Modul 5
743 subscribers
939 photos
399 videos
1 file
788 links
Modul 5 loyihasining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!

Murojaat va takliflaringizni @modul_5bot ga yuboring.
Download Telegram
Ilmiy uchrashuvning bitta spikeri almashdi

Koʻpchilikning taklif va iltimoslariga binoan uchrashuvimizga ayol spiker sifatida Oʻzbekiston milliy universitetining tayanch doktoranti Barnoxon Artikxodjaevani taklif qildik. Ular "Xotin-qizlarning taʼlimi" mavzusida nutq soʻzlaydilar.

Uchrashuv esa ertaga, 24-sentabr 14:00 da yoshlar press klubida boʻlib oʻtadi. Lokatsiyani quyida qoldiramiz.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Uchrashuv boʻladigan joyning manzili👉 https://maps.app.goo.gl/URo1ZbTrr5zD6mqe7

14:00 da uchrashuv boshlanishi kutilmoqda. Kuzatuvchilar koʻpligi sababli ertaroq kelib, oʻz joyingizni band qilganingiz maʼqul.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Uchrashuvimiz yaponlarning maqsad qoʻyish strategiyasidan boshlanib, hozirgi kundagi zamonaviy universitetlardagi sharoitlar va taʼlim tizimi bilan davom etdi. Yakunda esa bangladeshlik spiker bu hayotda biz bilgan, lekin oʻylab koʻrmagan mavzular bilan uchrashuvni yakunlab berdilar.

Bu voqealarning barchasini tez orada Modul5 YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting!

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Insonning oʻz sohasida yutuq va muvafaqqiyatga erishishida eng keraklisi ustoz hisoblanadi. Odamlar koʻpincha koʻp kitob oʻqish kerak, oʻrganish kerak deyishadi. Bu ham toʻgʻri, lekin baʼzi oddiy bilimlar kitoblarda yozilmaydi, ularni faqatgina tajribadan oʻtkazgan insondan olishingiz mumkin.

Ushbu iqtibos quyidagi suhbatdan olingan👉 https://youtu.be/tQc2j_33s7o

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Tasavvur qiling: juda ham qiynalib turibsiz, moliyaviy erkinlikka chiqa olmayapsiz, bor imkoniyatingizni ishga solsangiz ham yaxshi natijaga erisholmayapsiz. Endi esa uyingizda 15 yildan buyon ochilmagan eski shkafingiz bor. Bir kuni uni ochib koʻrdingiz, u yerda esa million dollar pul turibdi.

Qanday ahvolga tushasiz? Bizning miyamiz ham xuddi shunday, yillab qanday qobiliyatimiz borlini ham bilmasligimiz mumkin. Har bir insonda esa maʼlum sohaga xos boʻlgan qobiliyat bor. Uni aniqlash esa insonning oʻziga bogʻliq

Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉 https://youtu.be/DUAW3FUyWok

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Deyarli koʻpchligimiz yilda bir marta boʻlsa ham, ayniqsa yoz faslida shahardan tashqariga, togʻlarga, suv boʻylariga, dalahovlilarga chiqamiz. Oʻsha joylarda boʻlganda, toza havodan bahramand boʻlib, osmonga qarab yotib olib, xayol suramiz. Oʻsha payti esa turli xil hissiyotlar paydo boʻladi:

Hayratlanish. Chunki koinotning masshtabini koʻrganda, osmondagi cheksiz borliqni koʻrib hayratlanish tabiiy holdir.

Qiziqish. Bu his inson genida joylashgan boʻlib, bu bizni kosmos tomon olgʻa boshlaydi.

Qoʻrquv. Biz oʻzimizga beriladigan savollarga, hayotimiz davomida javob ololmasligimizni aniq bilamiz va bu qoʻrquvni keltirib chiqaradi.

Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉 https://youtu.be/_atUpDwYw6M

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Bugungi kunda bolalarimizni tarbiyalabmiz-u, ammo koʻpchiligimiz tarbiyalayotganda quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyamiz:

"Sen ertaga falon joyda oʻqishing kerak, falon joyda ishlashing kerak" deb taʼkidlayapmiz.

Lekin bu notoʻgʻri. Nimaga deganda, biz ishchi qatlamini shakllantiriyapmiz, yaʼni qora ishchilarni yetishtiryapmiz!

Biz shunday tarbiya qilishimiz lozimki, "oʻgʻlim yoki qizim sen shunday oʻqishing kerakki, ertaga minglab odamlar ishlaydigan kompaniyalarga asos solishing shart" deb uqtirishimiz zarur!

Har bitta bola kelajakda nafaqat oʻziga, balki oʻnlab, yuzlab insonlarga ish joyi yaratishi lozim.

Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉https://youtu.be/bObWh1M5Diw

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Motivatsiya qidirmang

Hozirgi kunda koʻpchiligimiz ijtimoiy tarmoqlarda yoki mashhur insonlardan motivatsiya qidirib, motivatsiyasiz harakat qilolmaydigan boʻlib qoldik.

Motivatsiya qidirishni bas qiling!
Chunki motivatsiya Sizning ichingizda. Bu narsa yer yuzining 4 dan bir qismiga berilgan. Agar ushbu xabarni oʻqiyotgan boʻlsangiz, Siz ham shu qismda mavjudsiz.

Javobni esa quyidagi videodan olasiz👉 https://youtu.be/bObWh1M5Diw

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Yon daftar tuting!

Oʻzingiz bilan doimo yozib yuradigan bloknot olib yuring. Bloknot bizga "gʻoyalar qopqochasi" vazifasini bajaradi. Bu usulni Michael Michalko degan inson oʻylab topgan.

Bu usul quyidagicha: Oʻzingiz bilan bloknotcha olib yurasiz va xayolingizga kelgan gʻoyalarni bloknotga yozib borasiz.

Gʻoyalarni doimiy yozib borish, sizda daholikni shakllantiradi. Chunki koʻplab daholar ham shunday qilishgan. Bunga misol qilib Albert Eynshteyn ayta olamiz. U ham doimo turli xil chizmalarni daftariga yozib borgan.

Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉
youtu.be/DUAW3FUyWok

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Necha yosh muvaffaqiyatli insonga aylanishning ayni vaqti?

Muvaffaqiyatga erishish uchun yoshning ahamiyati judayam kam. Muvaffaqiyatga erishish uchun kuchli xohish va yetarli bilim boʻlsa, har bir inson yoshidan qatʼi nazar muvaffaqiyatga erishishiga ishonaman!

Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉https://youtu.be/ok5mRwALGKY

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Hozirgi kunda koʻpchilimiz farzandlarimiz 1 yoshga toʻlib toʻlmasidan qoʻllariga telefon va turli xil gadjetlarni ushlatib qoʻyamiz.

Ota-onalar bolalarning koʻzi telefondagi mayda narsalarni yaqindan koʻrishga moslashmaganligini bilishmaydi. Telefondagi videolar, fotolar, oʻyinlarni tomosha qilish, bolalarning koʻzini kuchli zoʻriqishiga va asta-sekin xiralashishiga olib keladi.

Har bir bola tugʻilganida, uning koʻzlari faqat uzoqni koʻrishga moslashgan boʻladi. Keyinchalik esa bolaning boʻyi va koʻzi oʻsgani sari, uning koʻrishi asta-sekinlik bilan normal holatga keladi.

Shunday ekan yosh bolani telefonga oʻrgatib, koʻrish qobiliyatini zaiflashtirmang. Butun dunyo Sog'likni Saqlash Vazirligining taxminicha, 2050-yillarga kelib, 4.5 milliard inson, yaʼni har ikki kishidan biri uzoqni koʻra olmaslik xastaligiga uchrashi mumkin!

Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉https://youtu.be/JI7HasBOyCo

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok