Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
14.8K photos
2.14K videos
13 files
6.44K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
​​O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 100 taga yetkaziladi

Joriy yil 17 – 21–iyun kunlari Xitoyning Sian shahrida o‘tkazilgan “C5+1 Xitoy-Markaziy Osiyo fuqaro aviatsiyasi konferensiya”si davomida O‘zbekiston va Xitoy aviatsiya hukumatlari o‘rtasida Havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish, ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan aviaqatnovlar sonini keskin oshirish, yangi havo yo‘laklarini ochish masalalari muhokama qilindi.

Olib borilgan muzokaralar natijasiga ko‘ra ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida tegishli hujjat imzolandi va quyidagi kelishuvlarga erishildi:

- O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan aviakompaniyalar soni 2 barobarga oshirildi;

- O‘zbekiston aviakompaniyalari uchun O‘zbekistonning barcha aeroportlaridan Xitoy hududiga muntazam parvozlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan shaharlar soni 12 taga yetkazildi;

- Xitoy tomonidan tayinlangan aviakompaniyalarga Xitoyning istalgan shaharlaridan O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi xalqaro aeroportlarga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqi berildi;

- Tayinlangan aviakompaniyalarga ikki davlat o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini har bir tomondan haftasiga amaldagi 15 tadan yangi kelishuv bo‘yicha 50 taga oshirish, ya’ni ikki mamlakat o‘rtasidagi haftalik muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlari sonini jami 100 taga yetkazish huquqi berildi;

- Har ikki tomonning tayinlangan aviakompaniyalariga O‘zbekiston va Xitoy hududidagi barcha manzillar orqali uchinchi davlatlarga haftasiga 21 ta aviaqatnov bilan yuk parvozlarini amalga oshirish uchun 5-havo erkinligi huquqi berildi;

- Xitoy tomonidan tayinlangan aviakompaniyalarga O‘zbekiston hududida Samarqand va Nukus, O‘zbekiston tomonidan tayinlangan aviakompaniyalarga esa Xitoy hududida Sian va Chengdu xalqaro aeroportlari orqali uchinchi davlatlarga har bir yo‘nalishda haftasiga 7 ta qatnov bilan yo‘lovchi parvozlarni amalga oshirish uchun 5-havo erkinligi huquqi berildi;

- Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan tayinlangan aviakompaniyalar uchun Xitoyning dengiz bo‘yida joylashgan turistik Xaykou, Sanya hamda Tsyunxay xalqaro aeroportlarida joriy qilingan “Maxsus ochiq osmon” rejimidan foydalanish va 5-havo erkinligida parvozlarni amalga oshirish huquqi qo‘lga kiritildi.

Shuningdek, kod-sher bitimi, havo kemasini ijaraga olish va charter parvozlar yuzasidan qator tegishli kelishuvlarga erishildi.
Milliy tashuvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqib, quyidagi davlatlar bilan qo‘shimcha ruxsatnoma blankalari almashildi:

🇦🇿 Ozarbayjon bilan 2000 dona tranzit va 500 dona ikki tomonlama;

🇷🇺 Rossiya bilan 2000 dona uch tomonlama;

🇲🇳 Mo‘g‘uliston bilan 100 ta ikki tomonlama tranzit va 50 ta uch tomonlama;

🇮🇹 Italiya bilan 220 dona ikki tomonlama;

🇪🇸Ispaniya bilan 200 dona ikki tomonlama, 20 ta uchinchi tomon.

‼️ Mazkur xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalari joriy hafta yakuniga qadar yetib kelishi kutilmoqda.
VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI


🔴Ayni damda "Yoshlar oyligi" doirasida  poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o'rinbosari I.Abdugafarov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv boʼlib o'tmoqda.
Dastavval Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov barcha yoshlarni yaqinlashib kelayotgan 30-iyun – “Yoshlar kuni” bilan tabriklab, so‘nggi yillarda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalarda yoshlarning rolini oshirish, ularga imkoniyatlar, yaxshi sharoitlar yaratib berish bo‘yicha tizimli ish olib borilayotganini alohida ta’kidladi.

Zero, yoshlar davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan.

Bugungi kunda mamlakatimiz transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan jami xodimlar soni 131 953 nafarni, undan 33 237 nafarini esa (25 foizi) yoshlar tashkil etadi.

Muloqot davomida yosh xodimlar transport va yo‘l xo‘jaligi  sohasida olib borayotgan ilmiy ishlari va tadqiqotlari, sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan innovatsion g‘oyalar, turli muammolar hamda ularning yechimlari haqida so‘z yuritishdi, o‘zlarining qator takliflarini bildirdilar.