Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.17K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг ривожи, аҳоли ҳаёти ва янги лойиҳалар билан танишмоқда. Давлатимиз раҳбари дастлаб Тошкент туманига ташриф буюриб, Келес йўли кўчаси бўйлаб амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев знакомится с развитием Ташкентской области, жизнью населения и новыми проектами региона. Глава государства сначала посетил Ташкентский район и ознакомился с созидательной работой, проводимой вдоль улицы Келес йули.

#Mirziyoyev #safar #Toshkentviloyati #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘llarda kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati qoidalariga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritildi.

Hukumat qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan yo‘nalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yo‘lakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno;

Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan, tasmasi bor yo‘lda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yo‘ldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin.
Олмалиқ шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Тошкент вилояти ривожининг ҳозирги ҳолати ва келгуси вазифалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш бўлиб ўтди.

В городе Алмалыке под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по обсуждению текущего развития Ташкентской области и задач на перспективу.

#Mirziyoyev #yigilish #Toshkentviloyati #vazifalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
30 ta shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi!

Samarqand viloyati aholisini jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi.

❗️Tender Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 15-noyabr kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Talabgor o‘z tender takliflarini 2024-yil 14-noyabr soat 17:00 gacha axborot tizimi orqali taqdim etish shart.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (234).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qamchiq" dovonida avtotransport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

Ayni damda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" DM tomonidan yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda.
Texnik ishlar amalga oshirilayotgani sababli bugun kun davomida Transport vazirligining elektron axborot tizimlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

--- --- --- ---

Из-за проводимых технических работ сообщаем, что сегодня в течение дня могут наблюдаться перебои в работе услуг, оказываемых через электронные информационные системы Министерства транспорта.
DIQQAT TENDER

❗️Transport vazirligi Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 15-noyabr kuni soat 17:00 da quyidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 99 507-92-31, +998 99 679-18-36.

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz