Muhammadislom - AyTi Blog
1.42K subscribers
657 photos
52 videos
10 files
235 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Natijalar: @muhammadislom_results

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
Bu ikki kitobni bugun sotib olgandim, Muqaddima buni koʻpchilik gapirib oʻtdi. Oʻqib chiqib fikrimni bildiraman.

@Muhammadislom_Dev
🔥5👍2🐳2❤‍🔥1
Menda bir savol bor hamma uchun.
Hoʻp savol shundan iboratki faqat batafsil javob berishilar kerak.

API bilan ishlashda va admin panel bilan ishlash jarayonida sizdagi eng qiyin joyi siz uchun qaysi? Eng ogʻriqli nuqta deymizku 😅.

Fikringizni commentda qoldiring bir suhbat qilib yuboramiz!

@Muhammadislom_Dev
👍6🔥4
Muhammadislom - AyTi Blog
Menda bir savol bor hamma uchun. Hoʻp savol shundan iboratki faqat batafsil javob berishilar kerak. API bilan ishlashda va admin panel bilan ishlash jarayonida sizdagi eng qiyin joyi siz uchun qaysi? Eng ogʻriqli nuqta deymizku 😅. Fikringizni commentda qoldiring…
💬 Commentlarni ko'rib chiqdim, barchada bir xil muammo bor ekan. O'zimda ham shunday muammolar bo'lgan yangi boshlaganimda.

Men boshlayotkan loyiha orqali oz bo'lsa-da bularga yechim bo'la oladi. API va tokenlar bilan ishlash uchun albatta doimiy ishlab kelayotkan tajriba orqali o'sish bo'ladi.

Hamma narsa birdek bo'lgan emas!


@Muhammadislom_Dev
👍4🔥2💯2
Brauzerda ma'lumot saqlash turlari

Veb-ilovalarda ma'lumotlarni brauzerda saqlash uchun turli usullar mavjud. Eng ko‘p ishlatiladiganlarini ko‘rib chiqamiz:

1. Local Storage
Hajmi: 5MB
Ma'lumot turi: String
Davomiyligi: O‘chirilmaguncha saqlanadi

2. Session Storage
Hajmi: 5-10MB
Ma'lumot turi: String
Davomiyligi: Tab yopilgunga qadar

3. IndexedDB
Hajmi: Disk hajmiga bog‘liq
Ma'lumot turi: Har qanday JS datatype
Davomiyligi: O‘chirilmaguncha saqlanadi

4. Cookies
Hajmi: 4KB
Ma'lumot turi: String
Davomiyligi: Belgilangan muddatga asoslanadi

5. Web SQL
Hajmi: Disk hajmiga bog‘liq
Ma'lumot turi: SQL data types
Davomiyligi: O‘chirilmaguncha saqlanadi

@Muhammadislom_Dev
🔥7👍3👏2
Muhammadislom - AyTi Blog
Bu havola orqali qoʻshilishingiz mumkin. Iltimos faqat biroz kutib turinglar barcha qoʻshilishini.
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!

Bepul amaliyot uchun 100 dan ziyod inson qo'shildi agarda kimdir qo'shila olmagan bo'lsa qo'shilishlari mumkin. Shanba kuni boshlaymiz.

Havola: https://t.iss.one/+aJpTFKgDZWQ2ZWNi

@Muhammadislom_Dev
🔥6👍4🎉1
Dasturlashni tashlab ketmang.

Bugun shaxsan o'zimdan kelib chiqib yozaman.

Dasturlashni yangi o'rganishni boshlaganda ko'pchilikda o'rgana olmaslik muammosi bo'ladi. Tushunmaydi, oddiy html css dagi ishlarni qila olmaslik, yokida menda matematika yaxshi emas deb ba'zilar bahona qiladi.
O'xshamagandan keyin aksariyat odam siqiladi, motivatsiya tushib ketadi keyin esa tashlab ketadi.

Kursni tamomlagandan keyin ish topish muammosi bo'ladi. Kursda yaxshi bilimi bo'lsa agar o'sha paytda junior levelda kirib ketadi yaxshi vakansiyalar ko'p chiqqan bo'lsa.

Ish topolmasdan 4-5 oy vaqt o'tayotkan bo'lsa bu hammada bo'ladi menda ham bo'lgan bu holat. IT da tanishingiz bo'lmasa ishga joylashish qiyin kechadi.

Kursni tamomlagandan keyin ko'proq o'zini ustida ishlash kerak, qo'shimcha proyektlar. Masalan, CRUD (create read update delete) oddiy bo'lsa ham jsonplaceholder dan olib kelib qilsa bo'ladi. Ro'yhatdan o'tish, login qilish shunaqa oddiy qilish ustida ishlash ham foyda beradi.

Hozirda o'quv markaz ko'p, avvalgiga nisbatan o'rganuvchi ham ko'p 1 ta vakansiyaga talab ham ko'p, ko'pchilik ichidan ajralib chiqish uchun yuqorida aytib o'tilgan loyihalar bo'lsa ustunlik beradi.

Qisman to'xtalib o'tdim bu bo'yicha. Savollar bo'lsa commentda bemalol imkon qadar javob beraman.

Muhimi to'xtab qolmaslik kerak.


@Muhammadislom_Dev
👍10🔥4
Assalomu alaykum hayrli kun, Juma ayyomlari bilan ❤️‍🔥.
❤‍🔥3👍3🔥1
ChatGPT-4 Deep Research uchun foydalanish cheklovlari

Sam Altmanning postiga ko‘ra, OpenAI dastlab ChatGPT Plus foydalanuvchilariga oyiga 10 ta, bepul foydalanuvchilarga esa 2 ta foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Kelajakda bu limitlar oshirilishi rejalashtirilgan.

Ba'zi foydalanuvchilar bu funksiyani $1000 qiymatga ega deb baholamoqda. Siz qanday fikrdasiz? Shu cheklov yetarlimi yoki ko‘proq foydalanish imkoniyatini kutyapsizmi? 🤔

@Muhammadislom_Dev
👍4🔥1
Assalomu alaykum hayrli dam olish kuni.

Kecha yilni boshida oʻzim uchun qoʻshimcha faoliyat uchun investitsiya qilgan yoʻnalishim uchun 1-dars boʻlib oʻtdi. Bu yoʻnalish Blogging, bu orqali dasturlash sohasida yaxshi va sifatli contentlar yetkazish va oʻzimdagi tajribani ulashish boʻyicha yangi ishlarni reja qildim.

Bugun esa Frontend Amaliyot boʻyicha 1-darsni boshlaymiz. Nasib bundan keyin toʻxtash yoʻq endi.

@Muhammadislom_Dev
👍5🔥3
Bloggingdagi mentor ya'ni mutaxassis Jasurbek aka. Nasib qilsa IT boʻyicha yaxshi ishlar olib borish niyatim bor. Oʻzgarishlarni oʻzilar koʻrasizlar yaqin 3-4 oy ichida.
👍5🔥1
Assalomu alaykum hayrli kun.
Frontend Amaliyot bo'yicha kecha 1-darsni yakunladik va barcha uchun dars foydali bo'lganini kelgan fikrlardan ko'rish mumkin.

Qo'shilmoqchi bo'lganlar bo'lsa, yuqorida taklif havolasi bor.

@Muhammadislom_Dev
👍3🔥1
Bu Amaliyot loyihani boshlashimdan maqsad, o'zbek auditoriyasida bu kabi amaliy loyiha qilib ko'rsatib beradigan kurs yoki bepul video darslar topolmadim.

Shu sabab buni boshlashga qaror qilgandim. Ayniqsa real proyektni API lari bilan foydalanib amaliyot qilish 2x foyda beradi. Bu imkoniyatdan foydalanib qolganlar uchun hursandman.

Agarda tanishlariz bo'lsa share qilishingiz mumkin, hali ham qabul ochiq.

Qo'shilish uchun: https://t.iss.one/+aJpTFKgDZWQ2ZWNi


@Muhammadislom_Dev
👍5🔥41
Assalomu alaykum barchaga.

Bugun ish vakansiyalariga topshirishda yaxshi resume tayyorlashni ko'ramiz, qanday qilsak bizni resumelarimiz qolganlardan ajralib turadi.

Shu kabi savollarga javoblarni post tariqasida yuboraman.

Olov resume tayyorlaymiz bugun 🔥

@Muhammadislom_Dev
🔥14👍4
Resume tayyorlashdan avval o'zimni birinchi resumeni yuboryapman. Ko'rib turganizdek tartibsiz joylashtirilgan. Bog'lanish uchun kontakt ma'lumotlarim pastda va proyektlarimni qo'shmaganman. Yozuv shriftlari ham turlicha, bir tekisda joylashmagan.

Bilaman oramizda yangi boshlaganlar ham aniq yaxshi resume tayyorlay olmaydi, bu resume 3 yil oldingi birinchi qilganim.

Hech kim birdan zo'r bo'lib ketmagan, xatolar insonni yuksaltiradi. Ko'proq xato qilib turishimiz kerak.

Keyingi postda esa o'zimni hozirgi resume va qanday tayyorlash to'g'risidagi bosqichlarini ulashaman.

Sizlarda birinchi resume qanday bo'lgan 😄. Imkon qadar o'zimdagi vaziyatlarni ulashyapman. O'zim ko'rib kulgim kelib ketdi hozir 😅.

@Muhammadislom_Dev
👍7🔥4
📌"Resume" tayyorlashda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar oddiy lekin amal qilmaymiz!

"Resume" bu bizning ishga topshirish jarayonidagi asosiy jihatlarimiz ochib beradi va sodda bo'lsa ko'rgan insonga shuncha qulay.

E'tibor berishimiz kerak bo'lganlari:
- shriftlar to'g'ri tanlanganligi ya'ni 2-3 xil shriftlardan foydalanish kerak emas.
- kontakt ma'lumotlarimiz aniq keltirilganligi, bizni shu orqali topoladi HR manager.
- ish tajribasi aniq ko'rsatilganligi, agar tajriba yo'q bo'lsa qilgan eng yaxshi loyihalarni qo'yish mumkin.
- tehnologiyalarni bilish darajasi uchun foiz yozmaslik kerak.
- Hammasini ketma-ketlik bilan joylashtirish.


Mening birinchi "resume"yimda bunday jihatlarga amal qilmaganman, lekin vaqt o'tib bularni to'g'riladim. Avvallari javob qaytarish tursin "o'qilmasdi ham".

Hech kim birdan zo'r bo'lib ketmagan, xatolar insonni yuksaltiradi.


"Resume"imni shu havola orqali ko'rishingiz mumkin.

Bittadan reaksiya qoldirib, share qilib qoʻying 🔥

🔗 @Muhammadislom_Dev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🎉4👏3
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!
Kechagi resume tayyorlash postiga qo'shimcha o'zim tayyorlagan bir maqolani sizlarga ulashmoqchiman.

Bu maqola orqali ishga topshirishda to'g'ri murojaat qilish va birinchi ishni topish haqida yozganman.

Batafsil: https://teletype.in/@muhammadislom/oxaWCf1x96A

Postlar foydali bo'layotgan bo'lsa - "🔥"

👨‍💻@Muhammadislom_Dev
🔥12👍43
IT sohasida insonlar bilan workshop va suhbatlar tashkillashtirish haqida o'yladim, nima deysizlar bu fikrimga foydali bo'ladimi?
Anonymous Poll
90%
Ha albatta
10%
Yo'q menga qiziq emas
Xayrli kun,
Toshkentda ertalabdan kuningiz probka bilan boshlanmasa u kun hisob emas.

Ha nima ham deya olamiz ☺️.

Rasm namuna sifatida tanlangan.

@Muhammadislom_Dev
😁9
Temu va AliExpress

Hozir o'ylab qoldim shu ikkisi haqida, hozirda Temu yangi va ko'plab mahsulotlarni arzon narxda sotib olish mumkin. Yetkazib berish muddati 20 kun ekan. AliExpress esa 2-4 hafta ichida yetkazib berishi haqida ma'lumot oldim.

Ba'zilar Temudan kelgan mahsulotlarni yaroqsiz yoki umuman boshqa narsa keldi deganlarni ham eshitdim.

Oramizda shu ikkisidan buyurtma qilib ko'rganlar bormi? Nima deysizlar Temu yaxshiroqmi?

Agar Temu hozirgidek sifat va yetkazib berish vaqtini tezlashtira olsa yaqin kelajakda raqobat qila olishi haqida o'yladim.

Nima deb o'ylaysizlar bu to'g'rimi? To'g'risi bu haqidagi fikr menga juda ham qiziq qolganlarni!

👨‍💻@Muhammadislom_Dev
O'zingizni ko'rmagansiz!

Inson o'zini rasmini va soyasini ko'rish mumkin, lekin o'zini nima ish qilayotganini chetdan turib kuzatolmaydi! Qilgan ishlari to'g'ri yoki xatoligini qachon-ki kimdir "Siz xato qilyapsiz" mazmunidagi gapni aytsa, "Yo'q men to'g'ri qilyapman", "Men bunaqa emasman", mazmundagi gaplarni qaytaramiz.

Birovni kamchiligini aytish qiyin, uni tan olish undandan qiyin. Insonlar turlicha va sizni kamchiligingizni hazil tariqasida yoki tanbeh sifatida aytadi, bu esa insonni qiynaydi. Lekin aslida eng qiyin narsa bu o'zgarish.

Meni fikrimcha, inson qachon yuksaladi desak, shu kabi kamchiliklarini yo'q qilganida va o'zini ustida ishlaganida. Demak xulosa shundaki ko'proq xato qilib turishimiz kerak, xatolar insonni yuksaltiradi.

Hech kim birdan zo'r bo'lib ketmagan.


Azim Pulatning baʼzi fikrlari va oʻzimni xulosam asosida tayyorlangan!

Gapim to'g'ri bo'lsa - "🔥"

👨‍💻@Muhammadislom_Dev
🔥14👍2