi Blog
1.42K subscribers
663 photos
52 videos
10 files
236 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Natijalar: @muhammadislom_results

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
📌 Dunning-Kruger effekti: Bilim Kamligi va Ishonch Paradoksi

Barchamiz bilimimizga yoki tajribamizga shubhalanamiz ya'ni ishonmaymiz o'zimizga. Bu jarayon Dunning-Kruger effekti!

Sizda qanday bo'lgan desangiz?

Bilim yo'qligi - suhbatlarga yaxshi tayyorlanmasdan ko'p ishlarga topshirganman va rejectlar olganman.

Ko'proq bilim - o'rganishda davom etarkanman, tushunmagan narsalarimni anglay boshladim.

Tajriba - O'z sohamdagi raqobatni bilib, doimiy o'rganib borish zarurligini tushundim.


📢 Siz ham Dunning-Kruger effektiga duch kelganmisiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring! 💬

@Muhammadislom_Dev
👍9🔥6
Har safar uyga borganimda togʻam:

— Jiyan, sen aytishniksan-a?
— Ha, tog‘a.
— Kompyuterim o‘chib qoldi, tuzatib ber.
(Men esa Google’da "Kompyuter o‘chib qoldi, nima qilish kerak?" deb qidirmoqdaman)

@Muhammadislom_Dev
🤣29😁5🌚1
Xayrli kech, sayohat ishqibozlari bormi yaqinroq joylashib olamiz!

Tasodifan bitta qiziq video ko‘rib qoldim, unda aytilishicha, sayohat qilishni yoqtiradiganlar uchun ajoyib sun'iy intellekt vositasi bor ekan!

Bu AI nima qila oladi, bilasizmi? 🔥

• Bormoqchi bo‘lgan joyingizni belgilang – u sizga shu joy haqida batafsil ma’lumot beradi! 📍

• Sayohatingiz uchun ideal reja tuzib beradi – vaqtingizni samarali ishlatishingizga yordam beradi! 📆

• Hattoki qachon va qayerga borishingiz kerakligini ham tavsiya qiladi – shunday qilib, hech narsani o‘tkazib yubormaysiz!


Batafsil ma’lumot beradigan post tayyorlab qo‘ydim, share qilaymi? 🌚

@Muhammadislom_Dev
🌚17👍4🔥32
Trip Planner AI – Sayohatingiz uchun aqlli yordamchi! 🌍

Trip Planner AI – sun'iy intellekt asosida ishlaydigan vosita bo‘lib, sayohatingizni rejalashtirishni osonlashtiradi. Sizning qiziqishlaringiz, byudjetingiz va sayohat davomiyligingizga mos ravishda eng yaxshi marshrutni tuzib beradi.

Asosiy imkoniyatlari:
Optimal yo‘nalishlar – vaqtingizni tejaydi, eng samarali marshrutni tavsiya qiladi.

Shaxsiylashtirilgan tavsiyalar – yashirin qimmatbaho joylarni kashf qilishga yordam beradi.

Byudjetga mos joylar – arzon va mazali taomlar uchun eng yaxshi variantlarni topadi.


🚀 Qanday ishlaydi?
TripPlanner.ai saytiga kiring
• Sayohat joyingiz va sanalarni kiriting
• AI sizga eng yaxshi marshrutni tavsiya qiladi

Juda foydali sun'iy intellekt ekan menga yoqdi 🔥

@Muhammadislom_Dev
1🔥8👍41🤓1
Muhammadislom - AyTi Blog
Mayli ketsa boydan ketibdi deganidek yubora qoldim 🙌 Osh bo'lsin 🙂 @Muhammadislom_Dev
Assalomu alaykum barchaga!

Qilgan suhbatimiz 35 ta shares bo'lganini ko'rib hursand bo'ldim, kim uchundir foydali bo'lgan bo'lsa men roziman bergan tajribam uchun.

Aytgancha saved messagesda chirib ketmasin-a 🙂

@Muhammadislom_Dev
🔥7👍5👏3🤣1
Dasturlashdagi mening top 3 xatoyim

Bu soha har doim o'z ustida ishlash va yangilik o'rganishlarni talab qiladi, bir joyda to'xtab qolish karyeraga va rivojlanishga ta'sir qiladi.

Men qilgan xatoliklar:
Networking qilmaslik - har qanday sohada bu juda ham muhim, chunki sizni atrofingizda o'z sohangiz bo'yicha tanishlariz yoki o'zizdan yuqori leveldagi insonlar bilan suhbatlashish o'sishga olib keladi.

Til o'rganmaslik - meni qiynagan eng og'riqli nuqtalardan biri. Aniq eslolmayman lekin topshirgan joylarimdagi 60% qismi rus tilini bilasizmi, savollarni bergan. "Reject" olishimni bilgan holda yo'q derdim.

O'z ustida ishlamaslik - yangi boshlaganimda interview suhbatlariga umuman tayyorlanmasdim. Suhbatlarga boraverganman, boraverganman o'zimiz aloqaga chiqamiz derdi. HR menejerni bu javobi "reject" degani edi aslida ☺️

Bilaman bu xatoliklar barchamizda bor, bularni ustida ishlashimiz va xatolarni to'g'rilashimiz kerak!


Qilgan xatolarimni eslab, hozir bittasi yodimga tushdi shu haqida keyingi postda yozmoqchiman.

@Muhammadislom_Dev
🔥10👍7❤‍🔥2💯1
🚫 Hech qachon bu xatoni qilmang!

2023-yilda ishlayotgan kompaniyamdan ketishga qaror qildim. O‘sish va rivojlanish imkoniyatini ko‘rmay qolgandim, shuning uchun yangi ish qidirishni boshladim. Bir qancha joylarga rezyume yubordim va ulardan biri menga ish taklif qildi.

Shoshilib, hozirgi kompaniyamga oldindan ogohlantirmasdan taklifga rozi bo‘ldim va kompaniyaga ketish qarorimni aytdim. Shu paytda muammo boshlandi – kompaniya menga bosim o‘tkaza boshladi, chunki hali oladigan maoshim bor edi. Pul masalasiga kelganda odamlarning asl yuzi namoyon bo‘ladi, deyishadi – bu haqiqat ekan.

Kompaniya maoshimni keyinroq to‘lashlarini aytishdi, lekin men vaziyatni yaxshi bilganim uchun bunga shubha bilan qaradim. Oxir-oqibat, pulimni oldim, lekin ma’lum bir qismi qolib ketdi. Bu haqida faqat onam bilardi va u menga dalda berib turdi.

Bunday vaziyatda insonni turli fikrlar qamrab olarkan. Shuning uchun bu xatoni yana takrorlamaslikni qat’iy o‘zimga va’da qildim. Hozir bu haqida gaplashishni xohlamayman!

Yoshlik qilib, ko‘p xatolar qilganman. Hech kim begunoh emas. “Yosh edim” deyman-ku, lekin hozir ham yoshman. 🙂


Siz hech shunday vaziyatga tushib qolganmisiz?

@Muhammadislom_Dev
👨‍💻18👍9❤‍🔥4
Iftorlikni qilib gymga kelgandim

Har safar kelganimda oʻzgacha energiya olaman 🏋‍♂🏋

@Muhammadislom_Dev
👍11❤‍🔥6🔥32💯1
Freelanceda yakunlagan yana bir loyiham 🌐

Bu loyiha orqali insonlar piknic uchun mahsulotlarni ko'rishi va buyurtma berishi mumkin. Hozirgi holati yangi versiyada qilindi.

O'tkan safar mijoz bilan ko'rishganimda bir gap aytkandi:

"Qilib bergan ishingizga alohida rahmat, do'konimga kelgan mijozlar mahsulot haqida umuman so'rashmadi, ular o'zlari saytga kirib ma'lumotni ko'rib, sotib olib ketyapti" - degan habarni aytkandi.

Buni eshitib ochig'i hursand bo'lgandim, chunki har birimiz kasbimiz va hunarimiz orqali insonlarni rozi qilish uchun harakat qilamiz.


Sayt test rejimida ishga tushganida taqdim etaman❗️

Nasib yaqinda ko'rishaman va bunda ham bir fikrlarini eshitaman.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👍2🎉1💯1
Yuqoridagi post orqali sizlarga kichik bir tavsiyam

Sohangizda qiyinchiliklarga duch kelasiz, ba'zan esa bu ishni davom ettirishni xohlamasligingiz ham mumkin. Shunday paytlarda motivatsiya yo'qligi sababli ich-ichingizdan tushkunlikka tushib ketasiz.

Lekin unutmang, har bir og‘ir kunning ortidan yengillik keladi. Onamiz aytganidek: "Bu kunlar ham o'tib ketadi."


Yaqinda kichik bir hadya boshlaganmiz, buni ertalab aytaman 🌚

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍77❤‍🔥3🔥2🐳2
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥8👏3💯1
Assalomu alaykum sizlar uchun kichik bir hadya, omad tilayman.

Telegram funksiyasiga koʻra gʻolib 3 ta kanalda boʻlishi va bular random tanlanadi telegram tomonidan.

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥3💯3❤‍🔥2🍾2🐳1
Uzoq yaqindan kelganlar bor, yaxshilab joylashib olamiz BOING to'rt yuz sakson yetti samolyotimizga.

O'zim haqimda bu yerdagi postdan ko'rishingiz mumkin.

Aytgancha kamarlarni taqib oling-a 😊

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁21🤣11🔥5👍4🎉1
Writing va Speaking qiyin! Sizda ham shundaymi?

Ingliz tilini o‘rganish va IELTSga tayyorgarlikda shu muammoga duch kelganman. Bilaman, siz ham shunday qiyinchilikni his qilayotgan bo‘lishingiz mumkin.

Lekin endi bu jarayonni osonlashtirish mumkin! @LexicoAIBot insholaringizni tekshiradi, xatolaringizni tushuntiradi va interaktiv muloqot orqali sizga yordam beradi. Xuddi shaxsiy assistant kabi! 🚀

➡️ Insholaringizni AI tekshiradi – xatolarni tahlil qilib, yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi.

➡️ AI bilan suhbat – darajangizga mos ravishda bosqichlardan boshlang va ingliz tilida erkin gaplashish ko‘nikmalarini rivojlantiring.


Shunday sun'iy intellektlar ishlatib ko'rganlar bormi, faol bo'lib turamiz 🔥

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥5👍2
Muhammadislom - AyTi Blog
Writing va Speaking qiyin! Sizda ham shundaymi? Ingliz tilini o‘rganish va IELTSga tayyorgarlikda shu muammoga duch kelganman. Bilaman, siz ham shunday qiyinchilikni his qilayotgan bo‘lishingiz mumkin. Lekin endi bu jarayonni osonlashtirish mumkin! @LexicoAIBot…
Foydalanib ko'rdilarmi 👀

IELTS imtihonimga yaqin tushimda speaking qilardim, hozir eslasam...

Dastlab qiyin ko'ringan narsani asta sekinlik bilan o'rganasiz, keyin u siz uchun "pista po'chog'idek" bo'lib ketadi.


🔗 @Muhammadislom_Dev
💯7🔥5👍2🐳1
Muhammadislom - AyTi Blog
Bu hafta yakuni juda ajoyib boʻlmoqda!

🗓 Shanba 22:00 da oramizdan 3 nafar baxtli insonni hursand qilamiz.

Yakshanba kuni esa doimgidek kitobli oʻyinimiz!


Kutayotganlar bormi oʻzingiz yoqtirgan reaksiyani qoldirib turing menda yana bir yangilik bor siz uchun🙂

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥88🐳4💯4🍓4👏2🤓2🎉1🏆1👨‍💻1
Assalomu alaykum Juma Ayyomlari bilan ❤️‍🔥

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥14🔥7🐳3💯3🥰1
Kecha bir gʻoya kelib qoldi 🤓

Koʻpchiligimiz IT sohasidagi zamonaviy kasblarni oʻrganyapmiz yoki qiziqamiz.

Qiziqadi lekin nimadan boshlashni, qanday oʻrganishni bilmaydi. Toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan insoni yoʻq.

Shu savollarga meni blogim orqali javob olsin dedim oʻzimga.

Gʻoya shundan iboratki haftaning shanba yoki yakshanba kunlari suhbatlar, workshoplar tashkil qilsak. Nima deysiz?

Oʻzini sohasini yetuk mutaxassislari, tajribali insonlari bilan. Ular bilan oʻz sohasi boʻyicha suhbatlar qilamiz va barcha savollarga javob olamiz.

Yakunida eng yaxshi savol egasini kichik bir sovgʻa bilan xursand qilsak.


Bu kichik bir gʻoyam, sizlarni fikrilar qiziq qoʻllab quvvatlaysizlarmi?

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25👍11👏3🐳2
Muhammadislom - AyTi Blog
Kecha bir gʻoya kelib qoldi 🤓 Koʻpchiligimiz IT sohasidagi zamonaviy kasblarni oʻrganyapmiz yoki qiziqamiz. Qiziqadi lekin nimadan boshlashni, qanday oʻrganishni bilmaydi. Toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan insoni yoʻq. Shu savollarga meni blogim orqali javob olsin…
Commentlarni oʻqib hursand boʻldim, fikrilar uchun rahmat

Blogimda foydali va rivojlanish uchun yaxshi contentlarni berishdan toʻxtamayman. Blogni vazifasi insonlarga yordam berish va toʻgʻri yoʻl koʻrsatish deb bilaman.

Chiqib ketishga shoshilmang, foydali maʼlumotlar hali oldinda!

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👏4💯2
Yaxshi va o'rinli savol

Dasturchi bo'lish uchun diplom kerak emas, chunki o'zim 1-kursda ishga kirganman va hozir 4-kursman. Ishlagan joylarimda diplom so'ramagan.

Siz qachon-ki davlat tashkilotiga kirmoqchi bo'lsangiz so'rashi mumkin.

Siz o'z sohangizni yaxshi mutaxassi bo'la olsangiz, kompaniyalar o'zi taklif qiladi sizni ishga.


Fikrimga qo'shilasizlarmi 🌚

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14💯7👏2🔥1
Talab kuchli

Talab kuchli, chunki kursni tamomlaganlar ko‘p va bitta vakansiyaga topshiruvchilar soni oshgan. Natijada ish beruvchilar talabni kuchaytiradi.

Har sohada, jumladan IT va til o‘rganishda ham yo‘lda tashlab ketadiganlar topiladi. Zamonaviy kasblarni o‘rganishni tavsiya qilaman, chunki til bilsangiz, uydan turib daromad qilishingiz mumkin. Imkoniyatlar esa yildan-yilga ortib bormoqda.

Siz o'zingizni ustingizda ishlasangiz, harakat qilsangiz qo'shimcha invistetsiya ajratsangiz (holatizdan kelib chiqib) natijasi bo'ladi. Hech kim birdan zo'r bo'lib ketmagan.


🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍4💯2❤‍🔥1