Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.3K photos
2.18K videos
13 files
6.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Transport universiteti Malayziyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi

Malayziyaning Perak shtatida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida Transport universiteti prorektori Dilshod Baratov ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Toshkent davlat transport universiteti Asia pacific universiteti, Tun Hussein Onn Malaysia universiteti, Pendidikan Sultan Idris universiteti va Malaysia Perlis universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Транспортный университет установил партнерские отношения с престижными вузами Малайзии

Проректор Транспортного университета Дилшод Баратов также принимает участие в Первом узбекско-малайзийском образовательном форуме на тему "Возможности и инициативы в сфере высшего образования для достижения Целей устойчивого развития" в штате Перак, Малайзия.

В рамках форума Ташкентский государственный транспортный университет подписал соглашения о сотрудничестве с Азиатско-Тихоокеанским университетом, Малайзийским университетом Tun Hussein Onn, Университетом Pendidikan Sultan Idris и Малайзийским университетом Perlis.
Qaror loyihasi

Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 537-son qarori bilan tasdiqlangan “Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Texnik reglamentga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida loyiha maqsadi:

- Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi xavfsizligiga qo‘yilgan yagona talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

- muvofiqlikni baholash, sertifikatlashtirishni yanada takomillashtirish;

- milliy qonunchilik talablarining o‘zaro uyg‘unlashuvini ta’minlash hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro qarama qarshiliklarni bartaraf etish.

Qaror loyihasi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz hamda o‘z taklif va mulohazalaringizni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.


Проект постановления

Министерством транспорта разработан проект постановления о внесении изменений и дополнений в "Технический регламент о безопасности подвижного железнодорожного состава, вводимого в эксплуатацию", утвержденный постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 28 сентября 2022 года №537.

Цель проекта о внесении изменений и дополнений в технический регламент:

- Обеспечение строгого соблюдения единых требований к безопасности действующего железнодорожного подвижного состава, вводимого в эксплуатацию;

- дальнейшее совершенствование оценки соответствия и сертификации;

- обеспечение взаимной гармонизации требований национального законодательства и устранение противоречий между ними.

С проектом постановления можно ознакомиться по следующей ссылке, а также направить свои предложения и замечания на электронный адрес [email protected]
Malayziyaning AirAsia X aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Malayziya Davlati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2025-yil 3-fevralida “Air Asia X Berhad” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.
Aviakompaniya tomonidan mazkur yo‘nalishda parvozlar A330 havo kemasida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar “Uzbekistan Airways” AJ (haftaning chorshanba va yakshanba kunlari) va “Batik Air” (haftaning dushanba, juma va shanba kunlari) tomonidan Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishida haftasiga jami 5 ta qatnov amalga oshirilmoqda.

2024-yilda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida jami 49 749 ta yo‘lovchi tashilgan.

Малайзийская авиакомпания AirAsia X запускает регулярные рейсы в Узбекистан

Агентством "Узавиация" на осоновании межправительственного Соглашения о воздушном сообщении между Республикой Узбекистан и Государством Малайзия 3 февраля 2025 года выдано разрешение на осуществление регулярных полетов в Республику Узбекистан авиакомпанией «Air Asia X Berhad» по маршруту Куала-Лумпур-Ташкент- Куала-Лумпур.

Полеты авиакомпании по данному маршруту будут выполняться на воздушном судне A330.

Напомним, что на сегодняшний день регулярные авиарейсы между двумя странами осуществляются АО "Uzbekistan Airways" (по средам и воскресеньям) и "Batik Air" (по понедельникам, пятницам и субботам) по маршруту Ташкент - Куала-Лумпур, всего 5 рейсов в неделю.

В 2024 году между Узбекистаном и Малайзией было перевезено в общей сложности 49 749 пассажиров.
Toshkent shahri avtobuslarida bir kunda tashilgan yo‘lovchilar soni bo‘yicha yangi rekord

2025-yil 5-fevral kuni Toshkent shahar jamoat transporti avtobuslarda 1 410 549 nafar yo‘lovchi tashildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,3 % ga ko‘pdir!

Yo‘lovchilar oqimining o‘sishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatmoqda:

▫️ avtobus yo‘nalishlari tarmog‘ining optimallashtirilishi;
▫️ harakat tarkibining yangilanishi;
▫️ qatnovlar oraliq intervalining qisqarganligi;
▫️ yo‘l haqi to‘lovlarining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilgani;
▫️ xizmatlar sifatining yangi bosqichga ko‘tarilgani.

Transport vazirligi yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida jamoat transporti faoliyatini takomillashtirishni davom ettirmoqda.

Новый рекорд по количеству пассажиров, перевезенных автобусами города Ташкента за один день

5 февраля 2025 года общественным транспортом города Ташкента было перевезено 1 410 549 пассажиров. Это на 39,3% больше, чем за аналогичный период прошлого года!

На рост пассажиропотока влияют:

▫️ оптимизация сети автобусных маршрутов;
▫️ обновление состава движения;
▫️ сокращение интервалов между перевозками;
▫️ полный перевод платежей за проезд в электронную форму;
▫️ повышение качества оказываемых услуг на новый уровень.

Министерство транспорта продолжает совершенствовать деятельность общественного транспорта с целью создания дополнительных удобств для пассажиров.
DIQQAT TENDER

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi tomonidan 2025-yil 11-mart kuni soat 11:00 da o‘tkaziladi.

▫️Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

▫️Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (116).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларда хизмат кўрсатиш соҳаларини ривожлантириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития сферы услуг в регионах.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #xizmatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xorijiy ruxsatnoma blankalarining berilishi bo‘yicha o‘zgarishlar

Milliy tashuvchilar bildirgan takliflarini inobatga olib, korxonalarga yanada kengroq imkoniyatlar, qulayliklar yaratish maqsadida ayrim davlatlarning xorijiy ruxsatnoma blankalarini berishda quyidagi tartib o‘rnatildi.

Rossiya ruxsatnomalari – xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida;

Ozarbayjon ikki tomonlama ruxsatnomalari – eksport deklaratsiyasi asosida;

Polsha ikki tomonlama/tranzit ruxsatnomalari – yo‘nalish bo‘yicha ruxsatnoma blankalari mavjud bo‘lganda eksport deklaratsiyasi, u yerdan qaytish bo‘yicha xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida arizaga biriktirgan holda;

Polsha universal ruxsatnomalari – yo‘nalish bo‘yicha ruxsatnoma blankalari mavjud bo‘lganda, xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida beriladi;

Rossiya, Ozarbayjon, Xitoy, Polsha, Litva, Estoniya, Vengriya, Slovakiya, Italiya, Germaniya davlatlari ruxsatnomalaridan tashqari barcha davlat ruxsatnomalari asl nusxasini vazirlikka topshirish amaliyotidan voz kechildi va ularning elektron nusxasini “Е-avto ruxsatnoma” AATga yuklagan holda foydalanilganligi bo‘yicha tizimdan chiqariladi.

Изменение порядка выдачи бланков разрешений

В целях создания более широких возможностей и удобств для национальных перевозчиков, а также с учетом их предложений, некоторыми странами был установлен следующий порядок выдачи иностранных бланков разрешений.

Российские разрешения - на основании международной товарно-транспортной накладной (CMR);

двусторонние разрешения Азербайджана - на основании экспортной декларации;

Польские двусторонние/транзитные разрешения - при наличии бланков разрешений по маршруту на основании экспортной декларации, международной товарно-транспортной накладной (CMR) на возвращение оттуда с приложением к заявлению;

Польские универсальные разрешения - выдаются на основании международной товарно-транспортной накладной (CMR) при наличии бланков разрешений по маршруту;

Все государственные разрешения, за исключением (Россия, Азербайджан, Китай, Польша, Литва, Эстония, Венгрия, Словакия, Италия и Германия) отказались от практики представления оригиналов в министерство и будут удалены из системы по факту использования с загрузкой их электронной копии в АИС "Е-авто разрешение."
DIQQAT TENDER

Navoiy viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Navoiy viloyati Transport boshqarmasi tomonidan 2025-yil 11-mart kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.

▫️Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

▫️Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (487).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
🌿 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 8-fevral kuni, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Transport vazirligi markaziy apparati xodimlari ishtirokida hashar o‘tkazildi. Tadbirda vazirlikning xodimlari ishtirok etib, zarang, qayrag‘och, terak va shumtol kabi daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

"Yashil makon" tashabbusi atrof-muhitni himoya qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil hududlarni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

🌿 В рамках национального проекта «Зелёное пространство» проведено мероприятие по озеленению

Сегодня, 8 февраля, в Ахангаранском районе Ташкентской области состоялся субботник с участием сотрудников центрального аппарата Министерства транспорта. Во время субботника сотрудники министерства высадили саженцы клёна, вяза, тополя и чинара.

Данное мероприятие организовано в целях защиты окружающей среды, обеспечения экологической устойчивости и расширения зелёных зон.