Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Президент аҳоли томонидан тўловларни амалга оширишда қўшимча қулайликлар яратишга қаратилган қарорни имзолади.
Қарорга кўра, 2023 йил 1 майдан бошлаб бенефициари бюджет ва корпоратив буюртмачи ҳисобланган тўловлар бўйича тўлов хизматлари кўрсатганлик учун воситачилик ҳақи (йиғимлар) тўлов шаклидан қатъи назар тўловчи – жисмоний шахсдан эмас, балки тўлов суммасидан чегириб қолиш йўли билан ундирилади.
Бунда, воситачилик ҳақи миқдори тўлов суммасининг бир фоизигача, бироқ жами суммаси Марказий банк томонидан белгиланадиган чегаравий миқдорлардан кўп бўлмаган миқдорда бўлади.
Ушбу тартиб:
- барча турдаги давлат божи ва маъмурий жарималар бўйича тўловлар;
- давлат хизматлари марказлари томонидан кўрсатиладиган давлат хизматлари, шу жумладан Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали кўрсатиладиган давлат хизматларига тўловлар;
- мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал, олий ва олий таълимдан кейинги таълим, қайта тайёрлов, малака ошириш ҳамда соғлиқни сақлаш муассасаларига тўловлар;
- барча турдаги коммунал хизматлар учун тўловлар;
- Мажбурий ижро бюроси органлари томонидан суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларини мажбурий ижро этиш бўйича ундириладиган тўловлар;
- “E-auksion” электрон савдо платформаси ва “K-Savdo” автоматлаштирилган ахборот тизимига тўловлар;
- авиа, темир йўл ва бошқа жамоат транспортларига чипталарни харид қилишдаги тўловларга нисбатан татбиқ этилади.
Келажакда мазкур рўйхатга қўшимча тўлов турлари киритилиши мумкин.
Facebook|Instagram|Twitter

Шунингдек, 2023 йил 1 майга қадар муддатга Тошкент шаҳрида ҳуқуқий эксперимент тариқасида виртуал касса билан қамраб олинган савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида нақд пул ечиш хизматини кўрсатиш амалиёти жорий этилади.
Қарорда “HUMO” ва “UZCARD” тўлов тизимлари ўзаро интеграциясини босқичма-босқич, жумладан 2023 йил май ойига қадар банкоматлар ҳамда 2023 йил якунига қадар тўлов терминаллари тизимини интеграция қилиш ишларини якунлаш топширилган.
Шунингдек, Ягона ғазна ҳисобварағи орқали ҳисоб-китобларни 24/7 режимида онлайн тартибда амалга ошириш мақсадида Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг ахборот тизими Марказий банкнинг “Тезкор тўловлар” тизимига интеграция қилинади.

O‘zaro tajriba almashish – ish samaradorligini ta’minlaydi
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirish belgilangan.
Ushbu yangi tizimni amaliyotga joriy etishda xorijiy tajribani chuqur o‘rganish maqsadida Transport vazirligi, viloyat transport boshqarmalari hamda “Toshshahartransxizmat” AJ vakillaridan iborat ishchi guruh Rossiya Federatsiyasining Perm va Sankt-Peterburg shahri jamoat transporti tizimi korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishib, ularning ish tajribasini o‘rganishmoqda.
Bugun ishchi guruh vakillari Perm shahridagi brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan avtobus korxonasi va tizim faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati

#Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi
Bugun, 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, turizm, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.
Xususan, tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida avtomobil transportida yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish, bunda milliy tashuvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratish, ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etish orqali yo‘lovchi va yuk tashuvlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.
Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati
mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |

#Buxoro_viloyati
Buxoro shahar jamoat transportini rivojlantirish Bosh rejasi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-son qarorida berilgan topshiriqlar asosida boshqarma tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda Buxoro shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov va viloyatdagi sohaga mas’ul rahbarlar taqdimot bilan tanishtirildi.
Ishlab chiqilgan Bosh reja loyihasiga asosan Buxoro shahrida jamoat transporti o‘tadigan yo‘l-ko‘cha tarmog‘ining umumiy uzunligi 81 kmga ortib, shahar asosiy ko‘chalari to‘liq avtobus yo‘nalishlari bilan qamrab olinadi. Yo‘nalishlarning takrorlanish darajasi esa 33 foizga kamaytiriladi.

DIQQAT EʼLON
🚧 Toshkent viloyati Qibray tumani, Universitet koʻchasidagi "Boʻz suv" kanali ustidan oʻtuvchi koʻprik yoʻlini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida avtotransport vositalarining harakati 3 oy muddatga cheklanadi.
🚌 Shu munosabat bilan 2023-yil 11-mart kunidan boshlab, mazkur ko`chalardan harakatlanuvchi 25- va 115-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati vaqtinchalik quyidagicha tashkil etiladi:
🔷25-sonli “ToshGRES qoʻrgʻoni – Yunusobod 9-dahasi” yoʻnalishining harakati “Seleksiya instituti” bekatigacha uzaytiriladi va yoʻnalishda harakatlanuvchi avtobuslar soni oshiriladi;
🔷115-sonli “ToshGRES qoʻrgʻoni – Gulobod koʻchasi” yoʻnalishining harakati Universitet koʻchasidagi “Salar GES” bekatida qisqartiriladi.