Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.2K subscribers
17.1K photos
2.36K videos
14 files
7.07K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятида саноатни ривожлантириш ва энергия таъминотини яхшилаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди ҳамда олтита янги корхонани ишга туширди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам развития промышленности и улучшения энергоснабжения в Бухарской области, а также запустил шесть новых предприятий.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ATTO mobil ilovasida yangi imkoniyatlar

📱Shahar jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ATTO mobil ilovasida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi.

🚌 Endilikda ushbu mobil ilova foydalanuvchilari shahar jamoat transporti avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzata oladi.

🚏 Yo‘lovchilar o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan holda manziliga yetib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin.

♻️Mazkur mobil ilova imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida foydalanuvchilardan o‘z takliflarini taqdim etishlarini so‘rab qolamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#MAN_A22_CNG

Joriy yilning 15-fevral kuni "MAN A22 CNG" rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufiga topshirilgan edi.

Ushbu katta sig‘imli yangi avtobuslar quyidagi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish uchun biriktirildi:

🔹1 donasi 14-sonli “Toshkent vokzali - TTZ bozori”;
🔹1 donasi 24-sonli “TTZ – Yunusobod mavzesi 6-daha”;
🔹1 donasi 89-sonli "Qorasuv 1-mavzesi – Chorsu savdo markazi”;
🔹1 donasi 96-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha – Mashinasozlar metrosi”;
🔹2 donasi 41-sonli “Chilonzor mavzesi 25-daha – Chilonzor buyum bozori”;
🔹1 donasi 82-sonli “Yunusobod mavzesi 17-daha – Ibn Sino 1-mavzesi”;
🔹1 donasi 95-sonli “Yunusobod mavzesi 25-daha - Aviasozlar”;
🔹1 donasi 53-sonli “O‘rikzor mavzesi Paxtakor metrosi”;
🔹1 donasi 147-sonli “Chorsu savdo markazi – Chinni bozori” avtobus yo`nalishi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Давлатимиз раҳбари Бухоро шаҳридаги Мир Араб олий мадрасасини бориб кўрди.

Глава государства посетил Высшее медресе Мир Араб в городе Бухаре.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #madrasa

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🚧Toshkent metropolitenining yer usti yo’nalishining 2-bosqichini qurish ishlari doirasida 2023-yilning 18-fevral kuni “Do’stlik-2 - 7-bekat(Qo’yliq bozori)” oralig’ida metro vagonlari harakati to’xtatildi.

🚌Shu munosabat bilan, yo`lovchilarning jamoat transportiga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan, “Qo’yliq dehqon bozori” so’nggi bekatidan THAY, Ohangaron shox ko’chasi, Qorasuv, Aviasozlar, Elbek ko’chalari orqali Do’stlik metrosi so’nggi bekatigacha harakatlanuvchi "Qo`yliq dehqon bozori - Do’stlik metrosi" vaqtinchalik avtobus yo`nalishi tashkil etildi.

Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yo`nalishidagi harakat jadvallari soni 6 ta, yo`nalishning ish tartibi soat 5:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilanganligini ma’lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
19 февраль, якшанба куни соат 18:30 да “O‘zbekiston 24” телеканали ҳамда Президент матбуот хизматининг Facebook ва Youtube'даги расмий саҳифаларида "Цивилизациялар мероси: абадият карвонлари ортидан" ҳужжатли фильмини томоша қилинг.

Фильм Парижда бўлиб ўтаётган Ўзбекистоннинг бой маданий меросига бағишланган иккита йирик экспозиция ҳақида ҳикоя қилади. Улардан бири машҳур Луврда ташкил этилган. Мураккаб ва ноёб лойиҳа Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг шахсий ташаббуси ва қўллаб-қувватлаши туфайли амалга ошди.

Смотрите в воскресенье, 19 февраля в 22:30 часов документальный фильм "Наследие цивилизаций: за караваном вечности" на телеканале “O‘zbekiston 24” и официальных страницах пресс-службы Президента в Facebook и Youtube.

Картина рассказывает о проходящих в Париже двух крупных экспозициях, посвященных богатому культурному наследию Узбекистана. Одна из них организована в знаменитом Лувре. Реализация сложного и уникального проекта стала возможна благодаря личной инициативе и поддержке Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5 000 000 so’mdan 12 000 000 so’mgacha ish haqi olishni istaysizmi?

Buning uchun “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lsangiz bas !

🚌 “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus haydovchisi kasbiga ishga taklif etadi.

📍Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur 1-tor ko’chasi 6-uy.

📞Telefonlar: (71)233-03-23, (93)505-03-23


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Миср Араб Республикаси Президенти Абдулфаттоҳ Ас-Сисининг таклифига биноан 20-21 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

По приглашению Президента Арабской Республики Египет Абдельфаттаха ас-Сиси Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 20-21 февраля посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Misr #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Миср Араб Республикаси Президенти Абдулфаттоҳ ас-Сисининг таклифига биноан расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Арабской Республики Египет Абдельфаттаха ас-Сиси отбыл в эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Misr #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Toshkent aeroportida terminalning yangi qismi ochildi

“Toshkent” xalqaro aeroportida 2640 kv.m maydondagi “steril” zonaning chap qismi foydalanishga topshirildi.

Yangi hududda yana bir Duty Free do‘koni va “Art Bazaar” savdo pavilyoni ochildi. Bu yerda hunarmandlar, milliy gastronomiya, gadjetlar va xalqaro sim-kartalar, zargarlik buyumlari, bolalar ovqatlari, shirinliklar, dorixona va kafe-bar mavjud.

Shuningdek, “steril” zonada elektron qurilmalarni quvvatlantirish imkoniyatiga ega birinchi “coworking-corner” tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston yuklarini Poti va Batumi portlari orqali uzluksiz tashuvlarini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

Joriy yilning 15–17 - fevral kunlari Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi Ishchi guruhning Gruziyaga tashrifi davomida mamlakat Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi, “Gruziya temir yo‘llari” AJ, Poti va Batumi portlari rahbariyati, portdagi xususiy terminal vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdildi.

Gruziyaning Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari Guram Guramishvili bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning eksport va import yuklarini Gruziya portlari orqali Yevropa va Amerika qit’asi davlatlariga tashuvlarini uzluksiz tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
✈️ Uzbekistan Airways “Bahor-yoz 2023” parvozlar jadvalini tasdiqladi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2023-yil 26-martdan joriy yilning 28-oktyabriga qadar amal qiladigan bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tmoqda.

Mazkur bahor-yoz mavsumida aviakompaniya 70 ta yoʻnalishda parvoz qiladi, jumladan, Rossiyaning 40 ta, MDH davlatlari va uzoq xorijdagi shaharlarga 30 ta yoʻnalish bo‘yicha.

Yozgi navigatsiya davrida aviakompaniya mashhur sayyohlik yo‘nalishlariga parvozlar sonini ko‘paytiradi, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiradi.

Toshkentdan Urganch va Nukusga parvozlar kuniga 2 marta, Buxoroga esa 1 marta amalga oshiriladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston poytaxtidan Qarshiga haftada 2 marta, Termiz va Samarqandga 6 marta, Farg‘ona vodiysi bo‘ylab: Namanganga – 2, Farg‘onaga – 3 va Andijonga ham ikki martadan aviaqatnovlar bajariladi.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |