Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
17.2K photos
2.36K videos
14 files
7.08K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Qashqadaryo_viloyati

Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Qashqadaryo hududiy bo‘limi, viloyat Avtomobil yo‘llari boshqarmasi hamda YHXB bilan hamkorlikda 4P79 Qarshi – Shahrisabz avtomabil yo'lining 7 km. da transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🚛 Reyd tadbirlari davomida belgilangan me’yordan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bu kabi holatlarni oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташриф буюради.

Давлатимиз раҳбари саноатнинг юқори технологик тармоқлари, қишлоқ хўжалиги ва бошқа йўналишларда амалга оширилаётган лойиҳалар, маҳаллаларда аҳоли даромадларини ошириш бўйича олиб борилаётган ишлар билан танишади. Янги корхоналар қурилишига старт бериш, вилоятни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор вазифаларини муҳокама қилиш ҳам режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Джизакскую область.

Глава государства ознакомится с реализуемыми проектами в высокотехнологичных отраслях промышленности, сельском хозяйстве и других сферах, проводимой работой по повышению доходов населения в махаллях. Предусмотрены также запуск новых предприятий и обсуждение приоритетных задач социально-экономического развития области.

Facebook|Instagram|X
Toshkent metrosida bayram kunlari poyezdlar harakatlanish tartibi to‘g‘risida ma’lumot

🚇“Ramazon Hayiti” ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

🔰Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida (11,12,14-aprel) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13-aprel sanasida esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
🚌 Ramazon hayiti kuni poytaxt avtobuslari soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Bayram kunlari "Toshshahartransxizmat" AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:

🔹2024-yil 10-aprel, chorshanba – Ramazon hayiti kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarda ish boshlash vaqti soat 4:00 dan;

🔹2024-yil 11-aprel payshanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

🔹2024-yil 12-aprel, juma – qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

🔹2024-yil 13-aprel, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

🔹2024-yil 14-aprel, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
ESLATMA

❗️Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash Qoidalariga muvofiq, avtotransport vositalarining ruxsat etilgan massasi bo‘yicha me’yorlar belgilangan.

⚠️ Avtotransport vositalarining o‘qlariga tushuvchi ruxsat etilgan og‘irligi avtotransport vositalarining umumiy ruxsat etilgan massasiga rioya qilinganda yakka yetakchi o‘qqa tushuvchi og‘irlik 11,5 tonnadan, boshqa o‘qlarga esa 10 tonnadan ortiq bo‘lmasligi kerak.

🚛 Yuk avtomobili haydovchilaridan og‘ir vaznli va katta hajmli yuklarni tashishda belgilangan me’yor talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Poytaxtimiz aholisi va mehmonlari diqqatiga

Fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida 10 - aprel Ramazon hayiti kuni poytaxt jamoat transporti (avtobus va metropoliten) soat 04:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan bayram kunlari o‘z manzillariga yetib olishda jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishni so‘rab qolamiz.

Вниманию жителей и гостей столицы

В целях создания дополнительных благоприятных условий для населения, во избежание возникающих на дорогах пробок 10 апреля в день Рамазан хайита пассажирские перевозки на столичном общественном транспорте (автобусы и метро) будут осуществляться бесплатно с 04:00 до 10:00.

Просим жителей и гостей столицы в праздничные дни воспользоваться услугами общественного транспорта при перемещении до пункта назначения.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Poytaxtda yuk avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi

Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent shahrida xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida joriy yilning 9-aprel kuni soat 17:00 dan 10-aprel soat 17:00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi to‘liq cheklanadi.

Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno.

_ _ _ _

В связи с празднованием Рамазан Хайита в качестве меры безопасности в столице с 17.00 часов 9 апреля до 17.00 часов 10 апреля текущего года будет полностью ограничен въезд и движение грузовых автомобилей по городу.

Исключение: автомобили аварийно-спасательных служб и специальный транспорт.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Bugun, 9-aprel ulug‘ davlat va jamoat arbobi sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Bu yil sarkarda tavalludining 688 yilligi keng nishonlanmoqda. Amir Temur – o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir.

Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Prezident Administratsiyasi, parlament a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ullari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Transport vazirligi jamoasi buyuk zotga hurmat va ehtirom ko‘rsatib, salobat to‘kib turgan sohibqiron haykali poyiga anvoyi gullar qo‘yib, ulug‘ siymo xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​Toshkent shahri aholisi va mehmonlari diqqatiga

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 10-aprel soat 00:00 dan 7:30 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

🔻Mirzo Ulug‘bek tumani :

"To‘ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi - Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li - Sultoniya ko‘chasigacha.

🔻Bektemir tumani :

“Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi - Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

🔻Olmazor tumani:

“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi - KXAY– Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon - Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.

"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

🔻Shayxontohur tumani:

“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.

"Xo‘ja Alambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor - Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon - Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

🔻Chilonzor tumani:

“Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.

"Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha.

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

🔻Uchtepa tumani:

“Abdulloh ibn Maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qaʼni ko‘chalari chorrahasigacha.

"Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

🔻Yunusobod tumani:

“Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.

“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

🔻Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

🔻Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

"Ali ibn Abu Tolib" masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi - Imom Buxoriy - Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon - Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.

🔻Mirobod tumani:

“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.