Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
14.8K photos
2.14K videos
13 files
6.45K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида “Яшил макон” лойиҳасини амалга ошириш ҳамда чиқиндиларни бошқаришни такомиллаштириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам реализации проекта "Яшил макон" и совершенствованию управления отходами.

#Mirziyoyev #videoselektor #Yashilmakon #chiqindi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иқтисодиёт тармоқларини барқарор ривожлантириш ва рақобатбардошлигини ошириш масалалари муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам стабильного развития и повышения конкурентоспособности отраслей экономики.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov 26 – 28-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida transport tashuvlarini rivojlantirish borasida sohada faoliyat yuritayotgan korxona vakillari bilan uchrashdi.

Xususan, Nukus shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda belgilangan majburiyatlarga amal qilish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Xorazm viloyatida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlari bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

Batafsil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BYD Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21-aprel kuni poytaxtimizda yirik ommaviy sport tadbirlaridan biri BYD – VI Toshkent xalqaro marafoni o‘tkaziladi.

Marafonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish perfend.com platformasida davom etmoqda.

Ro‘yxatga olish jarayoni 5-aprel kuni yakunlanadi!

Marafon o‘tkaziladigan joy: Humo Arena

Murojaat uchun telefon:
+998951420184.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌳“Transportchilar” bog‘i barpo etilmoqda

Respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish hamda yashil maydonlarni ko‘paytirish ishlari jadal olib borilmoqda.

🌱 Mazkur jarayonda Transport vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etishib, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tog‘ oldi hududida 60 gektar yer maydonida “Transportchilar” bog‘ini barpo etishmoqda.

“Xalqimizda, “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan naql bejizga aytilmagan. Bugun biz ekkan nihollar, kelajakda unib-o‘sib ushbu hududga ko‘rk bag‘ishlashi bilan birga, atrof-muhit ekologiyasining yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi. Ushbu hududda bunyod bo‘ladigan bog‘ bizning kelajak avlodga munosib tuhfamizdir”, – dedi Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Narxodjayev.

💚Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Avlodlarimiz bizdan keyin ham munosib tabiiy muhitda yashashi kerak”.
Transport sohasini raqamlashtirish yo‘nalishida Qirg‘iziston bilan hamkorlik rivojlantiriladi

Bugun, 2-aprel kuni Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Qirg‘iz Respublikasi Transport va kommunikatsiyalari vaziri o‘rinbosari Bekjan Rismendeyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasini raqamlashtirish yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish va bu borada tajriba almashishni rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

Uchrashuvda har ikki tomon vakillari davlatlar o‘rtasida transport va tranzit tartib-qoidalarini osonlashtirishga, shu jumladan, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali yengillashtirishga qaratilgan loyihalarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Jumladan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida xalqaro tajribada ilk marotaba O‘zbekiston tomonidan amaliyotga joriy etilgan ePermit tizimini ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlar yuzasidan fikr almashildi.