O‘zbekiston transport tarmog‘i faxriylari kengashi tuzildi
Faxriylar kengashini tashkil etish bo‘yicha 4-aprel kuni o‘tkazilgan ta’sis yig‘ilishida Transport vazirligi va transport tarmog‘i vakillari hamda soha mehnat faxriylari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlar, mehnat faxriylariga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelinayotgani, ularning katta hayotiy tajribalaridan saboq olish jamiyatimiz farovonligini ta’minlashda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida, ularni komil inson bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Ta’sis yig‘ilishi ishtirokchilari muhokamalardan so‘ng bir ovozdan O‘zbekiston transport tarmog‘i faxriylari kengashini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Uzoq yillar davomida mamlakatimiz transport tizimida turli lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan, katta hayotiy tajribaga ega Xojiakbar Zohidov O‘zbekiston transport tarmog‘i Faxriylar kengashi raisi etib saylandi.

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
4-aprel kuni Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov hamda Jahon banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi.
Suhbat davomida Toshkent shahrini Toshkent viloyati bilan bog‘lovchi uzoq muddatli transport strategiyasini ishlab chiqish, Toshkent viloyati shaharlarida yo‘nalishlar tarmog‘ini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha hamkorlikdagi loyihalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Farg‘ona viloyati
Avval xabar berilganidek, 5-aprel kunidan e’tiboran respublikamizning barcha hududlarida “Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” shiori ostida nazorat oyligi tadbirlari boshlandi.
Oylik doirasida yuk avtomashinalarining vazn va hajm parametrlari bo‘yicha belgilangan talablarga amal qilgan holda harakatlanishi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Yuk avtotransport vositalari haydovchilariga amalda belgilangan me’yorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan tarqatma materiallar ulashilmoqda.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ “Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” shiori ostida nazorat oyligi tadbirlari boshlandi
Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan nazorat oyligi tadbirlari davomida yuk tashishda belgilangan me’yorlarga amal qilish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
🚛 Yuk avtomobili haydovchilaridan og‘ir vaznli va katta hajmli yuklarni tashishda belgilangan me’yor talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz.
❗️Vazn va hajm parametrlari nazoratining asosiy maqsadi transport vositalarining avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining ta’mirlararo muddatlarigacha buzilishining oldini olish hamda yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirishni ta’minlashdan iboratdir.

#Namangan_viloyati
Vazn parametrlari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda
Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Namangan hududiy bo‘limi, viloyat Avtomobil yo‘llari boshqarmasi hamda YHXB bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan maxsus punktda transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🚧 Mazkur mobil punkt transport vositalarining vazn va hajm parametrlari o‘lchovini amalga oshirish uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, uzluksiz ravishda faoliyat yuritmoqda.
🚛 Reyd tadbirlari davomida belgilangan me’yordan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bu kabi holatlarni oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.