Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.1K photos
2.16K videos
13 files
6.51K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Тошкентдаги қуюв-механика ва вагон заводларининг маҳсулотлари билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-135-son, 19.03.2024-y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko'ra, O'zbekiston va Vengriya Hukumati o'rtasida havo qatnovi to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.

🗓 Bitim 2023-yil 19-avgust kuni Budapesht shahrida imzolangan.

🏢 Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

⚠️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev raisligida “Toshkent-Samarqand-Qarshi” yo‘nalishidagi temir yo‘l uchastkasida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sayyor yig‘ilish davomida Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlagan 126-diagnostika laboratoriyasi orqali “Toshkent-Samarqand-Qarshi” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar nazorat qilib chiqildi.

Batafsil
2024-yilning 20-mart kunidan boshlab “Andijon – Xonobod – Andijon” yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

6385-sonli "Andijon – Xonobod" yo‘nalishi

Andijon 10:30 — Xonobod 12:43


6386-sonli "Xonobod — Andijon" yo‘nalishi

Xonobod 14:15 — Andijon 16:30
#Xorazm_viloyati

Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashda haydovchilar mas’uliyatini oshirish


Xorazm viloyati transport boshqarmasi va viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va korxona haydovchilari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida viloyat hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir transport vositasining yo‘nalishlarga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan, haydovchilarning esa tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bo‘yicha belgilangan me’yorlariga to‘liq amal qilinishini ta’minlash zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yo‘nalishlarda harakatlanish davomida haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya etishi, yo‘llarda tartib va intizom bilan harakatlanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
#Samarqand_viloyati

Profilaktik-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, bayram kunlarida yo‘lkira narxlarining asossiz oshib ketish holatlarining oldini olish yuzasidan Transport vazirligi tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan shaharlararo-viloyatlararo avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida profilaktik-targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Unda haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilib, yo‘lovchi tashish qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda harakatlanishi hamda yo‘l kira narxlarini sun’iy ravishda oshirmaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Harakat xavfsizligini ta’minlashda korxona rahbarlari va haydovchilari mas’uliyatini oshirish dolzarb masala

Bugun “Toshshahartransxizmat” AJ majlislar zalida Toshkent shahri aholisiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi avtobus saroyi filiallari va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholiga namunali transport xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tashuv jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Batafsil