Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.2K subscribers
17.1K photos
2.36K videos
14 files
7.06K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Toshkent_viloyati

🚌 Parkentdan “Mashinasozlar” metro bekatiga ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent viloyatidan poytaxtga 9 ta yo‘nalishda ekspress avtobus qatnovini tashkil etish bo‘yicha belgilangan reja doirasida Parkent shahridan yo‘lovchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri metro bekatiga yetkazib qo‘yuvchi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.

🚍Mazkur ekspress avtobus Parkent avtoshohbekatidan Yangi O‘zbekiston bog‘i orqali "Mashinasozlar" metro bekatiga qadar harakatlanadi.

Yo‘nalishda qatnovlarni tashkil etish maqsadida “Parkent ATS” MChJ tomonidan 5 ta yangi ISUZU NP 26 avtobuslari sotib olindi. Yo‘nalishga jami 8 dona avtobus biriktirilgan.

🚏 Qatnovlar tonggi soat 5:50 dan boshlanadi. Avtobuslar 15 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. Qatnov davomida ekspress avtobus faqatgina Yangibozor avtoshohbekatida to‘xtab o‘tadi.

Masofasi 35 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 6000 so‘m etib belgilangan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uzbekistan Airways tashkil topganining 31-yilligi munosabati bilan aksiya e’lon qildi

Uzbekistan Airways tashkil topganining 31 yilligi munosabati bilan 2023-yilning faqat 28-yanvar kuni sotiladigan barcha aviachiptalariga 30% chegirma e’lon qiladi.

Ushbu aksiya doirasida sotib olingan aviachiptalarni qaytarish va boshqa sanaga rasmiylashtirish shartlari bilan aviakompaniya rasmiy saytida tanishishingiz mumkin www.uzairways.com

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xorazm_viloyati

Jamoat transporti xizmati yaxshilanadi

Bugungi kunda viloyatda 125 ta jamoat transporti yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ularda 409 ta avtobus va 182 ta mikroavtobus yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.

Ushbu avtotransportlarda har kuni o‘rtacha 100 ming nafarga yaqin yo‘lovchi manziliga yetkazib qo‘yiladi.

Viloyat transport tizimini rivojlantirish maqsadida sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni jadallashtirish, bu orqali aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov Urganch shahridagi “Bunyod yo‘lovchi tashish” MChJ faoliyati hamda shahar jamoat transportida joriy etilgan avtomatlashtirilgan to‘lov tizimining ishlash jarayoni bilan tanishdi.

Soha mutasaddilari tomonidan shahar ko‘chalarida tirbandlikni kamaytirish, jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash rejalari taqdimot qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati

mintrans.uz|Telegram|Facebook| Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HUDUD | O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parkent shahridan “Mashinasozlar” metro bekatiga ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

🚌 Mazkur ekspress avtobus Parkent avtoshohbekatidan Yangi O‘zbekiston bog‘i orqali "Mashinasozlar" metro bekatiga qadar harakatlanadi.

Qatnovlar tonggi soat 5:50 dan boshlanadi. Avtobuslar 15 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.

🚏Qatnov davomida ekspress avtobus faqatgina Yangibozor avtoshohbekatida to‘xtab o‘tadi.

Masofasi 35 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 6000 so‘m etib belgilangan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қирғизистонга давлат ташрифини якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.

Завершив свой государственный визит в Кыргызстан, Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter