Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.3K subscribers
16.5K photos
2.32K videos
14 files
6.88K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
“Yandex Go” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 20-fevral kuni Transport vaziri I. Maxkamov “Yandex Go” kompaniyalar guruhining elektron tijorat va logistika xizmatlari bo‘yicha Bosh direktori D. Shuleyko boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yo‘lovchi tashish bozorini rivojlantirish va tartibga solish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Shuningdek, yo‘l-ko‘cha tarmoqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Yandex (xarita) tahlillaridan foydalanish, o‘z avtotransport vositalariga ega bo‘lgan taksoparklar faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FIDIC metodikasi va uning ahamiyati yuzasidan o‘quv seminari boshlandi

Transport vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda tashkil etgan o‘quv seminarida FIDIC shartnomalarini amaliyotda qo‘llash masalalari bo‘yicha Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari va Transport nazorati inspeksiyasining inspektorlari malakasi oshirilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан 21 февраль куни амалий ташриф билан Қозон шаҳрида бўлади.

По приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 21 февраля совершит рабочий визит в город Казань.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_viloyati

Nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

🚛 Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishida vazn va hajm parametrlarini samarali nazorat qilish maqsadida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda Jizzax viloyatida ikkita ko‘chma tarozilar bo‘lib, hududga kirish va chiqish manzillarida o'lchov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
"Xayraton – Mozori Sharif" temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21-fevral kuni "Xayraton stansiyasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi vakillari ishtirokida "Xayraton – Mozori Sharif" temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va taʼmirlash ishlariga bag‘ishlangan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilindi.

Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naibobod” stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda “Xayraton” stansiyasining “B” parkida hamda temir yo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Transport sohasida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida 2023-yilda erishilgan muhim ko‘rsatkichlar

Xalqaro tashuvlar sohasini rivojlantirish, transport koridorlaridan samarali foydalanish, O‘zbekiston tranzit salohiyatini oshirish borasida erishilgan muhim kelishuvlar.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim asosida, 2024-yil 21-fevralda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “AJet” aviakompaniyasiga Anqara – Toshkent –Anqara yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berildi.

Parvozlar B737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Президент Шавкат Мирзиёев авиация соҳасидаги давлат корхоналари трансформацияси бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по трансформации государственных предприятий в сфере авиации.

#Mirziyoyev #taqdimot #aviatsiya #transformatsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xalqaro hamkorlik

Bugun, 22-fevral kuni xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek- litva qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda xalqaro avtomobil tashuvlarini rivojlantirish, yuklarni yetkazib berish zanjiri uzluksizligini ta’minlash, bunda milliy tashuvchilarga yanada qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida Litva transport va kommunikatsiyalar vazirligi bilan 2023-yilgi namunadagi xorijiy ruxsatnoma blankalari amal qilish muddatini 2024-yil 15-martga qadar uzaytirishga kelishildi.
MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA

Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan xolda haftaning har shanba kuni tashuvchi korxona vakillari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazib borilishi belgilangan.

Joriy yil 24-fevral kuni Transport vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi bilan birgalikda milliy tashuvchilar (korxona rahbarlari va vakillari) ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlari bilan bog‘liq masalalar muhokama etiladi.

Muhokama etilishi ko‘zda tutilgan masala yuzasidan savollari mavjud bo‘lgan tashuvchilarni uchrashuvga taklif etamiz !!!

Uchrashuv joyi: Transport vazirligi

Uchrashuv vaqti: soat 11:00

Manzil:
Zulfiyaxonim ko‘chasi 3-uy.
Ахборот 24 | Авиация соҳасидаги трансформация жараёнлари кўриб чиқилди

_ _ _ _

Ахборот 24 | Рассмотрены процессы трансформации в сфере авиации


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2024-yil 22-fevralda “O‘zaviatsiya” agentligi “Tez Jet” aviakompaniyasiga O‘sh – Toshkent – O‘sh va Bishkek – Toshkent – Bishkek yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berdi.

Parvozlar aviakompaniyaning RJ-85 va MD-83 havo kemalarida amalga oshiriladi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Qashqadaryo_viloyati

🚌 Qashqadaryo viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, hududda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2023-yilning noyabr oyida viloyatga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 60 o‘rinli 30 ta avtobuslar olib kelinib, yo‘nalishlarga chiqarilgan edi.

Bugun yana shu turdagi avtobuslarning 30 donasi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.