Modul 5
722 subscribers
939 photos
399 videos
1 file
788 links
Modul 5 loyihasining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!

Murojaat va takliflaringizni @modul_5bot ga yuboring.
Download Telegram
Marketingning maqsadi soqqa qilish emas

💰 Hozirgi davrga kelib marketing degan tushuncha hayotimizning har bir boʻlagiga singib ketdi. Koʻradigan filmlarimizdan tortib, sotib oladigan mahsulotlarimizgacha bevosita marketingni xizmati boʻladi.

Shu sababli ham Modul5 loyihasining soʻnggi spikeri, «Lokals» marketing va reklama agentligi asoschisi va rahbari Farhod Norbayev ushbu mavzuni oʻzlarining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda, batafsil yoritib beradilar.

😇 Xalqaro darajadagi loyihalar bilan hamkorlik qilish va ularni amalga oshirish yoʻllarini maxsus uchrashuvimizda bilib olishingiz mumkin.

🏢 Seminarimiz 23-noyabr, soat 16:00 da INHA universitetida boʻlib oʻtadi.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Marketing insonga kino va seriallardan koʻproq taʼsir koʻrsatoladi

💱 «Lokals» kreativ agentligi nafaqat «Oson», «Asl baraka» kabi milliy brendlar bilan, balki Oʻrta Osiyo va Rossiyaning koʻplab chet el kompaniyalari bilan ham ishlab kelishmoqda va oʻz navbatida jahon tajribasini orttirishmoqda.

🚀 Modul5 loyihasi ushbu agentlikning rahbari Farhod Norbayev bilan shaxsan uchrashish, ularning bilim va tajribalaridan oʻrganish imkoniyatini taqdim etadi. Uchrashuvda marketingga aloqador insonlar uchun koʻplab foydali keyslar boʻladi.

🏢 Seminarimiz 23-noyabr, soat 16:00 da INHA universitetida boʻlib oʻtadi.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Bugun nimani oʻrganishingiz kelajagingizni belgilaydi

😇 Bilimingiz orqali siz omadsizlikdan uzoq boʻlasiz. Bir necha ilmlarni oʻrganish bilan esa oʻzingizni ochilmagan qirralaringizni aniqlaysiz. Modul5 loyihasi siz azizlarni maxsus uchrashuvimizga, hech qanday roʻyxatdan oʻtkazishlarsiz taklif etadi.

😎 Spikerlarimiz, Javlon Jovliyev adabiyotning oʻrni, Ziyodulla Butakhanov kosmos, Jasur Alijanov chempionlik, Abdulaziz Abduqodiriy frilanserlik, Farhod Norbayev marketing kabi mavzularda soʻzga chiqib, oʻz nutqlarini soʻzlaydilar.

🏢 Mutlaqo bepul seminarimiz 23-noyabr, soat 16:00 da INHA universitetida boʻlib oʻtadi.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Hammasi harakatdan boshlanadi

💣 Buxoro yoshlari bilan boʻlgan seminarga, kuzatuvchilar bir necha oʻn, hatto yuz kilometr masofalarni bosib kelishibdi. Uchrashuv zali ishtirokchilar va pozitiv energiya bilan toʻla muhitda boʻldi.

🔥 Dovranbek Turdiev toʻgʻri kasb tanlash, Feruz Muhammad haqiqiy motivatsiya, Ulugʻbek Ismatov dunyoni oz boʻlsada oʻzgartirish, Abdulla Nasullayev yoshlarning rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan omillar, Anvarbek Suvonqulov rejissiyorlik yoʻli toʻgʻrisida oʻz fikr va tavsiyalarini berib oʻtishdi.

‼️ Keyingi uchrashuv masʼul hodimlarning va kuzatuvchilarning taklifiga koʻra qayerda boʻlib oʻtishi belgilanadi

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Har bir gʻalaba ragʻbatga munosib

🥳 Buxoroga safarimiz chogʻida Modul5 loyihasining YouTube sahifasidagi obunachilar soni 30000 dan oshdi. Bu nafaqat jamoaning tinimsiz mehnati, balki siz azizlarning qoʻllab-quvvatlovi bilan amalga oshdi.

💻 Esingizda boʻlsa biz 30000 obunachiga yetishimiz bilan noutbuk sovgʻa qilamiz degan edik. Noutbuk yutib olish shartlari haqida keyingi postimizda batafsil aytib oʻtamiz.

🤝 Unga qadar gʻolib boʻlishini istagan doʻstlaringizga ushbu xabarni joʻnating.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muvaffaqiyatlilar doimo oʻrganishda davom etadi

🤩 Samimiy uchrashuvni sogʻinganlar uchun Teacher Aʼzam bilan chin dildan boʻlgan suhbatni taqdim etamiz. Suhbat davomida nafaqat pozitiv energiyaga toʻlasiz, balki hayotingiz uchun muhim boʻlgan bilimlarni oʻrganishingiz mumkin.

🔝 Suhbat davomida IELTS imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun professional mahorat darsi, oʻzingiz uchun yaratishingiz kerak boʻlgan sof motivatsiya va eng muvaffaqiyatli insonlarning hayoti toʻgʻrisidagi bilimlarni olishingiz mumkin.

📹 Suhbatning toʻligʻini bugun 20:00 da Modul5 YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Oʻzingiz uchun ishlashni boshlaganingizda dam olish kerak boʻlmay qoladi

🚀 Seminarimiz uzoq vaqtli tanaffusdan soʻng boʻlishiga qaramasdan, loyihaga qiziquvchi insonlar anchaginani tashkil etishdi. Uchrashuvga tashrif buyurganlarning barchasi turli sohadagi bilimlarini mustahkamlab olishdi.

🔝 Javlon Jovliyev kitob oʻqish, Jasur Alijanov ustoz boʻlish, Abdulaziz Abduqodiriy frilanserlikning afzallik va kamchiliklari, Ziyodulla Butakhanov oʻzbek kosmanavtika rivoji, Farhod Norbayev qoʻrquvni yengish boʻyicha oʻzlarining sinalgan usullarini berib oʻtishdi.

⁉️ Modul5 loyihasing dekabr sonida spiker sifatida kimlarni koʻrishni istashingizni izohlarda yozib qoldiring.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok