Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
15K photos
2.16K videos
13 files
6.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Toshkentda Air Cargo Summit tadbiri o‘tkazildi

27-noyabr kuni Toshkentda aviakompaniyalar, aeroportlar, transport-logistika kompaniyalari va aeronavigatsiya xizmatlari provayderlari vakillarini bir joy jamlagan “Central Asia Air Cargo Summit” Xalqaro aviatsiya sammiti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ochilishida ishtirok etgan Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev bugungi tez o‘zgaruvchan dunyoda yuk aviatashuvlar sohasi ko‘plab muammo va yangi imkoniyatlarga ro‘baro‘ kelayotganini ta’kidlab o‘tdi.


В Ташкенте состоялся Air Cargo Summit

27 ноября в Ташкенте состоялся Международный авиационный саммит "Central Asia Air Cargo Summit," в котором приняли участие представители авиакомпаний, аэропортов, транспортно-логистических компаний и провайдеров аэронавигационных услуг.

Заместитель министра транспорта Жасурбек Чориев, принявший участие в открытии мероприятия, отметил, что в сегодняшнем быстро меняющемся мире отрасль грузовых авиаперевозок сталкивается со многими проблемами и новыми возможностями.
​​Urganch aeroportini DXSh modeli bo‘yicha modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi bo‘yicha tenderning birinchi bosqichi yakunlandi.

Urganch xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi uchun 2024-yil 1-avgustda e’lon qilingan tenderning Malaka so‘rovi (RfQ) bosqichi yakunlandi.

Barcha taqdim etilgan takliflarni sinchiklab ko‘rib chiqib, idoralararo tender komissiyasi RfQ bosqichidan o‘tgan ishtirokchilarni tasdiqladi. Birinchi bosqichda jami sakkizta kompaniya ishtirok etdi, ulardan beshtasi keyingi yakuniy bosqichga - takliflar so'roviga (RfP) o'tdi, unda tender g'olibi aniqlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi Oʻzbekiston hukumati tashabbusi bilan ishlab chiqilgan boʻlib, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Завершился первый этап тендера по проекту модернизации и управления аэропортом «Ургенч» по модели ГЧП

Завершен этап запроса о квалификации (RfQ) тендера, объявленного 1 августа 2024 года, по проекту модернизации и управления международным аэропортом Ургенча на основе государственно-частного партнерства (ГЧП).

После тщательного рассмотрения всех представленных предложений межведомственная тендерная комиссия одобрила участников, прошедших стадию RfQ. Всего приняли участие восемь компаний, из которых пять прошли в следующий финальный этап – запрос предложений (RfP), на котором будет выбран победитель тендера

Напомним, проект государственно-частного партнерства по модернизации и управлению международным аэропортом «Ургенч» инициирован Правительством Узбекистана и реализуется Uzbekistan Airports совместно с Министерством транспорта и Министерством экономики и финансов.

The first stage of the tender for the Urgench airport modernization and management project under the PPP model has been completed

The Request for Qualification (RfQ) stage of the tender announced on August 1, 2024, for the Urgench International Airport modernization and management project under the public-private partnership (PPP) model has been completed.

After a thorough review of all submitted proposals, the interdepartmental tender commission approved the participants who passed the RfQ stage. A total of eight companies took part, five of which advanced to the next final stage - the Request for Proposals (RfP), where the winner of the tender will be selected

We remind you that the public-private partnership project for the modernization and management of the Urgench International Airport was initiated by the Government of Uzbekistan and is being implemented by Uzbekistan Airports jointly with the Ministry of Transport and the Ministry of Economy and Finance.
​​Ashxobodda barqaror transport do‘stlari Guruhining ikkinchi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Turkmanistonning Ashxobod shahrida “Xalqaro transport va tranzit yo‘laklari: o‘zaro bog‘liqlik va rivojlanish – 2024” xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda tegishli vazirlik va transport idoralari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, diplomatik korpus rahbarlari va vakillari hamda Guruhga a’zo mamlakatlar missiyalari, transport sohasi ekspertlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov qatnashdi. Tomonlar yig‘ilishda Barqaror transport do‘stlari guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, jahon miqyosida transport tizimlarini barqaror rivojlantirish sohasida yangi samarali yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

В Ашхабаде состоялась вторая министерская встреча Группы друзей устойчивого транспорта

27 ноября нынешнего года в отеле «Арчабиль» города Ашхабад состоялась вторая министерская встреча Группы друзей устойчивого транспорта, прошедшая в рамках Международной конференции и выставки «Международные транспортные и транзитные коридоры: взаимосвязь и развитие - 2024».

В мероприятии принял участие первый заместитель министра транспорта Республики Узбекистан Маманбий Омаров. Стороны рассмотрели возможности дальнейшего совершенствования деятельности Группы друзей устойчивого транспорта, в том числе разработки новых эффективных решений в области устойчивого развития транспортных систем в глобальном масштабе.
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мева-сабзавот етиштириш, қайта ишлаш ва экспортини кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное мерам по увеличению производства, переработки и экспорта плодоовощной продукции.

#Mirziyoyev #videoselektor #mevasabzavot #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
​​❗️"Temir yo'l transporti to'g'risida"gi Qonun _(O'RQ-1006-son, 27.11.2024 y.) imzolandi

🔰Qonun temir yo'l transporti sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

❗️Temir yo'l transporti faoliyati quyidagi asosiy prinsiplardan iborat bo'ldi:

qonuniylik;
xavfsizlik;
ochiqlik va shaffoflik;
barqarorlik;
ekologik jihatdan tozalik;
temir yo'l transporti xizmatlarining qulayligi va sifati;
temir yo'l transporti infratuzilmasidan foydalanishdagi tenglik;
temir yo'l transporti infratuzilmasining yaxlitligi va uzluksiz ishlashi.

⛔️ Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari temir yo'l transporti xodimlarining tashish jarayoni bilan bog'liq faoliyatiga aralashishga hamda ularni boshqa ishlarga jalb etishga haqli emasligi belgilandi.

🚊Temir yo'l qatnovlari va tashishlar quyidagi turlarga bo'lindi:

ichki qatnovlar;
xalqaro qatnovlar;
to'g'ridan-to'g'ri aralash qatnovlar;
tranzit tashishlar;
maxsus tashishlar.

‼️Yo'lovchi o'zi bilan birga alohida joy berilmagan holda besh yoshgacha bo'lgan bir bolani, 36 kilogrammdan ortiq bo'lmagan qo'l yukini va nogironligi bo'lgan shaxslar qo'shimcha ravishda shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallangan texnik yordamchi (kompensatorli) vositalarni va maxsus harakatlanish vositalarini bepul olib yurish huquqiga ega.

Umumiy foydalanishdagi temir yo'l transportida quyidagi tashish tariflari turlari qo'llaniladi:

▪️yuklarni tashish tariflari;
▪️yo'lovchilarni tashish tariflari;
▪️bagaj va yuk bagajini tashish tariflari;
▪️pochta va kurerlik jo'natmalarini tashish tariflari.

📕Intizom temir yo'l transporti xodimlarining intizomi to'g'risidagi nizom bilan tartibga solinishi belgilandi.

⏱️Tashish jarayonini markazlashtirilgan holda uzluksiz boshqarishni ta'minlash maqsadida, ularning joylashgan yeridan qat'i nazar, mamlakatda amal qiluvchi yagona hisoblash-hisobot vaqti – Toshkent vaqti belgilanadi.

📌Ushbu Qonun 2025-yil 1-yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.
Qonunning 1–29, 31–57-moddalari ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran olti oy o'tgach amalga kiritiladi.
Milliy tashuvchilar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) bilan hamkorlikda joriy yilning 29 – 30-noyabr kunlari Namangan va Farg‘ona viloyatlari xalqaro tashuvchilari ishtirokida sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda milliy tashuvchilarimiz xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar va vaziyatlar atroflicha muhokama etildi.

Batafsil

Проводятся выездные встречи с национальными перевозчиками

Министерством транспорта совместно с Ассоциацией международных автомобильных перевозчиков Узбекистана (АСМАП) 29-30 ноября текущего года проведены выездные встречи с участием международных перевозчиков Наманганской и Ферганской областей.

На встречах подробно обсуждались проблемные вопросы и ситуации, возникающие в процессе осуществления международных грузоперевозок нашими национальными перевозчиками.

Подробнее
​​Transport nazorati inspeksiyasi Istanbul texnika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘ydi

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Ag‘zam Abduraxmonov, “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘ining ilmiy-innovatsion rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Toshkent davlat transport universiteti prorektori Suxrob Norkulov hamda Istanbul texnika universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda transport sohasida harakat xavfsizligini ta’minlash, ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha rejalarni amalga oshirish kelishib olindi.

Инспекция по надзору в сфере транспорта наладила сотрудничество со Стамбульским техническим университетом

Заместитель начальника Инспекции по надзору в сфере транспорта Агзам Абдурахмонов и заместитель начальника ГУП "Ташкентский метрополитен" по вопросам научно-инновационного развития - проректор Ташкентского государственного транспортного университета Сухроб Норкулов провели встречу с руководством Стамбульского технического университета.

На встрече достигнута договоренность о реализации планов по обеспечению безопасности движения в транспортной сфере, организации совместных научно-исследовательских работ и другим вопросам.
​​“Toshkent — Xojikent — Toshkent” yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi

Joriy yilning 3-dekabr sanasidan boshlab shahar atrofida yangi keltirilgan tezyurar shaharlararo elektropoyezdi oʻz qatnovlarini boshlaydi.

Tezyurar elektropoyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

7201-sonli "Toshkent - Xojikent"
Toshkent 06:18 — Xojikent 07:42

7202-sonli "Xojikent - Toshkent"
Xojikent 08:02 — Toshkent 09:17

7203-sonli "Toshkent - Xojikent"
Toshkent 12:53 — Xojikent 14:03

7204-sonli "Xojikent - Toshkent"
Xojikent 14:33 — Toshkent 15:48

7205-sonli "Toshkent - Xojikent"
Toshkent 18:10 — Xojikent 19:20

7206-sonli "Xojikent - Toshkent"
Xojikent 19:45 — Toshkent 21:03

Toshkent bo‘linmasining yagona hudud chipta narxi:
Umumiy: 20 000 so‘m
Bolalar uchun: 11 500 so‘m etib belgilandi.

❗️Ma’lumot oʻrnida aytib oʻtamiz, odatdagi jadval asosida qatnab kelayotgan elektropoyezdlarning qatnov vaqtlari oʻz oʻrnida qoladi va jadval asosida qatnovlarini davom ettiradi.

Будет запущен новый скоростной электропоезд по маршруту "Ташкент — Ходжикент — Ташкент"

С 3 декабря текущего года начнет курсировать новый скоростной пригородный электропоезд. Скоростные электропоезда будут курсировать по следующему расписанию:

№ 7201 "Ташкент – Ходжикент"
Ташкент 06:18 – Ходжикент 07:42

№ 7202 "Ходжикент – Ташкент"
Ходжикент 08:02 – Ташкент 09:17

№ 7203 "Ташкент – Ходжикент"
Ташкент 12:53 – Ходжикент 14:03

№ 7204 "Ходжикент – Ташкент"
Ходжикент 14:33 – Ташкент 15:48

№ 7205 "Ташкент – Ходжикент"
Ташкент 18:10 – Ходжикент 19:20

№ 7206 "Ходжикент – Ташкент"
Ходжикент 19:45 – Ташкент 21:03

Стоимость единого билета на территории Ташкентского отделения:
Общий: 20 000 сумов
Детский: 11 500 сумов

❗️ Для информации сообщаем, что расписание электропоездов, курсирующих по обычному графику, остается без изменений, и они продолжат движение согласно установленному расписанию.
Президент Шавкат Мирзиёев металлургия корхоналарининг трансформация дастурлари ҳамда 2025 йилги режалари билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом выполнения программ трансформации металлургических предприятий и их планами на 2025 год.

#Mirziyoyev #yigilish #sanoat #metallurgiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X