Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
14.9K photos
2.15K videos
13 files
6.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“King Long” kompaniyasi O‘zbekistonga 200 dona katta sig‘imli avtobuslarni yetkazib beradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-59-son qaroriga asosan Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 dona 18 metrli va 500 dona 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 dona 12 metrli elektrobuslar xarid qilish belgilangan.

Xitoyning “Xiamen King Long United Automotive Industry Co., Ltd” kompaniyasi va “Toshshahartransxizmat” AJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 200 dona "King Long” rusumli o’ta katta sig’imli avtobuslarni ishlab chiqarish jadal davom etmoqda.

Kuni kecha kompaniya tomonidan 18 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarning daslabki partiyasini ishlab chiqarish jarayonlari yakunlandi.

Mazkur avtobuslar mart-aprel oylari davomida O‘zbekistonga yetkazib berilishi kutilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz|Telegram|Facebook|Instagram|
Президент аҳоли томонидан тўловларни амалга оширишда қўшимча қулайликлар яратишга қаратилган қарорни имзолади.

Қарорга кўра, 2023 йил 1 майдан бошлаб бенефициари бюджет ва корпоратив буюртмачи ҳисобланган тўловлар бўйича тўлов хизматлари кўрсатганлик учун воситачилик ҳақи (йиғимлар) тўлов шаклидан қатъи назар тўловчи – жисмоний шахсдан эмас, балки тўлов суммасидан чегириб қолиш йўли билан ундирилади.

Бунда, воситачилик ҳақи миқдори тўлов суммасининг бир фоизигача, бироқ жами суммаси Марказий банк томонидан белгиланадиган чегаравий миқдорлардан кўп бўлмаган миқдорда бўлади.

Ушбу тартиб:

- барча турдаги давлат божи ва маъмурий жарималар бўйича тўловлар;

- давлат хизматлари марказлари томонидан кўрсатиладиган давлат хизматлари, шу жумладан Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали кўрсатиладиган давлат хизматларига тўловлар;

- мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал, олий ва олий таълимдан кейинги таълим, қайта тайёрлов, малака ошириш ҳамда соғлиқни сақлаш муассасаларига тўловлар;

- барча турдаги коммунал хизматлар учун тўловлар;

- Мажбурий ижро бюроси органлари томонидан суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларини мажбурий ижро этиш бўйича ундириладиган тўловлар;

- “E-auksion” электрон савдо платформаси ва “K-Savdo” автоматлаштирилган ахборот тизимига тўловлар;

- авиа, темир йўл ва бошқа жамоат транспортларига чипталарни харид қилишдаги тўловларга
нисбатан татбиқ этилади.

Келажакда мазкур рўйхатга қўшимча тўлов турлари киритилиши мумкин.

Facebook|Instagram|Twitter
Шунингдек, 2023 йил 1 майга қадар муддатга Тошкент шаҳрида ҳуқуқий эксперимент тариқасида виртуал касса билан қамраб олинган савдо ва хизмат кўрсатиш шохобчаларида нақд пул ечиш хизматини кўрсатиш амалиёти жорий этилади.

Қарорда “HUMO” ва “UZCARD” тўлов тизимлари ўзаро интеграциясини босқичма-босқич, жумладан 2023 йил май ойига қадар банкоматлар ҳамда 2023 йил якунига қадар тўлов терминаллари тизимини интеграция қилиш ишларини якунлаш топширилган.

Шунингдек, Ягона ғазна ҳисобварағи орқали ҳисоб-китобларни 24/7 режимида онлайн тартибда амалга ошириш мақсадида Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг ахборот тизими Марказий банкнинг “Тезкор тўловлар” тизимига интеграция қилинади.

Facebook|Instagram|Twitter
O‘zaro tajriba almashish – ish samaradorligini ta’minlaydi

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirish belgilangan.

Ushbu yangi tizimni amaliyotga joriy etishda xorijiy tajribani chuqur o‘rganish maqsadida Transport vazirligi, viloyat transport boshqarmalari hamda “Toshshahartransxizmat” AJ vakillaridan iborat ishchi guruh Rossiya Federatsiyasining Perm va Sankt-Peterburg shahri jamoat transporti tizimi korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishib, ularning ish tajribasini o‘rganishmoqda.

Bugun ishchi guruh vakillari Perm shahridagi brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan avtobus korxonasi va tizim faoliyati bilan tanishdi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

Bugun, 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, turizm, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

Xususan, tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida avtomobil transportida yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish, bunda milliy tashuvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratish, ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etish orqali yo‘lovchi va yuk tashuvlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Buxoro_viloyati

Buxoro shahar jamoat transportini rivojlantirish Bosh rejasi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-son qarorida berilgan topshiriqlar asosida boshqarma tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda Buxoro shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov va viloyatdagi sohaga mas’ul rahbarlar taqdimot bilan tanishtirildi.

Ishlab chiqilgan Bosh reja loyihasiga asosan Buxoro shahrida jamoat transporti o‘tadigan yo‘l-ko‘cha tarmog‘ining umumiy uzunligi 81 kmga ortib, shahar asosiy ko‘chalari to‘liq avtobus yo‘nalishlari bilan qamrab olinadi. Yo‘nalishlarning takrorlanish darajasi esa 33 foizga kamaytiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |