Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.17K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Bugun, 9-aprel ulug‘ davlat va jamoat arbobi sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Bu yil sarkarda tavalludining 688 yilligi keng nishonlanmoqda. Amir Temur – o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir.

Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Prezident Administratsiyasi, parlament a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ullari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Transport vazirligi jamoasi buyuk zotga hurmat va ehtirom ko‘rsatib, salobat to‘kib turgan sohibqiron haykali poyiga anvoyi gullar qo‘yib, ulug‘ siymo xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​Toshkent shahri aholisi va mehmonlari diqqatiga

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 10-aprel soat 00:00 dan 7:30 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

🔻Mirzo Ulug‘bek tumani :

"To‘ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi - Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li - Sultoniya ko‘chasigacha.

🔻Bektemir tumani :

“Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi - Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

🔻Olmazor tumani:

“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi - KXAY– Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon - Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.

"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

🔻Shayxontohur tumani:

“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.

"Xo‘ja Alambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor - Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon - Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

🔻Chilonzor tumani:

“Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.

"Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha.

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

🔻Uchtepa tumani:

“Abdulloh ibn Maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qaʼni ko‘chalari chorrahasigacha.

"Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

🔻Yunusobod tumani:

“Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.

“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

🔻Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

🔻Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

"Ali ibn Abu Tolib" masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi - Imom Buxoriy - Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon - Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.

🔻Mirobod tumani:

“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Зарбдор туманида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Жиззах вилоятини иқтисодий-ижтимоий ривожлантириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш бўлиб ўтди.

В Зарбдорском районе под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по мерам социально-экономического развития Джизакской области.

#Mirziyoyev #safar #Jizzax #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni (10 aprel) soat 4:00 dan 10:00 ga qadar poytaxt jamoat transporti aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun yurtimizda buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi yuqori darajada nishonlanmoqda.

Transport vazirligi jamoasi tomonidan Toshkentdagi Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |