Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.2K subscribers
17.1K photos
2.36K videos
14 files
7.06K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
DIQQAT TENDER

Toshkent viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 6-yanvar kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (213).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌳“Transportchilar” bog‘i barpo etilmoqda

Respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish hamda yashil maydonlarni ko‘paytirish ishlari jadal olib borilmoqda.

🌱Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan ushbu xayrli tadbirda Transport vazirligi, uning tizim va sohaviy tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etishib, Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Ozodlik” MFY hududida 25 gektar yer maydonida navbatdagi “Transportchilar” bog‘ini barpo etishmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8-dekabr — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Konstitutsiya – jamiyatning mustahkam poydevori, mamlakatimiz rivojining huquqiy kafolati va davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi sanaladi.

U ko‘p millatli xalqimizning xohish-irodasini o‘zida mujassam etgan muhim hujjatdir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Transport vazirligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni chin dildan muborakbod etadi.

Bayram muborak bo‘lsin, qadrli vatandoshlar!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Yangi O‘zbekistonda davlat rahbari boshchiligida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan islohotlar qat’iylik va dadillik bilan amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu videorolik bu boradagi eng muhim, dolzarb islohotlar va ularning natijalari haqida.

——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.


Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​✈️ «Uzbekistan Airways» qishki ta’til oldidan talabalar uchun chegirma e’lon qildi

Aviakompaniya o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 2024-yil 23-dekabrdan boshlab, 2025-yil 7-yanvargacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 % chegirma e’lon qildi.

❗️Chegirma davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.

50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.

✈️"Uzbekistan Airways" объявила скидку для студентов перед зимними каникулами

Авиакомпания объявила о 50-процентной скидке на тарифы авиабилетов эконом-класса на все внутренние рейсы, выполняемые с 23 декабря 2024 года по 7 января 2025 года, для студентов средних специальных, профессионально-технических и высших учебных заведений.

❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учебном заведении.

Авиабилеты со скидкой до 50% можно приобрести в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avtobus haydovchilari malakasi oshirilmoqda

Poytaxt jamoat transportida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, tashuvlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida haydovchilar malaka oshirish kurslarida o‘qitilmoqda.

Tasdiqlangan reja grafik asosida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan «Toshshahartransxizmat» AJ haydovchilarining avtobusdan foydalanish, boshqarish va jamoat transportida yo‘lovchilarni samarali tashish bo‘yicha malakasi oshirilmoqda.

Повышается квалификация водителей автобусов

В целях повышения качества услуг общественного транспорта столицы, обеспечения безопасности перевозок проводится обучение водителей на курсах повышения квалификации.

На основе утвержденного плана-графика Институтом переподготовки и повышения квалификации кадров в сфере транспорта проводится повышение квалификации водителей АО «Ташшахартрансхизмат» по эксплуатации автобусов, управлению ими и эффективной перевозке пассажиров на общественном транспорте.
​​Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi

Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.

Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvarga qadar amal qiladi.

Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.

Объявлена 50-процентная скидка на железнодорожные билеты для студентов

Для студентов, обучающихся в высших образовательных учреждениях республики, объявлены скидки на местные поезда во время зимних каникул.

Скидка предоставляется в размере 50% от полной стоимости билета на все пассажирские поезда внутреннего сообщения (кроме вагонов класса СВ/VIP и высокоскоростного электропоезда «Afrosiyob») действует с 23 декабря 2024 года по 10 января 2025 года.

Для приобретения билетов студенты могут посетить железнодорожные кассы со своими документами удостоверяющие личности или воспользоваться сайтом eticket.railway.uz для покупки билетов в электронном виде.
DIQQAT TENDER

❗️Transport vazirligi Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 9-yanvar kuni soat 17:00 da viloyat hududidagi avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(371).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
Transport nazorati inspeksiyasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

“9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul xodimi Sardor Mamanov, Transport vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi Nig‘matjon Komilov, Inspeksiyaning jamoatchilik kengashi vakillari, Ommaviy axborot vositalari xodimlari va jurnalistlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Inspeksiya boshlig‘i Jamshid Karimov kirish so‘zi bilan ochib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, galdagi vazifa va rejalar haqida batafsil axborot berdi. Inspeksiya faoliyatining barcha yo‘nalishlardagi nazorat va profilaktik tadbirlar, uning samaradorligi, aholidan tushgan murojaatlar bilan ishlashdagi ijobiy o‘zgarishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Batafsil
Talabalar uchun sayyor kassalar tashkil etildi

Qishki ta’til munosabati bilan Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning doimiy yashash manzillariga yetib borishlarida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida sayyor kassalar tashkil etildi.

Mazkur sayyor kassalarda talabalar temir yo‘l hamda avtobus qatnovlariga chiptalarni sotib olishlari mumkin.

Sayyor kassalar quyidagi manzillarda tashkil etilgan.

▫️O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti binosi 1-qavati.

Manzil: Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi., 4-uy.

▫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti A-binosida.

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 60-A-uy. Sobiq Toshkent moliya instituti binosi

❗️Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways” hamda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan talabalar uchun avia va temir yo‘l chiptalariga 50 % chegirma e’lon qilingan (mahalliy qatnovlar uchun).