Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
14.8K photos
2.14K videos
13 files
6.45K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Xalqaro konferensiya

Bugun, Toshkent davlat transport universitetida “Transportning barqaror rivojlanishi: iqtisodiyot, transformatsiya, logistika, ESG kun tartibi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Konferensiyada Turkiya, Rossiya, Belarus, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi xorijiy davlatlar nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlaridan vakillar ishtirok etishmoqda.

Mazkur konferensiya nazariya va amaliyot vakillarining hamkorlikda ishlashiga, transport-logistika sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiya vazirligi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda avtomobil transporti sohasida yo‘lovchi va yuk tashishni litsenziyalash, xalqaro tashuvlarga ruxsatnomalar berish, raqamli nazorat hamda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish, soha kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Belarus tajribasi va qonunchilik hujjatlari bilan yaqindan tanishishdi.

Transport vazirligi delegatsiyasi Minsk shahar va Minsk viloyat Transport inspeksiyasi boshqarmalariga tashrif buyurib, Belaruslik hamkasblar tajribasini o‘rganishdi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkentda “O‘zbekiston va Xitoy: ikki xalq farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

“Har tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik: O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi” deb nomlangan sessiyasida ikki mamlakat ekspertlari o‘zaro munosabatlar taraqqiyoti uchun muhim sanalgan omillarga e’tibor qaratishdi.

Bekzod Xolmatov, Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori:

– Transport sohasida bugungi kunda yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlarning dinamik o‘sishi kuzatilmoqda, shu jumladan 2023-yil yakuniga ko‘ra ushbu ko‘rsatkichlar 40 % ga oshdi.

Aviatsiya sohasida bugungi kunda parvozlar soni haftasiga 17 ta bo‘lib, mamlakatlarimiz bu ko‘rsatkichni 100 taga yetkazish, ya’ni 5-6 barobarga oshirishga kelishib oldilar.

O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida avtomobil yo‘llarini qurish sohasida umumiy qiymati 900 million dollarlik bo‘lgan, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalar bo‘yicha qariyb 250 million dollarlik kelishuvlarga erishildi. Xitoy kompaniyalari ushbu loyihalarning hujjatlarini tayyorlashga va ularni amalga oshirishga qiziqish bildirishdi.
Президент Шавкат Мирзиёев қайта тикланувчи энергия манбаларини кўпайтириш бўйича устувор вазифалар юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по приоритетным задачам увеличения использования возобновляемых источников энергии.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #qaytatiklanuvchimanbalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев иқтисодиёт тармоқлари, ижтимоий соҳалар ва маҳаллаларда олиб борилаётган ишлар билан танишиш, янги объект ва лойиҳаларни ишга тушириш учун Хоразм вилояти ва Қорақалпоғистоннинг Амударё туманига ташриф буюради.

Давлатимиз раҳбари Урганч шаҳрида вилоятни ривожлантириш бўйича яқин истиқболга мўлжалланган вазифалар муҳокамасига бағишланган йиғилиш ўтказиши ҳам режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с проводимой работой в отраслях экономики социальной сфере и махаллях, запуска новых объектов и проектов посетит Хорезмскую область и Амударьинский район Каракалпакстана.

Также в городе Ургенче предусматривается проведение главой государства совещания по обсуждению задач развития области на ближайшую перспективу.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига келгач, дастлаб Қорақалпоғистоннинг Амударё туманига бориб, Амударёдаги янги кўприкнинг очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев по прибытии в Хорезмскую область посетил Амударьинский район Каракалпакстана, где принял участие в церемонии открытия нового моста через Амударью.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #kuprik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X