Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.5K subscribers
14.7K photos
2.12K videos
13 files
6.41K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
​​❗️Turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi

“O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-102-son, 18.07.2024-y.) qabul qilindi

⚡️Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-avgustgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.

2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.

🗓  Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-dekabrgacha yurtimizdagi barcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.

🏢Transport vazirligi:

🔹avia, temir yo‘l va avtobus chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qiladi;

🔹Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni, YAngi yil bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) hamda Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida respublika hududlarini bog‘lovchi qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi; 

🔹amalga oshirilayotgan tadbirlar, jumladan, ochilayotgan yangi reyslar, reyslardagi yuklamalar, shakllantirilayotgan yangi avia va temir yo‘l marshrutlari to‘g‘risida ma’lumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi.
24-iyul kuni “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi

Loyihaning asosiy maqsadlari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, shaharda transport harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirishdan iborat.

Biz barchani ushbu aksiyaga qo'shilishga va bu kunni shaxsiy transportsiz o'tkazishga chaqiramiz. Ijtimoiy tarmoqlarda #avtomobilsizkun xeshtegi bilan surat va videolaringizni ulashing.

24 июля пройдет акция «День без автомобиля»

Основные цели проекта - продвижение здорового образа жизни, защита окружающий среды, уменьшение автомобильного движения в городе и развития общественного транспорта.

Призываем всех присоединиться к данной акции и провести этот день без личного транспорта. Делитесь своими фотографиями и видео в социальных сетях с хештегом #avtomobilsizkun.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#avtomobilsizkun

Avval xabar berganimizdek, bugun respublikamiz bo‘ylab “Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasi o‘tkazilyapti.

Mamlakatimiz aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish ushbu tadbirning asosiy maqsadidir.

Katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transportini rivojlantirish masalalariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadini mujassam etgan aksiya barchani befarq bo‘lmaslikka chorlaydi.

«Avtomobilsiz kun» jamoatchilik loyihasi doirasida bugun Transport vazirligi rahbariyati ish joyiga jamoat transportidan foydalangan holda yetib kelishdi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Surxondaryo_viloyati

DIQQAT TENDER

🚌 Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni quyidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun o‘tkazilayotgan ochiq elektron tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Tender Transport vazirligi Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2024-yil 23-avgust kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan 22-avgust 17:00 ga qadar e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun telefon: 99 507-92-31: 99 679-18-36.

Batafsil: e-tender.uztrans.uz

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |