Muhammadislom - AyTi Blog
1.42K subscribers
657 photos
52 videos
10 files
235 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Natijalar: @muhammadislom_results

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
Qilayotkan ishingizni professional qilishga urining!

Bugun bir odam bilan koʻrishib qolgandim sentyabr oyida sayt qilib bergandim kichik bir biznesi uchun, shopping sayt edi mahsulotlar va u haqida maʼlumotlar koʻra oladigan.

Keyin aytib qoldi qilib bergan saytingiz meni mijozlarimga yordam berdi. Kelgan insonlar koʻp qismi sayt orqali keldi va mahsulot haqida mendan informatsiya soʻramadi dedi. Bilasiz doʻkonga borganda albatta mahsulotlar haqida maʼlumot olamiz. Sizga bergan pulimga roziman dedi.

Toʻgʻrisi bunaqa gaplar sal boʻlsa-da insonni hursand qiladi ekan. Ish koʻp paytida charchaydi hamma, baʼzi paytlari qilgim ham kelmaydi.

Bundan 3 yil oldin saytdagi oddiy xatolarni toʻgʻrilay olmasdim yoki qila olmasdim. Shundan keyingi mehnatlarni natijasini olyapman.

Yakunda nima demoqchiman, men yuqoridagi kabi amaliy yordam koʻrsatganda foydalanib qolishni sizlarga tavsiya qilardim, chunki menda tajriba va xatolarimdan olgan xulosalarim bor. Qilayotkan ishimizni professional darajada yondashishga har birimiz urinaylik.

Harakatlar oʻz natijasini beradi albatta.


@Muhammadislom_Dev
❤‍🔥5👍3🔥3
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!

P:s Bugungi kun uchun foydali postlar share qilaman, faqat bitta yordamilar ham kerak bo'ladi.
🎭 Impostor Sindromi

Bu o‘z yutuqlaringizni kichraytirish yoki ular tasodifiy deb o‘ylash holati. Masalan, biror loyiha muvaffaqiyatli chiqqanida, “Bu men tufayli emas, omadsizlik bo‘lsa kerak” deb o‘ylash mumkin. Yoki yangi texnologiyani o‘rganayotib, “Boshqalar mendan aqlliroq, men bu sohaga mos emasman” degan fikrlar paydo bo‘ladi.

💻 Dasturchilar Nega Ko‘proq Sezadi?

Doimiy rivojlanish: Texnologiyalar tez o‘zgaradi, yangi narsalarni o‘rganishga ulgura olmaslik hissi paydo bo‘ladi.
Internetdagi muvaffaqiyat hikoyalari: GitHub’dagi mukammal kodlar yoki LinkedIn’dagi “idealdan ham mukammalroq” postlar sizni o‘zingizni pastroq his qilishga undaydi.
Kompleks muammolar: Kod yozishdagi xatolar yoki murakkab muammolar yechishda qiynalish, o‘zingizni yetarli darajada emasdek his qilishga olib keladi.

🔑 Bunga Qarshi Kurashish Yo‘llari:

Muvaffaqiyatlaringizni tan oling: Har bir kichik yutug‘ingizni qayd eting va o‘zingizni rag‘batlantiring.
Qiyoslashni to‘xtatish: O‘zingizni faqat kechagi kundagi o‘zingiz bilan taqqoslang.
Xatolar – bu o‘sishning bir qismi: Har bir xato – bu yangi bilim olish imkoniyati.
Boshqalar bilan tajriba almashish: Boshqalar ham xuddi shunday hissiyotlarni boshidan kechirayotganini bilish, sizga yengillik beradi.

Har bir muvaffaqiyat – sizning mehnatingiz va bilimlaringiz natijasi. O‘z qadringizni biling va doim o‘zingizga ishoning!


Reaksiya bilan yondirib yuboraylik hay 🔥.

@Muhammadislom_Dev
🔥4👍2
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga, Juma Muborak bo'lsin ❤️‍🔥.
❤‍🔥4👍2🔥2
Real loyiha muammosi

Dasturlashni yangi boshlaganimda real ishlab turadigan loyiham boʻlmasdi, netlify yoki vercelga deploy qilingan loyihalar edi hammasi. Haqiqiy real loyihani apisidan foydalanib koʻrmagandim qachonki ishga kirganimda ishlatkandim.

Bilaman sizlarda ham shunday muammolar bor. Bunga yechim albatta men sizlarga bermoqchiman. Yaqinda boshlangan loyihamni admin panel qismini birga qilishni sizlarga taklif qilsam qoʻshilgan boʻlarmidiz. Sizdan hech nima soʻramayman. Faqat ohirigacha boradiganlar kerak menga.

Oʻzim loyihani qilaman, real loyihadagi apidan foydalanaman, video dars shaklida olib boraman.
Albatta bu admin panel boʻladi kamida 4-5 sahifadan iborat.

Hech kim bunday taklif bermaydi deb oʻylayman, ohirigacha borsangiz oʻzingizga yaxshi bir loyiha boʻladi.

Shunday tashkil qilsam qatnashgan boʻlarmidiz, commentga yozib qoldiring.

Bepul bilim va tajribadan foydalanib qolish kerak!

@Muhammadislom_Dev
🔥13👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'ynaganlar bormi 😄. Yoshligim esimga tushkandek bo'ldi.

Vaqt tez o'tyapti, harakatni to'xtatmaslik kerak!

@Muhammadislom_Dev
❤‍🔥4👍3💯2
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga!

Real loyiha bilan amaliyot dasturini dushanba kuni qabulini ochaman, bugun batafsil tushuntirib beraman.
👍6🔥3
Amaliyot dasturidan nimalar o'rganish mumkin?

Real project qilinadi aytib o'tkanimdek, admin panel real loyiha uchun tanlab olindi.

Bunda siz:
✔️ API bilan to'g'ri ishlashni o'rganasiz
✔️
Login/Register qismidagi token bilan ishlashni o'rganasiz, accessToken va refreshToken bilan birga.
✔️
CRUD amaliyotlarini qilib o'rganasiz.
✔️ React query yordamida real loyihadan bilim ko'nikma olasiz

Bu kimlar uchun:
- Kursni tamomlagan va real loyiha orqali o'zining tajribasini oshirmoqchi bo'lganlar uchun!

Barcha uchun bepul hamma qatnashishi mumkin, loyiha uchun dizayn bo'ladi va shu asosida qilinadi, o'zingiz uchun bitta loyiha bo'lib qoladi kelajak uchun.

Faqat ohirigacha borish kerak albatta, chunki hech kim o'rgatmaydi bunday narsalarni bepulga, o'zingiz youtube orqali ko'rishingiz mumkin albatta. Jonli ko'rgan baribir yaxshi hammamiz uchun.

Online formatda va telegramda olib boriladi.

Foydalaniladigan texnologiyalar:
JavaScript, Reactjs, React query, Chakra UI.

Iltimos faqat share qilishda yordamilar kerak ushbu postni share qilib yuborselar zo'r bo'lardi 🔥.

Qabul kuni: dushanba.

@Muhammadislom_Dev
👍6🔥6
Muhammadislom - AyTi Blog
Amaliyot dasturidan nimalar o'rganish mumkin? Real project qilinadi aytib o'tkanimdek, admin panel real loyiha uchun tanlab olindi. Bunda siz: ✔️ API bilan to'g'ri ishlashni o'rganasiz ✔️ Login/Register qismidagi token bilan ishlashni o'rganasiz, accessToken…
Bu amaliyot barcha uchun bepul!

Loyiha sifatida admin panel uchun dizayn qilinadi va shu asosida olib boriladi. Dars telegramda olib boriladi.

Barcha qatnashishi mumkin Vue yoki boshqa tehnologiyalardan foydalanadiganlar ham. Faqat men React yordamida qilaman, asosiy funksionallik qismlarini jonli dars sifatida olib boriladi.

Bu dastur men Frontend Amaliyot 1.0 olib borganimning davomi sifatida amaliyot uchun tashkil qilinmoqda, ixtiyoriy inson qatnashishi mumkin. Yakunda natijalarni sarhisob qilamiz.

@Muhammadislom_Dev
👍8🔥4
Assalomu alaykum hayrli kun, yomgʻirda uhlaydigan havo boʻlyapti 🌧️.

Zalga keldim ertalabdan yaxshi energiya olaman.

Yakshanba kunida hamma uhlaydi bilaman 😅.
👍8🔥6👏1
Muhammadislom - AyTi Blog pinned «Amaliyot dasturidan nimalar o'rganish mumkin? Real project qilinadi aytib o'tkanimdek, admin panel real loyiha uchun tanlab olindi. Bunda siz: ✔️ API bilan to'g'ri ishlashni o'rganasiz ✔️ Login/Register qismidagi token bilan ishlashni o'rganasiz, accessToken…»
Assalomu alaykum hayrli kun barchaga.
Boshlangan yangi hafta barchamiz uchun hayrli bo'lsin. Bugun Amaliyot bo'yicha barcha savollar uchun bitta post joylayman.

Ungacha shu postdan boshlab ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin. Qanday tartibda bo'ladi, qachon boshlanadi bularni bugun hammasini tushuntirib beraman albatta.

Pinga qadalgan postni share qilishda yordamingizni ayamaysiz degan umiddaman!

@Muhammadislom_Dev
👍7🏆2🔥1
Hop demak barcha kelgan savollarga javob beraman!

Amaliyot pullikmi narxi qancha?

Bepul bo'ladi!

Qachon boshlanadi va qanday bo'ladi?

Bugun telegram kanal uchun kechga link beraman va u yerda telegram voice chat ko'rinishida olib boriladi.

Qanday tartibda bo'ladi, dizayn bo'ladimi?

Men o'zim bosqichma bosqich dizaynlarini tayyorlab olaman, bu vaqt oralig'ida siz ham qilib ketishiz mumkin. Haftada 2-3 marta voice chat orqali funksiya qismlarini yozib ko'rsatib beriladi.
Tushunmagan joyingiz, savollariz barchasini shunda so'rasangiz bo'ladi.

Sizdan hech narsa yuborish talab etilmaydi! Faqat telegram kanal uchun link beraman bugun 20:00 da shunda qo'shilasiz.

Iltimos biroz sabr qilib turaylik barchasini ketma-ketlik bilan tushuntirib beraman!

@Muhammadislom_Dev
🔥8👍2
Bu ikki kitobni bugun sotib olgandim, Muqaddima buni koʻpchilik gapirib oʻtdi. Oʻqib chiqib fikrimni bildiraman.

@Muhammadislom_Dev
🔥5👍2🐳2❤‍🔥1
Menda bir savol bor hamma uchun.
Hoʻp savol shundan iboratki faqat batafsil javob berishilar kerak.

API bilan ishlashda va admin panel bilan ishlash jarayonida sizdagi eng qiyin joyi siz uchun qaysi? Eng ogʻriqli nuqta deymizku 😅.

Fikringizni commentda qoldiring bir suhbat qilib yuboramiz!

@Muhammadislom_Dev
👍6🔥4
Muhammadislom - AyTi Blog
Menda bir savol bor hamma uchun. Hoʻp savol shundan iboratki faqat batafsil javob berishilar kerak. API bilan ishlashda va admin panel bilan ishlash jarayonida sizdagi eng qiyin joyi siz uchun qaysi? Eng ogʻriqli nuqta deymizku 😅. Fikringizni commentda qoldiring…
💬 Commentlarni ko'rib chiqdim, barchada bir xil muammo bor ekan. O'zimda ham shunday muammolar bo'lgan yangi boshlaganimda.

Men boshlayotkan loyiha orqali oz bo'lsa-da bularga yechim bo'la oladi. API va tokenlar bilan ishlash uchun albatta doimiy ishlab kelayotkan tajriba orqali o'sish bo'ladi.

Hamma narsa birdek bo'lgan emas!


@Muhammadislom_Dev
👍4🔥2💯2
Brauzerda ma'lumot saqlash turlari

Veb-ilovalarda ma'lumotlarni brauzerda saqlash uchun turli usullar mavjud. Eng ko‘p ishlatiladiganlarini ko‘rib chiqamiz:

1. Local Storage
Hajmi: 5MB
Ma'lumot turi: String
Davomiyligi: O‘chirilmaguncha saqlanadi

2. Session Storage
Hajmi: 5-10MB
Ma'lumot turi: String
Davomiyligi: Tab yopilgunga qadar

3. IndexedDB
Hajmi: Disk hajmiga bog‘liq
Ma'lumot turi: Har qanday JS datatype
Davomiyligi: O‘chirilmaguncha saqlanadi

4. Cookies
Hajmi: 4KB
Ma'lumot turi: String
Davomiyligi: Belgilangan muddatga asoslanadi

5. Web SQL
Hajmi: Disk hajmiga bog‘liq
Ma'lumot turi: SQL data types
Davomiyligi: O‘chirilmaguncha saqlanadi

@Muhammadislom_Dev
🔥7👍3👏2