MOCKINT.UZ
517 subscribers
3 photos
25 links
MOCKINT - Sinov intervyular topshirish, bilim va tajribangizni sinash va tajribali dasturchilardan foydali "Feedback" olish uchun mo'ljallangan loyiha.

Rasmiy sahifamiz: mockint.uz
Download Telegram
Diqqat!

MockInt.uz tomonidan Umumiy Frontend yo'nalishi bo'yicha BONUS tekin intervyu e'loni.
Bir ishtirokchiga tekin intervyuga qatnashish imkoni beriladi.

Quyidagi formani to'ldiring va omadli bir ishtirokchi bo'lish imkonini qo'lga kiriting.

https://forms.gle/KcGACDSvGPBTPqwH8

Ishtirokchini tanlash, 8 - dekabr, soat 15:00 da, aynan shu kanalda jonli ravishda amalga oshiriladi.

Ulashing ✈️

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ”₯10⚑2πŸ‘1
Saytimizda yangilikni ko'rgan bo'lsangiz kerak.

Safimizga UI/UX va Product Design yo'nalishi bo'yicha yangi Interviewer qo'shildi. U inson Bobur Mavlonov.

Endi bu yo'nalishdan ham intervyu olish uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin. πŸ˜‰

Bizda yana yangiliklar bor. Biroz muddatdan so'ng e'lon qilamiz. InshaaAlloh

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ‘9πŸ”₯6❀‍πŸ”₯2⚑2
Eslatib o'taman Mockint.uz dagi barcha pullik intervyular Ingliz tilida ham O'zbek tilida ham qilsangiz bo'ladi. Chet el kompaniyasiga topshirmoqchilar uchun ayni muddao bu.

Shunchaki topshirayotganda tilni Ingliz tili yoki O'zbek tilini tanlashingiz kifoya.

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ‘22❀‍πŸ”₯5⚑2
.Net qo'shilishini kutayotganlar bormi ?

Kimni kutayapsiz aynan ?

Yangiliklar bor bizda πŸ™‚

#sorovnoma

@MockInt
πŸ‘22πŸ€”4🌚2
Diqqat!

Bizda yana bir yangilik. Intervyuverlar safi Senior .NET Engineer bilan boyidi. Yo'nalishlar esa .NET yo'nalishi bilan. πŸ˜‰

Kim ekan mutaxassis deyapsizmi ? U inson Mukhammadkarim Tukhtaboev. (Janob Panda)

Safimizga qo'shilganlaridan juda hursandmiz va omad tilab qolamiz.

Biz esa yangiliklarni ulashishni davom etamiz. Bizda hali yana bor. πŸ˜‰

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ”₯23πŸ‘3πŸ‘3🀯2
Nega intervyular pullik ?

Quyida
siz azizlarga intervyular nega pullik ekanini aytib o'taman.

1. Ular pullik. Chunki biz oladigan mutaxassislarning vaqti qimmat turadi. Bu gapimni shu darajaga chiqqanlar juda ham yaxshi tushunadi.
Ammo, narxlarni juda arzon qilganmiz. Sizlarga qulay bo'lishi uchun.

2. Ular pullik. Chunki, bu ish jiddiy. Mutaxassislar oddiy insonlar emas. Intervyuga ham bekorchilar topshirmaydi. Balki, pul to'lab, yo'q bo'lsa biroz qiynalib yig'ib, shunga yarasha tayyorlanib, o'z ilmiga "investitsiya" kiritmoqchilar topshiradi. Biz ham shundaylarga bor yordamimizni beramiz.

3. Ular pullik. Chunki loyiha davomiyligi shunga bog'liq. Hech kim davomiy tekinga intervyular qila olmaydi. Barchani o'z yumushi, oilasi va tashvishlari bor. Bu orqali loyiha kelajagi ko'zlangan.

Ammo, narxlar qimmat emas. Oddiy inson ham ozgina tejamkor bo'lib, o'ziga investitsiya kirita oladigan darajada arzon.
Shunday ekan, bunday imkoniyatdan, bunday mutaxassislardan foydalanib qolish kerak.(Holis shaxsiy fikr)

Biz esa intervyular sifatli va karyerangiz uchun juda foydali bo'lishi uchun qattiq harakatdamiz.

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
⚑25πŸ‘18πŸ”₯3🫑3
Eslatib o'tamiz bugun @MockInt kanalimizda, Umumiy Frontend yo'nalishida BONUS tekin intervyuga nomzodni onlayn tanlab olamiz.

Tanlov vaqti: 15:00

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ‘18πŸ”₯4⚑3πŸ†2
Live stream started
Live stream finished (4 minutes)
Mockint.uz tomonidan o'tkazilayotgan Frontend yo'nalishi bo'yicha bepul BONUS intervyuga omadli inson random orqali tanlandi.

U inson: Maxmasoliyev Otajon

Xudo xohlasa ularga bog'lanib, intervyu sanalarini kelishib olamiz.

Video YouTube'ga chiqadimi ?
InshaaAlloh ha.

Bepulda omadi kelishini kutishni xohlamaganlar uchun esa, Mockint.uz da pullik intervyularga yozdirib qo'yish imkoni ochiqligini eslatib o'tamiz πŸ˜‰

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
🐳19πŸ‘7✍2🀝1🫑1
Bugun bizda 2 ta pullik intervyularimiz bo'lib o'tadi inshaaAlloh.

Shuningdek, ertaga bonus tekin intervyu ham bo'lib o'tadi inshaaAlloh.

Bonus intervyuni yozib olish niyatidamiz, Xudo xohlasa Youtube'ga joylaymiz.

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ‘29πŸ”₯5❀‍πŸ”₯2✍1🀝1
Kecha bo'lib o'tgan pullik intervyuda qatnashgan kandidatning biz haqimizdagi fikrlari(Angular yo'nalishi):

1. Intervyu umuman qanday o'tdi ?
- Interview umuman judayam yaxshi o'tdi. Kechagi suhbatgacha adashmasam 3-4 ta interview'da qatnashgan bo'lsam deyarli hich qaysidan Typescript bo'yicha savollar bo'lmas edi. Lekin mock interview da Typescript va angular bo'yicha advanced topiclar so'raldi. Manga yoqdi

2. Intervyu oluvchi mutaxassis va uning savollari qanday bo'ldi ?
- Savolladan ko'rinib turibtiki, angular bilan ancha yildan beri ishlab keladilar va shaxsan o'zim umuman angularda ishlatilinishi kerak bo'ladigan feature lardan ham savol berdilar. Bahonada o'zim uchun yangilik va tajriba orttirdim

3. Berilgan feedback sizga yoqdimi/Foydali bo'ldimi ?
- Feedback yoqdi, foydali bo'ldi ham. Xudo xohlasa tanishlarimga ishga kirishdan oldin birinchi sizlarning mock interviewlaringizdan o'tishga maslaxat beraman.

4. Mockint.uz loyihasi haqida fikringiz.
- Bu loyiha to'g'risida fikrim Faqat Ijobiy.

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ”₯12✍5πŸ‘5πŸŽ‰2🫑1
Ha aytgancha, tepada aytib o'tgan kandidatimiz, Angular yo'nalishidan 89% natija ko'rsatib, muvaffaqiyatli o'tdilar.

Bu bilan ularni tabriklaymiz πŸ₯³

#candidate #results

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸŽ‰22πŸ‘6🌚2
Frontend intervyu videosi chiqdi. πŸŽ‡

Mockint tomonidan o'tkazilgan, bonus intervyu videosini YouTube'ga joyladik.

Marhamat qilib ko'rishingiz mumkin:
https://youtu.be/sJqb6-HRlzA

P.s: Angular intervyusidan bir qism videosi ham chiqadi ertaga inshaaAlloh

#interview

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
❀10πŸ‘5❀‍πŸ”₯2
Middle Angular intervyusidan bir qismini YouTube'ga joyladik. πŸŽ‰

Angular bo'yicha Middle darajasida, haqiqiy pullik intervyumizdan 1 soatini YouTube'ga joyladik. Marhamat qilib ko'rishingiz mumkin.
https://youtu.be/TU2-P2WNLk8

#interview

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ‘9πŸ”₯4
Xushxabar!

Mockint.uz loyihamiz RoboCode IT Academy bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi. πŸ₯³

Endilikda, ushbu o'quv markazini bitirgan bitiruvchilar uchun Mockint.uz tomonidan chegirmalar beriladi.
Boshlagan hamkorligimiz xayrli bo'lsin.

Biz esa hamkorlarimiz safini kengaytirishga hamisha tayyormiz.

#partner

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ‘18πŸ”₯7
Bizda yana bir yangilik!

Mockint.uz loyihamiz WebBrain Academy bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi. πŸ₯³

Endilikda, ushbu o'quv markazini bitirgan bitiruvchilar uchun Mockint.uz tomonidan chegirmalar beriladi.
Boshlagan hamkorligimizni Alloh xayrli va barokatli qilsin.

Agar siz ushbu o'quv markazini tamomlagan bo'lsangiz, o'zlaridan tasdiqlatib, intervyu uchun o'z chegirmangizni olishingiz mumkin.

#partner

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
⚑23πŸ‘6πŸ”₯6
Feedback
Umumiy Frontend yo'nalishi bo'yicha bo'lib o'tgan intervyu natijasi quyida yozilgan. Ushbu "Feedback" formati Mockint.uz loyihasidagi pullik intervyular formati bilan deyarli birhil.

Β«Feedback

Candidate
: Otajon Makhmasoliyev
Technology: Frontend
Level: Junior
Overall score: 53% Failed 🚫

β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”β€”

Pros(Ustunliklari)
- HTML, CSS

Cons(Kamchiliklari)
1.CSS va JS fayllarini asinxron ulash
2. JavaScriptda quyidagi mavzular
- Hoisting
- Temporal deadzone
- BigInt vs number
- Symbol
- null vs undefined
- Object reference
- this keyword, call, aplly, bind
- Map, Set, Weakmap, Weakset
- Operators
- Arrow function vs Regular function
- Destructuring assignment
- Array methods
- Pure vs Impure
- IIFE
- Event bubbling/capturing
- Cookies
- Event loop
3. Tushuntirish qobiliyati

Summary(
Umumiy fikr)
Umuman olganda, kandidat yaxshi qatnashdilar. Ammo JavaScript bilimlari juda sayoz ekan. Tushuntirishda ham muommolar bor. Masalan, umuman keraksiz ma'lumotlarni berishlari to'g'ri emas. Ammo, bu muommolar to'g'irlashga oson, to'g'irlasalar, intervyulardan yaxshi o'tishlariga ishonaman.

Recommendations(Maslahatlar)
O'zlarini ustida ishlashlari kerak, JavaScriptni bir boshdan biror kitob yoki noldan o'rgatadigan saytlardan qayta ko'rib chiqishlari foydali bo'ladi. Shuningdek, mavzudan tashqariga chiqmasdan javob berishni va keraksiz ma'lumotlar bermaslikka harakat qilishni tavsiya qilaman.

Resources(Manbalar)
- CSS fayllarni asinxron ulash
- JS fayllarida async va defer
- CSS Box model
- CSS Flexbox va Grid
- Hoisting
- Temporal Deadzone
- BigInt va number
- Symbol
- Object tipi
- this keyword, call, apply va bind
- Map, Set
- WeakMap va Weakset
- Array metodlari
- Destructuring assignment
- Pure va Impure funksiyalar
- IIFE
- Event bubbling/capturing
- Cookies
- Event loop

Thank you!
Umar SadullayevΒ»
⚑50πŸ‘15❀5🐳2πŸ‘€2πŸ”₯1
Yaqinda Mockint tomonidan bo'lib o'tgan pullik Android intervyuda qatnashgan ishtirokchining biz haqimizdagi fikrlari:

1. Intervyu umuman qanday o'tdi ?
Intervyu ikkalamiz uchun ham yuqori kayfiyatda o’tdi deb hisoblayman. Mutaxassis faqat savol beribgina qolmay ularni menga professional tarzda tushuntirib berdi.

2. Intervyu oluvchi mutaxassis va uning savollari qanday bo'ldi ?
Mutaxassiz mening anchagina kamchiliklarimni ochib beruvchi savollarni berdi. Chet el kompaniyalariga kirishda kerak bo’ladigan anchagina tushunchalarni berdi.

3. Berilgan feedback sizga yoqdimi/Foydali bo'ldimi ?
Albatta! Feedback juda to’liq berilgan. Hatto o’rganishim uchun resurslar manzillari ham mavjud! Faqatgina ozmoz o’rganish qoldi holos.

4. Mockint.uz loyihasi haqida fikringiz.
Zo’r loyiha! to’g’risi bu loyiha chiqishidan oldin meni o’zimni darajamni birorta dasturchiga tekshirtirmoqchi edim. Keyin loyihani e’lonini ko’rib qoldim va foydali bo’ldi.

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ‘18⚑6πŸ‘1
Yana qaysi o'quv markaz(online/offline) bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishimizni xohlaysiz ?

Kommentda qoldiring o'z fikrlaringizni. Biz albatta ko'rib chiqamiz.
InshaaAlloh

#sorovnoma

Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
πŸ‘16