Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
17.2K photos
2.37K videos
14 files
7.08K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон музокараларни икки мамлакат расмий делегациялари иштирокида кенгайтирилган таркибда давом эттирдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Таджикистан Эмомали Рахмон продолжили переговоры в расширенном составе с участием официальных делегаций двух стран.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Олий даражадаги музокаралар якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон Иттифоқчилик муносабатлари тўғрисидаги шартномани имзоладилар. Давлат раҳбарлари ҳузурида икки томонлама ҳужжатларни алмашиш маросими бўлиб ўтди.

По итогам прошедших переговоров на высшем уровне Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Таджикистан Эмомали Рахмон подписали Договор о союзнических отношениях. В присутствии глав государств состоялась церемония обмена двусторонними документами.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xalqaro hamkorlik

Bugun, 18-aprel kuni O‘zbekiston va Latviya transport hamda tashqi ishlar vazirliklari, bojxona organlari vakillari ishtirokida videokonferens-aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar milliy tashuvchilari uchun xalqaro yuk tashuvlari jarayonlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Muzokaralar davomida tomonlar tegishli cheklov choralari tufayli hozirda Belarus-Latviya chegarasida yuk avtotransport vositalari to‘planib qolganligi sababli O‘zbekiston yuklarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga keyingi tranziti uchun Latviya portlaridan foydalanish va buning uchun kelgusida qulay sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr almashdi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avtobus haydovchilari malakasi oshirilmoqda

Poytaxt jamoat transportida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, tashuvlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida haydovchilar malaka oshirish kurslarida o‘qitilmoqda.

Tasdiqlangan reja grafik asosida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati haydovchilarining avtobusdan foydalanish, boshqarish va jamoat transportida yo‘lovchilarni samarali tashish bo‘yicha malakasi oshirilmoqda.

O‘quv kurslari yakunida haydovchilarning o‘zlashtirish darajasi aniqlanib, o‘quv kursini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan haydovchilarga belgilangan tartibda malaka oshirganlik to‘g‘risida sertifikat berilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​🏃🏻Joriy yilning 21 aprel kuni Toshkent shahrida Xalqaro “BYD-Tashkent International Marathon” hamda “Yangi nafas” yugurish marafonlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan 2024-yil 21-aprel kuni ertalab soat 04:30 dan 14:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanishini ma’lum qilamiz:

• Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan chorrahasidan, Oybek ko‘chasigacha;

• Oybek ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Nukus ko‘chasi bilan chorraxasigacha;

• Nukus ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

• Abdulla Qodiriy Nukus ko‘chasi bilan chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyigacha;

• Abdulla Qodiriy ko‘chasi Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi kesishgan chorrahasigacha;

• Shahrisabz ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;

• Afrosiyob ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

• Sharof Rashidov shoh ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorraxasigacha;

• Islom Karimov shoh ko‘chasi Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida, haydovchilardan aylanma yo'llardan foydalanishni so'raymiz.


🏃🏻21 апреля текущего года в Ташкенте пройдут марафоны «BYD-Tashkent International Marathon» и «Янги нафас».

В связи с этим с 04:30 до 14:00 часов 21 апреля 2024 года будет временно ограничено транспортное движение на следующих улицах:

• улица Афросиаб от пересечения с проспектом Ислама Каримова до улицы Ойбека;

• улица Ойбека от пересечения с улицей Афросиаб до улицы Нукус;

• улица Нукус от пересечения с улицей Ойбека до улицы Абдуллы Кадыри;

• улица Абдуллы Кадыри от пересечения с улицей Нукус до пересечения с улицами Карасарай и Заркайнар;

• улица Абдуллы Кадыри от пересечения с улицами Карасарой и Заркайнар до улицы Шахрисабз;

• улица Шахрисабз от пересечения с улицей Абдуллы Кадыри до пересечения с проспектом Амира Темура;

• улица Афросиаб от пересечения с улицей Ойбека до проспекта Шарофа Рашидова;

• проспект Шарофа Рашидова от пересечения с улицей Афросиаб до проспекта Ислама Каримова;

• проспект Ислама Каримова от пересечения с улицей Шарофа Рашидова до улицы Афросиаб.
Avtobus haydovchilari va konduktorlarining nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va ehtiyojlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish yo‘lida

Ayni damda poytaxtimizdagi 8-avtobus saroyida O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi, Transport vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AJ bilan hamkorlikda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy boshqarmasi ko‘magida “Avtobus parklari haydovchilari va konduktorlarining nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish” mavzusida axborot yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad jamoat transporti haydovchilari va konduktorlarining nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari va huquqlaridan xabardorligi va sezgirligini oshirish, shu jumladan jamoat transportidan barcha yo‘lovchilarning foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rgatish va rivojlantirishdan iborat.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |