Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.5K subscribers
14.8K photos
2.14K videos
13 files
6.44K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Qo‘qon aeroporti foydalanishga topshirildi

Qo‘qon aeroporti rekonstruksiya qilingandan so‘ng bugun tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Aeroportining rekonstruksiya ishlari uchun jami 156 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi, bundan 40 mlrd. so‘m 100 kishiga mo‘ljallangan, umumiy foydalanish maydoni 900 kv.m. bo‘lgan yangi yo‘lovchi terminalining qurilishi uchun, 107 mlrd. so‘m uchish-qo‘nish yo‘lagini 2000 metrgacha uzaytirish uchun yo‘naltirildi.

Batafsil
Президент Шавкат Мирзиёев Россиянинг Москва вилоятидаги "Крокус Сити Холл" концерт залида содир бўлган фожиа оқибатида ўнлаб бегуноҳ инсонлар қурбон бўлгани ва жиддий жароҳат олгани муносабати билан Президент Владимир Путинга таъзия йўллади.

Мактубда Ўзбекистон тинч аҳолига қарши қаратилган бу террорчилик ҳаракатини қатъий қоралаши билдирилган.

Давлатимиз раҳбари вафот этганларнинг яқинларига бардамлик, барча жароҳат олганлар тез фурсатда соғайиб кетишини тилади.

Президент Шавкат Мирзиёев направил глубокие соболезнования Президенту России Владимиру Путину в связи с трагическими событиями в концертном зале "Крокус Сити Холл" в Московской области, в результате которых погибли и пострадали десятки невинных людей.

В письме отмечается, что Узбекистан решительно осуждает данный террористический акт против мирного населения.

Глава нашего государства передал искренние слова поддержки близким погибших, а также пожелания скорейшего выздоровления всем пострадавшим.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Tashuvchilar bilan ochiq muloqot

24-mart kuni Transport vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatidagi milliy tashuvchilar (korxona rahbarlari va vakillari) ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlari bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Xususan, milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalari maxsus formula orqali qay tartibda taqsimlanishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Shundan so‘ng, tashuvchilar faoliyati davomida duch kelayotgan muammoli vaziyatlar har bir korxona kesimida birma-bir ko‘rib chiqildi. Uchrashuv davomida tashuvchi korxona vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olishdi.
Haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish

"Raqamli transport" markazi tomonidan Transport vazirligi huzuridagi Transport Nazorat inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat hududiy bo‘limi inspektorlari uchun yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kurslari davomida inspektorlarga taxograflardan ma’lumotlarni yuklab olishda maxsus qurilma (card reader)dan foydalanish, ushbu ma’lumotlarni yagona integratsiyalashgan - “Tachospeed” tizimiga yuklash, tahlilini to‘g‘ri amalga oshirish va aniqlangan qoidabuzarliklar monitoringini olib borish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish bo‘yicha Polsha davlatining tajribasi o‘rganildi.