Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
17.2K photos
2.37K videos
14 files
7.08K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Bugun, 26-fevral kuni transport vaziri Ilhom Maxkamov Xitoyning «CRRC Corporation Limited» kompaniyasi boshqaruv raisi Sun Yongcai bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatimiz temir yo‘l transporti sohasini rivojlantirish, xususan, temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibini yangilash, modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish jarayonlarini mahalliylashtirish yo‘nalishdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, respublikada «yashil transport» tizimi ulushini ko‘paytirish maqsadida shahar jamoat transporti harakat tarkibini ekologik toza transport turlariga o‘tkazish borasidagi hamkorlik muhokama etildi.

Batafsil
Президент Шавкат Мирзиёев техник жиҳатдан тартибга солиш тизимини ислоҳ қилиш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы технического регулирования.

#Mirziyoyev #taqdimot #standartlashtirish #agentlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Axborot 24 | Qashqadaryo viloyatiga Xitoydan jamoat va turistik avtobuslar olib kelinib foydalanishga topshirildi

_ _ _ _

Ахборот 24 | В Кашкадарьинскую область из Китая завезены общественные и туристические автобусы

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Xalqaro_hamkorlik

Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi vakillari bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Yuridik bo'lim boshlig'i S.Gafarov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda avtomobil transporti sohasida yo‘lovchi va yuk tashishni litsenziyalash, xalqaro tashuvlarga ruxsatnomalar berish, raqamli nazorat hamda yo'nalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish, soha kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganilmoqda.

Shuningdek, sohaga doir qonunchilik-hujjatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati

🚌 Termiz shahrida jamoat transporti tizimi rivojlantirilmoqda

Shahridagi mavjud 11 ta yo‘nalishda 140 dan ortiq avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur yo‘nalishlarda yo‘l xaqi to‘lovlarini elektron shaklda transport kartalari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shaharlararo elektropoyezdlarda yo‘l haqini to‘lashda qo‘shimcha qulaylik yaratildi

Endilikda elektropoyezdlar uchun chiptalarni temir yo‘l vokzallari va bekatlarda olish shart emas, balki bevosita elektropoyezd vagonlarida АTTO transport kartalari yoki bank kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ishga tushirildi.

Ushbu qulaylik dastlabki bosqichda Toshkent – Xojikent yo‘nalishidagi elektropoyezdlarda joriy qilindi.

Tez kunlarda Toshkent – Bekobod, Toshkent – Xovos va Toshkent – Аngren yo‘nalishlaridagi elektropoyezdlarda ham elektron toʼlov tizimini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Xalqaro konferensiya

Bugun, Toshkent davlat transport universitetida “Transportning barqaror rivojlanishi: iqtisodiyot, transformatsiya, logistika, ESG kun tartibi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Konferensiyada Turkiya, Rossiya, Belarus, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi xorijiy davlatlar nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlaridan vakillar ishtirok etishmoqda.

Mazkur konferensiya nazariya va amaliyot vakillarining hamkorlikda ishlashiga, transport-logistika sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiya vazirligi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda avtomobil transporti sohasida yo‘lovchi va yuk tashishni litsenziyalash, xalqaro tashuvlarga ruxsatnomalar berish, raqamli nazorat hamda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish, soha kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Belarus tajribasi va qonunchilik hujjatlari bilan yaqindan tanishishdi.

Transport vazirligi delegatsiyasi Minsk shahar va Minsk viloyat Transport inspeksiyasi boshqarmalariga tashrif buyurib, Belaruslik hamkasblar tajribasini o‘rganishdi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |