Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.6K subscribers
14.7K photos
2.11K videos
13 files
6.39K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
​​Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati davomida qulay transport xizmati ko‘rsatiladi

Joriy yilning 14 sentabr – 6 oktabr kunlari yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladi.

Chempionat ishtirokchilari va muxlislar uchun munosib transport xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🚌Xususan, Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar farqlovchi belgilar yoki akkreditatsiya kartasi va chiptalarni ko‘rsatgan holda shahar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin.

🚆Joriy yilning 10-sentabr kunidan 10-oktabr kuniga qadar,

709/710 - sonli “Toshkent – Buxoro”;
729/730, 731/732, 733/734 - sonli “Toshkent – Andijon – Toshkent”;
125/126 - sonli “Andijon – Buxoro – Xiva – Andijon”;
127/128 - sonli “Andijon – Buxoro – Qo‘ng‘irot – Andijon”;
129/130 - sonli “Andijon – Termiz - Andijon” yo‘nalishlarida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha 4 tadan yo‘lovchi vagonlari ulangan holda harakatlanishi tashkillashtiriladi;

✈️ Bugungi kunda Andijon xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi, aviaqatnovlar Farg‘ona xalqaro aeroportiga amalga oshirilayotgani munosabati bilan chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun “Farg‘ona – Andijon – Farg‘ona” yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda;

🚉 Toshkent Markaziy, Toshkent-Janubiy, Andijon hamda Buxoro temir yo‘l vokzallarida chempionat ishtirokchilariga chiptalarni tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida maxsus chiptaxonalar faoliyati tashkil etilishi va 10-sentabrdan chiptaxonalar o‘z faoliyatini boshlashi belgilangan.
“O‘zaviatsiya” agentligi hamda ICАO hamkorligidagi xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi

“O‘zaviatsiya” agentligi hamda Xalqaro fuqaro aviatsiya tashkiloti hamkorligida Samarqand shahrida “Xalqaro aviatsiya uchun uglerod emissiyalarini qisqartirish va kompensatsiyalash tizimini (CORSIA) joriy etish”ga bag‘ishlangan xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi.

CORSIA – tizimi xalqaro reyslarni amalga oshirishda CO2 emissiyasini kamaytirish va aviatsiyaning iqlim o‘zgarishiga ta’sirini cheklashga qaratilgan.

Международное мероприятие, организованное в сотрудничестве Агентства “Узавиация” и ИКАО

В городе Самарканд, в рамках сотрудничества Агентства “Узавиация” и Международной организации гражданской авиации, начала свою работу международное мероприятие, посвященное вопросам внедрения “Системы сокращения и компенсации выбросов углерода для международной авиации” (CORSIA).

CORSIA — это схема направлена на снижение выбросов CO2 при выполнении международных рейсов и ограничение воздействия авиации на изменение климата.
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрининг Янги Ўзбекистон кўчасидаги қурилиш ва ободонлаштириш лойиҳалари билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проектами строительства и благоустройства на улице Янги Узбекистон города Ташкента.

#Mirziyoyev #tanishuv #bunyodkorlik #infratuzilma

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Minskda "Belarus transport haftaligi - 2024" xalqaro ixtisoslashtirilgan forumi boshlandi

Forum doirasida "Transport va logistika"ixtisoslashtirilgan ko'rgazmasi o'tkazilmoqda. "Yevroosiyo transporti va logistikasi: yangi imkoniyatlar" yalpi Majlisi va MDH ishtirokchi-mamlakatlarining transport boʻyicha muvofiqlashtiruvchi majlisi tarmoq kengashlari 14-sessiyasining Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va Ittifoq davlatining doimiy qo'mitasi vakillari ishtirokidagi yalpi Majlisi biznes dasturining asosiy tadbirlari bo'ldi.

В Минске стартовал международный специализированный форум «Белорусская транспортная неделя – 2024»

В рамках форума проходит специализированная выставка «Транспорт и логистика». Ключевыми мероприятиями деловой программы стали пленарное заседание «Транспорт и логистика Евразии: новые возможности» и пленарное заседание 14-й сессии отраслевых советов КТС СНГ с участием представителей Евразийской экономической комиссии и Постоянного Комитета Союзного государства.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Aviatsiya uchun uglerod emissiyalarini qisqartirish bo'yicha xalqaro seminar


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |