Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
16K photos
2.29K videos
14 files
6.77K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
King Long rusumli o'ta katta sig'imli elektrobuslar yo'lovchilar xizmatida

Bugun, 6-dekabr kunidan 14-sonli "TTZ ASHB – Toshkent vokzali" avtobus yo'nalishida "King Long" elektrobuslari xizmat ko'rsatishini boshladi.

Eslatib o' tamiz, bugungi kunda “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallaridagi harakat tarkibining 324 donasi elektr energiyasida (17 %) harakatlanadi.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida IСAOninng “ICAN – 2023” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari tomonidan mazkur tadbirda BAA, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Bangladesh, Kanada hamda boshqa bir qator mamlakatlar bilan havo qatnovini rivojlantirish masalalarida o‘zaro kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.

Batafsil
Konstitutsiya - baxtimiz poydevori

Joriy yilning 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31 yil to‘ladi. Sana munosabati bilan Transport vazirligi markaziy apparatida “Konstitutsiya - baxtimiz poydevori” mavzusida huquqiy maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, Konstitutsiya takomillashtirilishi jarayoni, bunda xalqimizning faol ishtiroki, isloh qilingan Bosh qomusimizdan o‘rin olgan yangi normalar va ularning hayotimizdagi ulkan ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Batafsil
7-dekabr – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni

7-dekabr Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni (International Civil Aviation Day) sifatida har yili keng nishonlanadi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) ushbu kunni bayram sifatida nishonlash tashabbuskori.

BMT Bosh Assambleyasining 1996-yil 6-dekabrdagi 51/33-sonli rezolyutsiyasi bilan ushbu sana xalqaro bayram kuni sifatida e’tirof etilgan.

Transport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasining barcha xodimlarini Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni bilan muborakbod etadi!
Mening Konstitutsiyam 31 yoshda

«Mening Konstitutsiyam 31 yoshda» shiori ostida «Mening Konstitutsiyam va davlat tilim» mavzusida tashkil etilgan diktantda yuqori natija qayd etgan xodimlar vazirlik Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.

🔹Ixlos Azizov – Transport va logistika muammolarini o‘rganish markazi bosh mutaxassisi;

🔹Lobar Ulmasova – Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘linmasi bosh mutaxassisi;

🔹Akmal Suyunov – Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi;

🔹Bekzod Saidov – Havo transportida metodologiya bo‘limi bosh mutaxassisi;

🔹O‘ktam Ochilov – Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi Transportni rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i.
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekistondagi 15 ta yirik multimodal logistika markazlari xalqaro quruqlik portlari maqomini olishi mumkin

O‘zbekistondagi yirik multimodal logistika markazlarini “Quruqlik portlari” xalqaro kelishuviga qo‘shish hamda ularga xalqaro quruqlik portlari maqomini berish yuzasidan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP)ga taklif berildi.

Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mening Konstitutsiyam 31 yoshda

Konstitutsiya – jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-irodasining qonuniy ifodasidir.

Mamlaktimiz bosh qomusi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Transport vazirligi jamoasi yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
Biz zoʻravonlikka qarshimiz!

Mamlakatimizda 25-noyabrdan 10-dekabrgacha "Zoʻravonlikka qarshi 16 kun" shiori ostida oʻtkazilayotgan kampaniya doirasida Transport vazirligida "Zoʻravonlikning oldini olishda faol boʻling" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur targʻibot tadbirida USAIDning mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha loyihasi Fuqarolik jamiyati bilan ishlash va gender tengligi boʻlimi rahbari M.Inakova ishtirok etdi.

Muloqot davomida mamlakatimizda zoʻravonlikning oldini olish, zoʻravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish boʻyicha bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Ushbu yoʻnalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va qonunlar yuzasidan tushuntirishlar berildi, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | Toshkent metropoliteni: foydalanuvchilar soni 5 barobar oshdi, kunlik qatnov 720 mingtaga yetdi


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |