Modul 5
742 subscribers
939 photos
399 videos
1 file
788 links
Modul 5 loyihasining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!

Murojaat va takliflaringizni @modul_5bot ga yuboring.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatlarning taʼlim tizimizi haqida juda muhim maʼlumotlar

Toʻliq video👉 https://youtu.be/PSs6fkRfLVA

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Ilmiy uchrashuvning 2-spikeri ham aniqlandi

Asosan ilmga aloqador insonlarni bu galgi seminarimizga taklif qilishimizdan maqsad: yoshlar oʻrtasida aynan ilm olishga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish va shu orqali ham yaxshi natijalarga erishish mumkinligini koʻrsatib berish.

Bilimi orqali muvaffaqiyatga erishgan ana shunday insonlardan biri "Akfa" universitetining rektori Bekzod Jalilov bizning 2-spikerimiz boʻladilar. Ushbu uchrashuv sizning fikrlaringizni oʻzgartirib yuborishi aniq. Shu sababli hoziroq quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting!

Marhamat👉 https://bit.ly/3BgpNvH

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Bu motivatsion uchrashuv yoki shou emas

24-sentabr kuni Modul5 loyihasining 3 yilligi munosabati bilan boʻladigan ilmiy uchrashuvning 3-spikeri PDP universiteti asoschisi Odilbek Mirzayev boʻladilar.

Ushbu oflayn uchrashuvga spikerlar ham, tashkilotchilar ham juda katta tayyorgarlik koʻrishmoqda. Shu sababli uchrashuv ishtirokchisiga aylanishni istasangiz, quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting!

Marhamat👉 https://bit.ly/3BgpNvH

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Universitet rektorlari va asoschilari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi respublika taʼlim markazi direktori Shuxrat Sattorov ham bizning 4-spikerimiz boʻlib, ilmiy uchrashuvimiz notigʻiga aylanadilar.

Ushbu uchrashuvdagi maksimal eʼtibor taʼlimga qaratilmoqda va bu uchrashuvdan keyin sizning bilimga boʻlgan qarashingiz yaxshi tarafga oʻzgarishi aniq. Buning uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting va uchrashuv ishtirokchisiga aylaning!

Marhamat👉 https://bit.ly/3BgpNvH

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Ilmiy uchrashuv boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi

Biz esa sizlarni soʻnggi spiker bilan tanishtiramiz. Oflayn uchrashuvimizning 5-spikeri "Profi university", "Profi school" va "New era kids" loyihalarining asoschisi Bektosh Hotamov boʻladilar.

Mana endi dasturimiz mehmonlari bilan toʻliq tanishib chiqdingiz. Bu kabi insonlarning hammasi bilan bir kunda va bir yerda uchrashish imkoni har doim ham boʻlavermaydi. Shu sababli hoziroq quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting!

Marhamat👉 https://bit.ly/3BgpNvH

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Ilmiy uchrashuvning bitta spikeri almashdi

Koʻpchilikning taklif va iltimoslariga binoan uchrashuvimizga ayol spiker sifatida Oʻzbekiston milliy universitetining tayanch doktoranti Barnoxon Artikxodjaevani taklif qildik. Ular "Xotin-qizlarning taʼlimi" mavzusida nutq soʻzlaydilar.

Uchrashuv esa ertaga, 24-sentabr 14:00 da yoshlar press klubida boʻlib oʻtadi. Lokatsiyani quyida qoldiramiz.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Uchrashuv boʻladigan joyning manzili👉 https://maps.app.goo.gl/URo1ZbTrr5zD6mqe7

14:00 da uchrashuv boshlanishi kutilmoqda. Kuzatuvchilar koʻpligi sababli ertaroq kelib, oʻz joyingizni band qilganingiz maʼqul.

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Uchrashuvimiz yaponlarning maqsad qoʻyish strategiyasidan boshlanib, hozirgi kundagi zamonaviy universitetlardagi sharoitlar va taʼlim tizimi bilan davom etdi. Yakunda esa bangladeshlik spiker bu hayotda biz bilgan, lekin oʻylab koʻrmagan mavzular bilan uchrashuvni yakunlab berdilar.

Bu voqealarning barchasini tez orada Modul5 YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting!

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Insonning oʻz sohasida yutuq va muvafaqqiyatga erishishida eng keraklisi ustoz hisoblanadi. Odamlar koʻpincha koʻp kitob oʻqish kerak, oʻrganish kerak deyishadi. Bu ham toʻgʻri, lekin baʼzi oddiy bilimlar kitoblarda yozilmaydi, ularni faqatgina tajribadan oʻtkazgan insondan olishingiz mumkin.

Ushbu iqtibos quyidagi suhbatdan olingan👉 https://youtu.be/tQc2j_33s7o

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Tasavvur qiling: juda ham qiynalib turibsiz, moliyaviy erkinlikka chiqa olmayapsiz, bor imkoniyatingizni ishga solsangiz ham yaxshi natijaga erisholmayapsiz. Endi esa uyingizda 15 yildan buyon ochilmagan eski shkafingiz bor. Bir kuni uni ochib koʻrdingiz, u yerda esa million dollar pul turibdi.

Qanday ahvolga tushasiz? Bizning miyamiz ham xuddi shunday, yillab qanday qobiliyatimiz borlini ham bilmasligimiz mumkin. Har bir insonda esa maʼlum sohaga xos boʻlgan qobiliyat bor. Uni aniqlash esa insonning oʻziga bogʻliq

Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉 https://youtu.be/DUAW3FUyWok

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Deyarli koʻpchligimiz yilda bir marta boʻlsa ham, ayniqsa yoz faslida shahardan tashqariga, togʻlarga, suv boʻylariga, dalahovlilarga chiqamiz. Oʻsha joylarda boʻlganda, toza havodan bahramand boʻlib, osmonga qarab yotib olib, xayol suramiz. Oʻsha payti esa turli xil hissiyotlar paydo boʻladi:

Hayratlanish. Chunki koinotning masshtabini koʻrganda, osmondagi cheksiz borliqni koʻrib hayratlanish tabiiy holdir.

Qiziqish. Bu his inson genida joylashgan boʻlib, bu bizni kosmos tomon olgʻa boshlaydi.

Qoʻrquv. Biz oʻzimizga beriladigan savollarga, hayotimiz davomida javob ololmasligimizni aniq bilamiz va bu qoʻrquvni keltirib chiqaradi.

Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉 https://youtu.be/_atUpDwYw6M

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Bugungi kunda bolalarimizni tarbiyalabmiz-u, ammo koʻpchiligimiz tarbiyalayotganda quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyamiz:

"Sen ertaga falon joyda oʻqishing kerak, falon joyda ishlashing kerak" deb taʼkidlayapmiz.

Lekin bu notoʻgʻri. Nimaga deganda, biz ishchi qatlamini shakllantiriyapmiz, yaʼni qora ishchilarni yetishtiryapmiz!

Biz shunday tarbiya qilishimiz lozimki, "oʻgʻlim yoki qizim sen shunday oʻqishing kerakki, ertaga minglab odamlar ishlaydigan kompaniyalarga asos solishing shart" deb uqtirishimiz zarur!

Har bitta bola kelajakda nafaqat oʻziga, balki oʻnlab, yuzlab insonlarga ish joyi yaratishi lozim.

Ushbu iqtibos quyidagi videodan olingan👉https://youtu.be/bObWh1M5Diw

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok