Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
17.2K photos
2.36K videos
14 files
7.08K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Самарали Ўзбекистон-Россия саммити якунига етди. Аэропортда Президент Владимир Путинни Президентимиз Шавкат Мирзиёев кузатиб қўйди. Давлат раҳбарлари самимий хайрлашдилар.

Плодотворный узбекско-российский саммит завершился. В аэропорту Президента Владимира Путина проводил Президент Шавкат Мирзиёев. Главы государства тепло попрощались друг с другом.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон-Россия саммити: самарали музокаралар ва ўзаро манфаатли келишувлар

Узбекско-российский саммит: плодотворные переговоры и взаимовыгодные договоренности

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
REYD TADBIR

Avtomobil transportida tashuvlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqasadida Transport nazorat inspeksiyasi tomonidan hududlarda YHXX bilan hamkorlikda qo'shma reyd tadbirlari o'tkazilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi 6 yilda Toshkent metrosi 29 ta zamonaviy harakat tarkibi bilan to‘ldirildi

Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 2019-yildan boshlab, metropoliten parkini yangi zamonaviy turdagi harakat tarkiblari bilan to‘ldirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Metro vagon parklarini yangilash bo‘yicha olib borilayotgan rejaviy ishlar natijasida so‘nggi 6 yilda “Toshkent metropoliteni” DUK uchun 29 ta zamonaviy harakat tarkibi (116 ta vagon) sotib olindi.


Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunga kelib, Toshkent metropoliteni harakat tarkibi parki 38 % ga yangilandi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​Malakali kadrlar - har bir sohaning ishonchli poydevori

Yuqori kasb-mahorati va zamonaviy tafakkurga ega kadrlar har bir soha va tarmoqning rivojlanishida asosiy omillardan biridir.

Ayni shu jihatni inobatga olgan holda mamlakatimizda davlat sektorida rahbar kadrlar tarkibini barqaror ta’minlash, uning sifatini yaxshilash, davlat xizmatchisining kasbiy bilimini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Transport vazirligining kadrlar siyosatiga asosan vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar tarkibining bilim va malakasini tahlil qilish, muntazam ravishda ular malakasini oshirish hamda istiqbolli va amaldagi kadrlar zaxirasini shakllantirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlar doirasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari, Transport nazorati inspeksiyasi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari mas’ullar tomonidan maxsus test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
Dushanbeda “Tyan-Shanga yoʻl” xalqaro konferensiyasi boshlandi

“Tyan-Shanga yoʻl” – shu nom ostida bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida mamlakat transport vazirligi hamda BMTning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiya boshlandi.

Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov boshchiligida mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari ham qatnashmoqda.

Anjumanda Markaziy Osiyo, MDH va Yevropa Ittifoqi davlatlari oʻrtasida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar muhokama etilmoqda.

Konferensiyada transport vaziri I.Maxkamov zamonaviy sharoitda davlatlarning transport sohasidagi o'zaro hamkorligi kafolatlangan va to'siqsiz tashuvlarni ta'minlashga qaratilgan bo'lishi lozimligini qayd etib o'tdi.
​​Eron bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Avval xabar berilganidek, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Tyan-Shanga yo‘l” xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov Eron Islom Respublikasining yo‘llar va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari Said Kamol janoblari ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar xalqaro tashuvlar jarayonidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

Xususan, transport koridorlarini rivojlantirish, avtomobil transportida tashuvlar hajmini oshirish hamda tariflarni pasaytirish (maqbullashtirish) yuzasidan fikr almashildi.

Обсуждены вопросы развития транспортного сотрудничества с Ираном

Как сообщалось ранее, в рамках международной конференции “Дорога на Тянь-Шань”, которая проходит в столице Таджикистана городе Душанбе, министр транспорта Республики Узбекистан Ильхом Махкамов провел двустороннюю встречу с заместителем министра дорог и городского развития Исламской Республики Иран господином Саидом Кемалем.

На встрече стороны обсудили аспекты, связанные с развитием сотрудничества в процессе международных перевозок.

В частности, состоялся обмен мнениями по развитию транспортных коридоров, увеличению объемов перевозок на автомобильном транспорте и упрощении тарифов.
​​Transafg‘on yo‘lagi orqali Pokiston bilan tashuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Dushanbe shahrida Pokiston Islom Respublikasi Federal kommunikatsiya vaziri Abdul Alim Xon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Tomonlar transafg‘on yo‘lagi orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli ekanini yana bir bor qayd etib o‘tishdi.

Shu nuqtayi nazardan ushbu yo‘lak bo‘ylab bugungi kunda multimodal transport tashuvlarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar yuzasidan fikr almashildi.

Обсуждены вопросы развития перевозок с Пакистаном по трансафганскому коридору

Министр транспорта Ильхом Махкамов провел в Душанбе двустороннюю встречу с федеральным министром коммуникаций Исламской Республики Пакистан Абдулом Алимом Ханом.

На встрече были обсуждены текущее состояние и перспективы развития сотрудничества в сфере транспорта и логистики.

Стороны еще раз подчеркнули, что создание благоприятной среды для развития грузоперевозок по Трансафганскому коридору одинаково выгодно для обеих сторон.

В связи с этим был проведен обмен мнениями по аспектам, связанным с развитием на сегодняшний день мультимодальных транспортных перевозок по этому коридору.
​​CASCA+: Temir yoʻl maʼmuriyatlari vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 28-29 may kunlari Toshkent shaxrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya davlatlarining temir yo‘l administratsiya vakillari o‘rtasida CASCA+ transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishlarni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar CASCA+ transport yo‘lagini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi kerak bo'lgan loyihalarni muhokama qildilar.

Muhokama davomida CASCA+ transport yo‘lagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun “O’zbekiston temir yo’llari» AJ tomonidan konsorsium tashkil etish taklifi ilgari surildi, barcha temir yo'l ma'muriyatlari vakillari ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatladilar.

CASCA+: Состоялась встреча представителей железнодорожных администраций

28-29 мая текущего года в Ташкенте прошла встреча представителей железнодорожных администраций Узбекистана, Кыргызстана, Туркменистана, Азербайджана, Грузии и Турции по развитию грузоперевозок по транспортному коридору CASCA+.

В ходе встречи стороны обсудили проекты, которые должны быть реализованы с целью развития транспортного коридора CASCA+.

В ходе обсуждения со стороны АО «Узбекистон темир йуллари» было выдвинуто предложение о создании консорциума для координации деятельности транспортного коридора CASCA+, где представители всех железнодорожных администраций поддержали данную инициативу.