Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.3K photos
2.18K videos
13 files
6.57K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Infografika

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi: kelgusi 7 yilda milliy transport tizimining salohiyatni oshirishga qaratilgan maqsadlar



Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Infografika

O‘zbekistonda xalqaro yuk tashuvlarining barqaror o‘sish sur’ati kuzatilmoqda

O‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 8 foizni tashkil etmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonning tashqi savdo yuklari 4 ta asosiy xalqaro transport yo‘nalishlarida tashilmoqda.

Yuklarning katta qismi 55 % shimoliy yo‘nalish orqali tashilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Infografika

✈️Aviaqatnovlar soni oshib bormoqda!

O‘zbekiston rezident aviakompaniyalari tomonidan

13 ta mahalliy yo‘nalishda
haftasiga 236 ta qatnov

MDH mamlakatlariga

66 ta yo‘nalishda
352 ta qatnov

Uzoq xorijiy mamlakatlarga

34 ta yo‘nalishda
268 ta qatnov haftasiga amalga oshirilmoqda.

Rezident aviakompaniyalar tomonidan jami 113 ta yo‘nalishda haftasiga 856 ta qatnov bajarilmoqda.

Qatnovlar Uzbekistan airways, Silk Avia, Centrum air , Qanot Sharq, Panorama air, Humo Air aviakompaniyari tomonidan bajarilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Infografika

Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni o‘sish dinamikasi

Bugungi kunda xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 1948 tani tashkil etmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Infografika

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilgan ishlar

O‘tgan 10 oy mobaynida 18 170 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari rekonstruktsiya qilindi va ta’mirlandi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Infografika

🚌 Poytaxt misolida avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etmoqda

Tahlillarga ko‘ra bitta yengil avtotransport vositasida bir kunda o‘rtacha 4,3 ta yo‘lovchi, bitta avtobusda esa o‘rtacha 580 ta yo‘lovchi tashilmoqda.

O‘tkazilgan transport makromodeli tahlillariga ko‘ra poytaxtdagi mobil aholining kunlik harakatlanish (qatnov) soni o‘rtacha 9 mln.tani tashkil etib, shundan 6 mln qatnov transportda amalga oshiriladi.

Transportda amalga oshirilayotgan qatnovlarning 1,7 mln.tasi (28 foiz) jamoat transporti, 4,3 mln.tasi yengil avtotransport hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Poytaxtning transport vositalari doimiy harakatlanadigan asosiy 73 ta ko‘chasining uzunligi 472 kmni tashkil etib, o‘rtacha 380-400 mingta avtotransport harakatlanishiga mo‘ljallangan.

Hozirda shaharda kun davomida o‘rtacha 1 millionga yaqin avtotransport harakatlanmoqda. Bu yo‘llarda bir vaqtda harakatlanish sig'imidan 2 barobar ko‘p.

Тelegram|Facebook|Instagram|YouTubе| Linkedin|
#Infografika

🚌 So‘nggi 2 yilda poytaxtdagi avtobuslar soni 2 barobarga, harakat tarkibining o‘rtacha sig‘imi esa 74 % ga oshdi

Birgina 2023-yilda shahar jamoat transporti harakat tarkibini mukammal yangilash maqsadida 1 000 dona avtobus xarid qilindi.

2023-yilda poytaxtning barcha turarjoy mavzelarini to‘liq qamrab olish, jamoat transporti tizimini va uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida tubdan yangi yo‘nalishlar tarmog‘i ishlab chiqildi.

Ushbu yo‘nalishlar tarmog‘i 4 turdagi 167 ta yo‘nalishdan iborat.

Bugungi kunda avtobuslar ilmiy asoslangan holda yangi tashkil etilgan yo‘nalishlar tarmog‘ida tasarruf etilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Infografika

🚧 Toshkent shahar transport infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

2023-yilda Toshkent shahrida avtobuslar uchun 48,2 km alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etildi.

🚌 Ushbu alohida yo‘laklarda bir kunda 16 ming avtobus qatnovlari bajarilib, ularda qariyb 600 ming yo‘lovchi tashilmoqda.

Paxtakor, Beruniy, Rohat, Choshtepa, Qipchoq, Sergeli metro bekatlari yonida zamonaviy transport-o‘tish bog‘lamalari qurildi.

Ushbu transport-o‘tish bog‘lamalariga 50 ta avtobus yo‘nalishi bog‘lanib, kunlik 192 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilmoqda.

🚏Toshkent shahrida mavjud 396 ta avtobus oraliq bekati tartibga keltirilib, bekatlarda yo‘lovchilar uchun to‘siqsiz va xavfsiz muhit yaratildi.

Tirbandligi yuqori bo‘lgan chorrahalarni geometrik parametrlari qaytadan o‘rganib chiqilib, 40 ta chorraha rekonstruksiya qilindi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Infografika

Respublikada jamoat transporti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar

Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 3903 ta yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, shundan 3094 tasi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, 809 ta yo‘nalish talabgor mavjud bo‘lmaganligi bois faoliyati to‘xtatilgan.

Mavjud yo‘nalishlarning 774 tasi (621 faoliyat ko‘rsatayotgan) shahar, 2756 ta (2184) shahar atrofi, 282 ta (198) viloyat hududi shaharlararo va 91 ta (91) shaharlararo yo‘nalishlardan iborat.

Yo‘nalishlarda 38 926 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib, shundan 5 506 tasi avtobusga to‘g‘ri keladi.

2023-yilning yanvar – sentabr davrida respublika bo‘yicha jami 166 ta ochiq tender o‘tkazilib, ularda 1847 ta yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlari joylashtirildi.

Hisobot davrida 28 ta avtobus va 48 ta yo‘nalishli taksi, jami 76 ta yangi yo‘nalish tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishlarda 141 ta avtobus, 75 ta mikroavtobus va 304 ta “Damas” rusumli avtomobillar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.