Modul 5
737 subscribers
939 photos
399 videos
1 file
788 links
Modul 5 loyihasining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!

Murojaat va takliflaringizni @modul_5bot ga yuboring.
Download Telegram
5 yo'nalishda, 5 nafar soha ekspertlaridan eng foydali va motivatsion chiqishlar - Modul5 loyihasida!

πŸ”₯Sevimli loyihangizning 11-sonida taniqli dasturchi va tadbirkor - Laziz Adhamov, "Siymo" reklama agentligi rahbari - Diyor Mirzaahmedov, bloger - Shahnoza Soatova, jurnalist - Sarvar Bahodirov va jahon chempioni - Bahodir Jalolov notiq sifatida ishtirok etadilar.

⚠ Eslatma: Ro'yxatdan o'tish arizasini to'ldirgan barcha loyihada bevosita ishtirok etishi mumkin.

P.S. O'rinlar soni cheklanganligi tufayli vaqtliroq tashrif buyurishingizni so'rab qolamiz.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalariπŸ‘‡
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | TikTok
INHA universitetining manzili. Biz shu yerda bo’lamiz!
O'zlarining ko'p yillik tajriba va bilimlari bilan spikerlar loyihamizning har doimgidanda o'zgacha o'tishiga hissa qo'shdilar!

πŸš€Modul5 loyihasining 11-sonida "Siymo" reklama agentligi asoschisi Diyor Mirzaahmedov inson umri davomida bajarishi zarur bo'lgan ishlar, uning bosiqchlari haqida nutq so'zlagan bo'lsa, bloger Shahnoza Soatova ayollar masalalariga alohida to'xtalib o'tdi.

πŸ”₯Bahodir Jalolov ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob bergan bo'lsa, Laziz Adhamov yurtimizda sun'iy intellekt va uni yurtimizda rivojlantirish bo'yicha nutq so'zladi hamda Sarvar Bahodirov yoshlar bilan o'zining hayotiy tajribasi bilan bo'lishdi.

πŸ“ŒLoyihaning to'liq sonini tez kunda YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin!

❀️Loyihani tashkil etishda yaqindan yordam bergan Yoshlar ishlari agentligi va INHA universiteti ma'muriyatiga minnatdorchilik bildiramiz.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalariπŸ‘‡
Telegram | Instagram |Facebook | Youtube | TikTok
​​Efir vaqti!

Loyihamizni viloyatlardan turib tomosha qiluvchilar uchun ajoyib xabarimiz bor! Bugun 11-mart kuni soat 16:00 da MY5 telekanali orqali Modul5 loyihasi efirga uzatiladi. Efirni o'tkazib yubormaslik uchun telefongizga eslatma qo'yishni unutmangπŸ˜‰

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalariπŸ‘‡
Telegram | Instagram |Facebook | Youtube | TikTok
Rejalaringizga foydali videorolikni tomosha qilishni ham kiriting!

🀩 Modul5 loyihasi spikeri Eldor Asanovning "Olimlardan nima foyda?" mavzusidagi nutqini bugun, soat 20:00 da YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

⏰ O'tkazib yubormaslik uchun hoziroq sahifamizga o'tib, qo'ng'iroqchani bosib qo'yishingizni maslahat beramiz.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalariπŸ‘‡
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | TikTok
Olimlar haqidagi steriotiplar, ularning daromadi, Olimlar nimadan β€œmazza” qiladi va ular jamiyatga qanchalik foyda keltiradi?!

Hamma savollaringizga 10daqiqa ichida javob olish uchun videoni tomosha qiling!

https://youtu.be/34O9zn9nxrI
Do'stlar!
Modul5 loyihasining YouTube sahifasi 10.000 obunachi bo'lishi uchun 160kishi qoldiπŸ˜‰

Demak, bugun bu sonni to'liq qilishimiz uchun sizning yordamingiz kerak bo'ladi. Hoziroq obuna bo'ling πŸ”₯

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalariπŸ‘‡
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | TikTok
Xayrli kun, do'stlar!

πŸš€ Sizlarga yana bir xushxabarni yetkazishdan mamnunmiz. Bugun, YouTube'dagi obunachilarimiz soni 10 000 ga yetdi!

⚜️ Loyihamizga qiziqish bildirayotganingiz hamda biz bilan birga bo'lganingiz uchun tashakkur!

πŸ”Έ Modul5 - muvaffaqiyat sari!

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalariπŸ‘‡
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | TikTok
Yangi manzillarni zabt etishda davom etamiz: Modul5 loyihasining maxsus soni - Qizlar forumida!

πŸ”₯Loyihamiz maxsus sonida Ra'no Shodiyeva, Rayhon Ulasenova, Farangiz Zaynobiddinova, Shahnoza Soatova hamda Nigora Akilovalar spiker sifatida ishtirok etadilar.

πŸ“ŒBarchangizni, 18-mart, soat 11:30 da, Yoshlar ijod saroyida kutib qolamiz.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalariπŸ‘‡
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | TikTok
Modul5'ning maxsus soni Qizlar forumida!

πŸ˜‰ Modul5 loyihasining maxsus soni "Qizlar ovozi" forumi doirasida ko'tarinki tarzda o'tkazildi. Buni loyihamizning ushbu soniga tashrif buyurganlar tasdiqlashlari mumkin.

πŸ‘©πŸ» Forum spikerlari, jamiyatda o'z o'rniga ega, faoliyatlari davomida katta tajriba egallagan, faol hamda izlanuvchan ayollar – Ra'no Shodiyeva, Rayhon Ulasenova, Farangiz Zaynobiddinova, Shahnoza Soatova va Nigora Akilovalar qizlar uchun ta'lim olishning muhim ekanligi, jamiyatda ayollarning o'rni, qolaversa, bugungi kunda aktual bo'lib borayotgan turli mavzularda o'z fikr, qarashlari bilan o'rtoqlashishdi hamda qizlarga o'zlarining muhim tavsiyalarini berib o'tdilar.

πŸ”₯ Loyihamizning keyingi sonlarida ham sizlarni kutib qolamiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'lishni unutmang!

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalariπŸ‘‡
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | TikTok