Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.1K photos
2.16K videos
13 files
6.51K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Centrum Air aviakompaniyasi Namangan – Jidda yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Bugun, 3-aprel kuni "Centrum Air” mahalliy aviakompaniyasining Boeing--737 rusumli havo kemasi Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Aviakompaniya Namangan xalqaro aeroportidan ilk bor Namangan – Jidda yo‘nalishidagi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi.

An’anaga muvofiq ushbu yangi yo‘nalishning ochilishi tantanali ravishda tashkil etilib, havo kemasi suv arkasi bilan kutib olindi.

Ilk reysda 150 nafar yo‘lovchi Jiddaga jo‘nab ketdi. Avikompaniya tomonidan Namangan — Jidda yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga 7-10 reysgacha Boeing 737 va Airbus A320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xorazm_viloyati

10 ta yangi “JAC SUNRAY” rusumidagi mikroavtobuslar olib kelindi

🚌 Xorazm viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, "XORAZM SUPER MEDICAL" xususy korxonasi tomonidan 10 ta JAC SUNRAY usumli yangi mikroavtobuslar sotib olindi. Natijada korxonada qo‘shimcha 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Hurmatli fuqarolar!

🚌“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati “D”, “E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilarni ishga taklif etadi!

Avtobus haydovchilari

🔸15 kunlik ish smenasi;
🔸 Kamida 5-6 mln so`m miqdorida oylik maoshi;
🔸 Maxsus kiyim-bosh;
🔸 Kafolatlangan mehnat ta`tili bilan ta'minlanadi.


📌Ishga qabul qilish jaroyonida sizning nazariy va amaliy jihatdan haydovchilik ko'nikmalaringiz sinovdan o'tkaziladi.

☎️ Jamoat transporti haydovchisi kasbida ishlash istagida bo`lganlar (71) 233-03-23 va (93) 505-03-23 telefonlari orqali murojaat qilishlarini so`raymiz.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Poytaxt metropoliteni yer usti bekatlarini nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Ma'lumki, 2022-yil 5-11-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan geonom.tashkent.uz saytida shahar metropoliteni yer usti liniyasining “Do‘stlik-Qo‘yliq” va “Olmazor-Sergeli” yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish bo‘yicha takliflar yig‘ildi.

Transport vazirligi huzuridagi taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlardan iborat Ishchi guruh “Geografik ob'ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida hamda davlat tilida toponimlar yozilishining belgilangan qoidalariga muvofiq, kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng mos nomni tanlab oldi.

Geografik ob'ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash davomida mahalliy aholi fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini ovoz berish yo‘li bilan ushbu jarayonda ishtirok etishga taklif qiladi.
Ovoz berish joriy yilning 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.

Metro bekatlari nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalari Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul kilish uchun kiritishga taqdim etiladi.

Ovoz berish uchun havola: https://geonom.tashkent.uz

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Примите участие в голосовании за названия станций надземного столичного метрополитена!

Как известно, с 5 по 11 декабря 2022 года по инициативе Министерства транспорта Республики Узбекистан Департаментом цифрового развития при хокимияте Ташкента на сайте geonom.tashkent.uz проводился сбор предложений по наименованиям для 19-ти станций линий «Дустлик-Куйлюк» и «Алмазар-Сергели» надземного столичного метрополитена.

Рабочая группа при Министерстве транспорта, в состав которой вошли видные учёные, историки, филологи, топонимисты и другие профильные специалисты-эксперты, а также представители СМИ, блогеры, исходя из требований Закона Республики Узбекистан «О наименованиях географических объектов» и согласно принятым правилам написания топонимов на государственном языке, отобрала из поступивших предложений по три наиболее подходящих названия для каждой станции.

В целях изучения мнения местных жителей в процессе подготовки предложений, хокимият Ташкента приглашает вас принять участие в этом процессе путём голосования.

Голосование продлится с 4 по 18 апреля текущего года.

Результаты проведенного голосования по названиям станций метро будут предоставлены Министерству транспорта для подготовки соответствующих предложений и последующего их внесения в Кабинет Министров Республики Узбекистан для принятия решения.

Ссылка для голосования: https://geonom.tashkent.uz

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Араб Амирликлари Ҳукумат ишлари бўйича вазири Муҳаммад бин Абдуллоҳ ал-Гаргавий бошчилигидаги делегация билан учрашувида юқори технологиялар, сунъий интеллект, рақамлаштириш, шаҳар инфратузилмасини модернизация қилиш, ҳудудларнинг савдо-инвестициявий салоҳиятини рўёбга чиқариш борасидаги аниқ лойиҳа ва дастурларни амалга ошириш истиқболлари ва бошқа масалалар кўриб чиқилди.

Перспективы реализации конкретных проектов и программ в сфере высоких технологий, искусственного интеллекта, цифровизации, модернизации городской инфраструктуры,
раскрытия торгово-инвестиционного потенциала регионов и другие вопросы рассмотрены в ходе встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с делегацией Объединенных Арабских Эмиратов во главе с министром по делам Правительства Мухаммадом бин Абдуллой аль-Гергави.

#Mirziyoyev #qabul #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Янги Тошкент шаҳри лойиҳаси концепциясига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о концепции проекта города Новый Ташкент.

#Mirziyoyev #taqdimot #YangiToshkent #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Xalqaro_hamkorlik

Transport va logistika sohasida Litva bilan hamkorlik rivojlantiriladi

Bugun, Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Litva Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri o‘rinbosari Yulius Skachkauskas boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Xususan, mamlakatlarimiz o‘rtasida muntazam yo‘lovchi va yuk aviatashuvlarini yo‘lga qo‘yish, avtomobil transportida va temir yo‘llari orqali xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish, Litva portlari va logistika markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Litva bilan qo‘shimcha ruxsatnoma balankalari almashishga kelishildi

Litva Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri o‘rinbosari Yulius Skachkauskas boshchiligidagi delegatsiya vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bugun dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy jarayonlarda yuklarni yetkazib berish zanjiri uzluksizligini ta’minlash, bunda milliy tashuvchilarga yanada qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

Uchrashuvda tomonlar may oyi boshida tranzit va uchinchi mamlakatlarga/mamlakatlardan yuklarni tashish uchun qo‘shimcha ravishda ruxsatnoma balankalarini almashishga kelishib oldi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |